Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gidrofobiya

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 307-b. — ziyouz.com

    Gidrofobiya (gidro... va yun. phobos —çöçiş, qörqiş), suvdan çöçiş —qörquv holati; bemorga bir qultum suv içirilsa, suv körsatilsa yoki suv eslatilsa, uning yutiş muskullari tortişib qoladi, u qattiq çöçib tuşadi va oğriq sezadi. Quturiş, qoqşol, isteriyada kuzatiladi. Davosi: asosiy kasallik davolanadi, asabiy-ruhiy qözğalişni bosadigan dorilar buyuriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИДРОФОБИЯ (гидро... ва юн. phobos —чўчиш, қўрқиш), сувдан чўчиш —қўрқув ҳолати; беморга бир қултум сув ичирилса, сув кўрсатилса ёки сув эслатилса, унинг ютиш мускуллари тортишиб қолади, у қаттиқ чўчиб тушади ва оғриқ сезади. Қутуриш, қоқшол, истерияда кузатилади. Давоси: асосий касаллик даволанади, асабий-руҳий қўзғалишни босадиган дорилар буюрилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.