Gidrogeologik kesim
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 280-b. — ziyouz.com
Gidrogeologik kesim GIDROGEOLOGIK KESIM, gidrogeologik profil — yerning ma'lum qismidagi, ma'lum yönalişidagi suvli gorizontlar va suv ötkazmaydigan qatlamlarning vertikal tuzilgan grafik tasviri. G. k. burga quduqlari qaziş natijasida olingan ma'lumotlarga asoslanib tuziladi. G. k.da yer osti suvlari sathining yer ustiga nisbatan holati, suvli qatlamlardagi suvning harakat yönalişi va qatlamlarni taşkil etgan toğ jinsining geologik yoşi körsatiladi. Odatda, G. k. geologik kesim b-n birgalikda suv bosgan şaxta va karyerlarda konçilik işlari rejasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГИДРОГЕОЛОГИК КЕСИМ, гидрогеологик профиль — ернинг маълум қисмидаги, маълум йўналишидаги сувли горизонтлар ва сув ўтказмайдиган қатламларнинг вертикаль тузилган график тасвири. Г. к. бурга қудуқлари қазиш натижасида олинган маълумотларга асосланиб тузилади. Г. к.да ер ости сувлари сатҳининг ер устига нисбатан ҳолати, сувли қатламлардаги сувнинг ҳаракат йўналиши ва қатламларни ташкил этган тоғ жинсининг геологик ёши кўрсатилади. Одатда, Г. к. геологик кесим б-н биргаликда сув босган шахта ва карьерларда кончилик ишлари режасининг таркибий қисми ҳисобланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.