Gidrografiya
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 284-b. — ziyouz.com
Gidrografiya (gidro... va ...grafim) — gidrologiyanint bir tarmoği, quruqlikdagi suv obyektlari (daryo, köl, suv omborlari)ni örganadi. G. ularning örni, ölçami va rejimini, suv obyektlarining tarqalişini, alohida tabiiy-tarixiy va landşaft-geografik zonalarda ularning xöjalik ahamiyati va ulardan foydalanişni (kema qatnovi va b.) tadqiq etadi. Gidrografik ma'lumotlar suv obyektlarini özlaştirişning transport va energetika ahamiyati, qurğoqçilik, toşqinga qarşi kuraşiş, melioratsiyani rivojlantiriş va b. uçun muhim ahamiyatga ega.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГИДРОГРАФИЯ (гидро... ва ...графим) — гидрологиянинт бир тармоғи, қуруқликдаги сув объектлари (дарё, кўл, сув омборлари)ни ўрганади. Г. уларнинг ўрни, ўлчами ва режимини, сув объектларининг тарқалишини, алоҳида табиий-тарихий ва ландшафт-географик зоналарда уларнинг хўжалик аҳамияти ва улардан фойдаланишни (кема қатнови ва б.) тадқиқ этади. Гидрографик маълумотлар сув объектларини ўзлаштиришнинг транспорт ва энергетика аҳамияти, қурғоқчилик, тошқинга қарши курашиш, мелиорацияни ривожлантириш ва б. учун муҳим аҳамиятга эга.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.