Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gidroksil guruh

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 287–288-b. — ziyouz.com

    Gidroksil guruh GIDROKSIL GURUH, gidroksil — suv qoddiği, ON, bir valentli radikal; aksari kimyoviy birikmalar molekulasining tarkibiga kiradi va ularning ba'zi xossalarini belgilab beradi. Mas, suv (N—ON), asos (Na— ON), kislorodli anorganik kislotalar, barça organik kislotalar, spirt va b. tarkibida G.g. bor. Suvda yaxşi eriydigan asoslar (işqorlar) suvli eritmalarda dissotsiatsiyalanib, bir neçta ON ionlarini hosil qiladi, işqorlarning tavsifli xossalari ham şundan kelib çiqadi. G.g.ni boşqa guruhlarga almaştiriş yöli b-n juda kup yangi kimyoviy birikmalar oliş mumkin.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИДРОКСИЛ ГУРУҲ, гидроксил — сув қоддиғи, ОН, бир валентли радикал; аксари кимёвий бирикмалар молекуласининг таркибига киради ва уларнинг баъзи хоссаларини белгилаб беради. Мас, сув (Н—ОН), асос (Na— ОН), кислородли анорганик кислоталар, барча органик кислоталар, спирт ва б. таркибида Г.г. бор. Сувда яхши эрийдиган асослар (ишқорлар) сувли эритмаларда диссоциацияланиб, бир нечта ОН ионларини ҳосил қилади, ишқорларнинг тавсифли хоссалари ҳам шундан келиб чиқади. Г.г.ни бошқа гуруҳларга алмаштириш йўли б-н жуда куп янги кимёвий бирикмалар олиш мумкин.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.