Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gidrolokatsiya

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 293-b. — ziyouz.com

    Gidrolokatsiya (gidro... va lot. locatio —tarqaliş) —suv osti obyektlari (mas, suvga çökkan kema) vaziyatini obyektlarning özi tarqatayotgan (sust lokatsiya) yoki sun'iy hosil qilingan akustik signallarning suv obyektlaridan qaytişi natijasida yuzaga keladigan (faol lokatsiya) akustik signallar vositasida aniqlaş. G. kemalar harakatida körinmaydigan suv osti tösiqlarini oşkor qilişda, baliq tödalarini aniklaşda, okeanning fizik xossalarini tadqiq qilişda, çökkan kemalarni izlaş va b.da katta ahamiyatga ega.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИДРОЛОКАЦИЯ (гидро... ва лот. locatio —тарқалиш) —сув ости объектлари (мас, сувга чўккан кема) вазиятини объектларнинг ўзи тарқатаётган (суст локация) ёки сунъий ҳосил қилинган акустик сигналларнинг сув объектларидан қайтиши натижасида юзага келадиган (фаол локация) акустик сигналлар воситасида аниқлаш. Г. кемалар ҳаракатида кўринмайдиган сув ости тўсиқларини ошкор қилишда, балиқ тўдаларини аниклашда, океаннинг физик хоссаларини тадқиқ қилишда, чўккан кемаларни излаш ва б.да катта аҳамиятга эга.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.