Gidrometriya
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 295-b. — ziyouz.com
Gidrometriya (gidro... va metriya) —gidrologiya fanining ölçov qismi. Suv obyektlarining gidrologik rejimi elementlari, suv sathi, suv sarfi, suvning oqiş tezligi, loyqaligi, kimyoviy tarkibi, harorati, muzlaniş hodisalari, suv yuzasining nişabligi va b. ölçaş, kuzatiş usullari va asboblarni işlab çiqiş hamda ularni bevosita amalga oşiriş işlari b-n şuğullanadi. Qaysi suv turi örganilişiga qarab, G. atmosfera suvlari G.si —gidrometeorologiya, yer usti suvlari G.si — amaliy okeanografiya va daryo G.siga, yer osti suvlari G.siga hamda suğoriş tizimlaridan foydalaniş jarayonida rivojlangan G.ning muhim sohasi — amaliy G.ga bölinadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГИДРОМЕТРИЯ (гидро... ва метрия) —гидрология фанининг ўлчов қисми. Сув объектларининг гидрологик режими элементлари, сув сатҳи, сув сарфи, сувнинг оқиш тезлиги, лойқалиги, кимёвий таркиби, ҳарорати, музланиш ҳодисалари, сув юзасининг нишаблиги ва б. ўлчаш, кузатиш усуллари ва асбобларни ишлаб чиқиш ҳамда уларни бевосита амалга ошириш ишлари б-н шуғулланади. Қайси сув тури ўрганилишига қараб, Г. атмосфера сувлари Г.си —гидрометеорология, ер усти сувлари Г.си — амалий океанография ва дарё Г.сига, ер ости сувлари Г.сига ҳамда суғориш тизимларидан фойдаланиш жараёнида ривожланган Г.нинг муҳим соҳаси — амалий Г.га бўлинади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.