Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gidrosulfitlar

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 300-b. — ziyouz.com

    Gidrosulfitlar GIDROSULFITLAR, bisulfitlar —sulfit kislota H2SO3 ning nordon tuzlari, mas, KHSO3. G. quyidagi reaksiyada hosil böladi: K2CO3+2SO2+H2O-»2KHSO3+CO2T. H2SO3 ning aksari örta tuzlari — sulfitlarga qarşi ölaroq, barça G. suvda yaxşi eriydi, eritmalarda havo kislorodi b-n sekin-asta sulfatlargaça oksidlanadi. Natriy yoki kaliy G. qizdirilganda pirosulfitlar (metabi-sulfitlar) hosil böladi: 2KHSO3=K2S2O5+H2O. Natriy G. (NaHSO3) fotografiyada hamda turli materiallarni oqartiriş maqsadida, kalsiy G. Ca(HSO3)2 yoğoçdan sellyuloza olişda işlatiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИДРОСУЛЬФИТЛАР, бисульфитлар —сульфит кислота H2SO3 нинг нордон тузлари, мас, KHSO3. Г. қуйидаги реакцияда ҳосил бўлади: K2CO3+2SO2+H2O-»2KHSO3+CO2T. H2SO3 нинг аксари ўрта тузлари — сульфитларга қарши ўлароқ, барча Г. сувда яхши эрийди, эритмаларда ҳаво кислороди б-н секин-аста сульфатларгача оксидланади. Натрий ёки калий Г. қиздирилганда пиросульфитлар (метаби-сулфитлар) ҳосил бўлади: 2KHSO3=K2S2O5+H2O. Натрий Г. (NaHSO3) фотографияда ҳамда турли материалларни оқартириш мақсадида, кальций Г. Ca(HSO3)2 ёғочдан целлюлоза олишда ишлатилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.