Gigrofillar
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 269-b. — ziyouz.com
Gigrofillar (gigro... va ... fil) — sernam şaroitda yaşaşga moslaşgan quruqlik organizmlari. G., odatda, botqoqlaşgan maydonlar, nam örmonlar, daryo özanlari suv havzalarining qirğoqlari va sernam tuproqlarda (yomğir çuvalçanglari va b.) yoki çiriyotgan daraxtlarda (haşarotlar, köpoyoqlilar) yaşaydi. Sernam joylarda ösadigan ösimliklar gigrofitlar deb ataladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГИГРОФИЛЛАР (гигро... ва ... фил) — сернам шароитда яшашга мослашган қуруқлик организмлари. Г., одатда, ботқоқлашган майдонлар, нам ўрмонлар, дарё ўзанлари сув ҳавзаларининг қирғоқлари ва сернам тупроқларда (ёмғир чувалчанглари ва б.) ёки чириётган дарахтларда (ҳашаротлар, кўпоёқлилар) яшайди. Сернам жойларда ўсадиган ўсимликлар гигрофитлар деб аталади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.