Gigroskopik suv
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 268-b. — ziyouz.com
Gigroskopik suv - toğ jinslari zarralarining yuzasini örab turuvçi bir molekulali pardasimon suv. Toğ jinslari zarralari yuzasida molekulyar va elektr kuçlar yordamida uşlanib turib, bir joydan ikkinçi joyga buğ holatda harakat qiladi. Toğ jinslaridagi miqdori foizlarda ifodalanadi. G.s. gil, soz tuproqlarda yaxşi uşlanib turadi, qum, qumtoş, şağal-toşlarda unça uşlanmaydi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГИГРОСКОПИК СУВ - тoғ жинслари зарраларининг юзасини ўраб турувчи бир молекулали пардасимон сув. Toғ жинслари зарралари юзасида молекуляр ва электр кучлар ёрдамида ушланиб туриб, бир жойдан иккинчи жойга буғ ҳолатда ҳаракат қилади. Тоғ жинсларидаги миқдори фоизларда ифодаланади. Г.с. гил, соз тупроқларда яхши ушланиб туради, қум, қумтош, шағал-тошларда унча ушланмайди.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.