Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Giltçolgiç

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 320-b. — ziyouz.com

    Giltçolgiç — qoraqalpoq ayollarining ziynat buyumi, taqinçoği. Tuzilişi sakkiz (8 ) raqamiga öxşaş bölib, kumuş bölagidan yasaladi. Örtasiga qimmatbaho toş qadalib, atrofi oddiy handasiy (doira) şakllar b-n bezatiladi; unga gilt (bezak sifatida işlangan kalitça) töğnab qöyiladi. G. köylak yoqasi old kesimining pastki qismi yoki kökrak burmasiga taqiladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИЛТЧОЛГИЧ — қорақалпоқ аёлларининг зийнат буюми, тақинчоғи. Тузилиши саккиз (8 ) рақамига ўхшаш бўлиб, кумуш бўлагидан ясалади. Ўртасига қимматбаҳо тош қадалиб, атрофи оддий ҳандасий (доира) шакллар б-н безатилади; унга гилт (безак сифатида ишланган калитча) тўғнаб қўйилади. Г. кўйлак ёқаси олд кесимининг пастки қисми ёки кўкрак бурмасига тақилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.