Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gimenomitsetlar

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 321-b. — ziyouz.com

    Gimenomitsetlar (Hymenomycetales) — bazidiyali zamburuğlar (q. Bazidiometsetlar) bir neça tartiblarining umumiy nomi. Spora hosil qiladigan qavati (q. Gimeniy) köpinça zamburuğ meva va tanasining sirtida oçiq joylaşgan. G.ning 16000 ga yaqin turi mavjud. Ularning köpçiligi yeyiladigan zamburuğlar, ayrim turlari zaharli. Köpçilik G. saprofit, ba'zilari, mas, pökak zamburuğlari parazit hayot keçiradi.

    Q.: Gimeniy

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИМЕНОМИЦЕТЛАР (Hymenomycetales) — базидияли замбуруғлар (қ. Базидиомецетлар) бир неча тартибларининг умумий номи. Спора ҳосил қиладиган қавати (қ. Гимений) кўпинча замбуруғ мева ва танасининг сиртида очиқ жойлашган. Г.нинг 16000 га яқин тури мавжуд. Уларнинг кўпчилиги ейиладиган замбуруғлар, айрим турлари заҳарли. Кўпчилик Г. сапрофит, баъзилари, мас, пўкак замбуруғлари паразит ҳаёт кечиради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.