Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Giperbolik spiral

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 327-b. — ziyouz.com

    Giperbolik spiral - M nuqtadan O aylaniş markazigaça bölgan masofa aylaniş burçagiga teskari proporsional (mutanosib) bölgan holda M nuqta aylanuvçi OA nur böyiça harakat qilganda M nuqta çizadigan tekis egri çiziq. G. s asimptotasi x qutb öqiga parallel. Agar r b-n f orasidagi munosabatni Dekart koordinatalarida u=a:x şaklida yozsak, u holda bu teskari mutanosiblik munosabatning grafigi giperbola böladi (G. s.ning nomi ana şundan).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИПЕРБОЛИК СПИРАЛЬ - М нуқтадан О айланиш марказигача бўлган масофа айланиш бурчагига тескари пропорционал (мутаносиб) бўлган ҳолда М нуқта айланувчи ОА нур бўйича ҳаракат қилганда М нуқта чизадиган текис эгри чизиқ. Г. с асимптотаси х қутб ўқига параллел. Агар р б-н ф орасидаги муносабатни Декарт координаталарида у=а:х шаклида ёзсак, у ҳолда бу тескари мутаносиблик муносабатнинг графиги гипербола бўлади (Г. с.нинг номи ана шундан).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.