Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Giperfunksiya

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 335-b. — ziyouz.com

    Giperfunksiya (giper... va funksiya) — organizm sistemalari yoki biror a'zo, töqima faoliyatining kuçayişi. G. fiziologik ta'sirlovçining ta'siriga javob reaksiyasi, mas, sportçilarda yurak muskullari qisqarişlari kuçining ortişi yoki patologik biror kasallik tufayli (mas, qalqonsimon bez G.sida tiroksin gormoni kup ajraladi — gipertireoz kuzatiladi) röy berişi mumkin (yana q. Gipofunksiya).

    Q.: Gipofunksiya

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИПЕРФУНКЦИЯ (гипер... ва функция) — организм системалари ёки бирор аъзо, тўқима фаолиятининг кучайиши. Г. физиологик таъсирловчининг таъсирига жавоб реакцияси, мас, спортчиларда юрак мускуллари қисқаришлари кучининг ортиши ёки патологик бирор касаллик туфайли (мас, қалқонсимон без Г.сида тироксин гормони куп ажралади — гипертиреоз кузатилади) рўй бериши мумкин (яна қ. Гипофункция).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.