Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gipokapniya

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 337-b. — ziyouz.com

    Gipokapniya (gipo... va yun. kapnos — tutun) — qonda karbonat angidrid (CO2)ning kamayişi. Sof kisloroddan yoki CO2 kamaygan havodan hamda atmosfera bosimi past şaroitda nafas olganda, halloslaganda, şuningdek, sun'iy nafas oldirilganda kuzatiladi. Qonda kislorod yetişmasligi karotid sinus xemoretseptorlarini ta'sirlab, nafas olişni tezlatadi, natijada CO2 alveolyar havodan va qondan çiqib ketadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИПОКАПНИЯ (гипо... ва юн. kapnos — тутун) — қонда карбонат ангидрид (СО2)нинг камайиши. Соф кислороддан ёки СО2 камайган ҳаводан ҳамда атмосфера босими паст шароитда нафас олганда, ҳаллослаганда, шунингдек, сунъий нафас олдирилганда кузатилади. Қонда кислород етишмаслиги каротид синус хеморецепторларини таъсирлаб, нафас олишни тезлатади, натижада СО2 альвеоляр ҳаводан ва қондан чиқиб кетади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.