Gipotonik eritmalar
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 340–341-b. — ziyouz.com
Gipotonik eritmalar - biolda osmotik bosimi ösimlik va hayvonlar töqimalari hujayralaridagiga nisbatan past bölgan har xil eritmalar. G. e.da hujayralar suvni sörib olib, hajmi oşadi va osmotik faol organik va mineral moddalarning bir qismini yöqotadi. Odam va hayvonlar qonidagi eritrotsitlar G. e.da juda şişib ketişi tufayli hujayra qobiği yorilib, yemiriladi. Bu hodisa gemoliz deyiladi. Yana q. Gipertonik eritmalar va Izotonik eritmalar.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГИПОТОНИК ЭРИТМАЛАР - биолда осмотик босими ўсимлик ва ҳайвонлар тўқималари ҳужайраларидагига нисбатан паст бўлган ҳар хил эритмалар. Г. э.да ҳужайралар сувни сўриб олиб, ҳажми ошади ва осмотик фаол органик ва минерал моддаларнинг бир қисмини йўқотади. Одам ва ҳайвонлар қонидаги эритроцитлар Г. э.да жуда шишиб кетиши туфайли ҳужайра қобиғи ёрилиб, емирилади. Бу ҳодиса гемолиз дейилади. Яна қ. Гипертоник эритмалар ва Изотоник эритмалар.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.