Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gippurat kislota

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 343–344-b. — ziyouz.com

    Gippurat kislota (lot.hippos -ot va uron — siydik), benzoilgli-kokoll, benzoil-glitsin, C6H5CONH2CH2COOH - organik modda; odam va qayvonlar (ayniqsa, ötxör hayvonlar) organizmida moddalar almaşinuvining oxirgi mahsulotlaridan biri. Jigar va buyraklarda benzoy kislota b-n glitsindan hosil böladi (oziq-ovqat, ayniqsa mevadagi zaharli benzoy kislotaning zararsiz holga keliş mahsuli). Siydik b-n sutkasiga 0,7 g çamasi G. k. çiqib turadi. Epidemik gepatit, jigar sirrozi, yurak dekompensatsiyasi va buyrak kasalliklarida G. k. kam çiqadi. Jigar qanday işlayotganini aniqlaş uçun klinikada bemorga natriy benzoy içirib, siydigidagi G. k. aniqlanadi (Kvik usuli).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИППУРАТ КИСЛОТА (лот.hippos -от ва uron — сийдик), бензоилгли-коколл, бензоил-глицин, C6H5CONH2CH2COOH - органик модда; одам ва қайвонлар (айниқса, ўтхўр ҳайвонлар) организмида моддалар алмашинувининг охирги маҳсулотларидан бири. Жигар ва буйракларда бензой кислота б-н глициндан ҳосил бўлади (озиқ-овқат, айниқса мевадаги заҳарли бензой кислотанинг зарарсиз ҳолга келиш маҳсули). Сийдик б-н суткасига 0,7 г чамаси Г. к. чиқиб туради. Эпидемик гепатит, жигар циррози, юрак декомпенсацияси ва буйрак касалликларида Г. к. кам чиқади. Жигар қандай ишлаётганини аниқлаш учун клиникада беморга натрий бензой ичириб, сийдигидаги Г. к. аниқланади (Квик усули).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.