Gipsometrik usul
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 345-b. — ziyouz.com
Gipsometrik usul (yun. hypsos -balandlik, metreo — ölçayman) — geografik xaritalarda yer yuzasi relyefini gorizontallar yordamida tasvirlaş usullaridan biri. Xaritaning vazifasi, masştabi va joy relyefining xususiyatiga qarab, ma'lum balandlikni belgilaydigan gorizontallar yoki izogipelar (mutlaq balandligi bir xil bölgan nuqtalarni tutaştiruvçi çiziqlar) ötkaziladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГИПСОМЕТРИК УСУЛ (юн. hypsos -баландлик, metreo — ўлчайман) — географик хариталарда ер юзаси рельефини горизонталлар ёрдамида тасвирлаш усулларидан бири. Хаританинг вазифаси, масштаби ва жой рельефининг хусусиятига қараб, маълум баландликни белгилайдиган горизонталлар ёки изогипелар (мутлақ баландлиги бир хил бўлган нуқталарни туташтирувчи чизиқлар) ўтказилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.