Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gistiotsitlar

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 351-b. — ziyouz.com

    Gistiotsitlar (gisto... va yun. hytos — hujayra) — umurtqali hayvonlar va odamlardagi biriktiruvçi töqima qujayralarining bir xili. Töp-töp bölib yoki yakka-yakka joylaşadi. Yumaloq, bölak-bölak, duksimon, köpinça, uzun va ösikli böladi. Soxta oyoqçalar yordamida harakatlanadi. Erigan kolloid moddalarni organizmning boşqa qujayralariga nisbatan köproq yutib, protoplazmasiga töplay oladi. Fagotsitoz xususiyatiga ega bölgani uçun organizmda himoya vositasini ötaydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГИСТИОЦИТЛАР (гисто... ва юн. hytos — ҳужайра) — умуртқали ҳайвонлар ва одамлардаги бириктирувчи тўқима қужайраларининг бир хили. Тўп-тўп бўлиб ёки якка-якка жойлашади. Юмалоқ, бўлак-бўлак, дуксимон, кўпинча, узун ва ўсикли бўлади. Сохта оёқчалар ёрдамида ҳаракатланади. Эриган коллоид моддаларни организмнинг бошқа қужайраларига нисбатан кўпроқ ютиб, протоплазмасига тўплай олади. Фагоцитоз хусусиятига эга бўлгани учун организмда ҳимоя воситасини ўтайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.