Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Glitseridlar

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 361-b. — ziyouz.com

    Glitseridlar GLITSERIDLAR, atsilglitserinlar — glitserin b-n organik yoki mineral kislotalarning murakkab efirlari. Molekuladagi kislota qoldiğiga qarab mono-, di- va triglitseridlarga bölinadi. G.da izomerlar mavjud bölib, bu ular tarkibiga kiruvçi qoldiqlarning joylaşuviga boğliq. Anorganik kislotalar glitseridlaridan nitrat kislota triglitseridi — nitroglitserin katta ahamiyatga ega. Karbon kislotalarning G.i ösimlik va hayvon yoğlarining tarkibiy qismidir. Ular tegişli karbon kislotalarni glitserin b-n eterifikatsiyalab olinadi. Stearin, olein, palmitin kislotalarning G.i oziq-ovqat yoğlarining emulgator va stabilizatori, turli kremlar, plastifikatorlar va surkov moylari, sovun olişda xom aşyo sifatida qöllaniladi. Nitroglitserin şifobaxş dori hamda portlovçi moddalar komponentidir.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГЛИЦЕРИДЛАР, ацилглицеринлар — глицерин б-н органик ёки минерал кислоталарнинг мураккаб эфирлари. Молекуладаги кислота қолдиғига қараб моно-, ди- ва триглицеридларга бўлинади. Г.да изомерлар мавжуд бўлиб, бу улар таркибига кирувчи қолдиқларнинг жойлашувига боғлиқ. Анорганик кислоталар глицеридларидан нитрат кислота триглицериди — нитроглицерин катта аҳамиятга эга. Карбон кислоталарнинг Г.и ўсимлик ва ҳайвон ёғларининг таркибий қисмидир. Улар тегишли карбон кислоталарни глицерин б-н этерификациялаб олинади. Стеарин, олеин, пальмитин кислоталарнинг Г.и озиқ-овқат ёғларининг эмульгатор ва стабилизатори, турли кремлар, пластификаторлар ва сурков мойлари, совун олишда хом ашё сифатида қўлланилади. Нитроглицерин шифобахш дори ҳамда портловчи моддалар компонентидир.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.