Glitsin
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 362-b. — ziyouz.com
Glitsin — 1) glikokol, aminosirka kislota, NH2—CH2— SOON; rangsiz kristall modda. Suyuqlaniş t-rasi 232—236° (parçalanadi), mol. m. 75,07, ziçligi 1595 kg/m3. Suvda yaxşi eriydi, köpçilik organik erituvçilarda erimaydi. Oqsil moddalarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi; 2) p-oksifenil aminosirka kislota, HOC6H4NHCH2COOH; suyuqlaniş t-rasi 245—247°. Işqorlar va kislotalarda yaxşi eriydi, suvda va spirtda yomon eriydi, fotografiyada oçiltirgiç (proyavitel) sifatida işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГЛИЦИН — 1) гликокол, аминосирка кислота, NH2—СН2— СООН; рангсиз кристалл модда. Суюқланиш т-раси 232—236° (парчаланади), мол. м. 75,07, зичлиги 1595 кг/м3. Сувда яхши эрийди, кўпчилик органик эритувчиларда эримайди. Оқсил моддаларнинг муҳим таркибий қисми ҳисобланади; 2) п-оксифенил аминосирка кислота, HOC6H4NHCH2COOH; суюқланиш т-раси 245—247°. Ишқорлар ва кислоталарда яхши эрийди, сувда ва спиртда ёмон эрийди, фотографияда очилтиргич (проявитель) сифатида ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.