Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Glivitse

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 358-b. — ziyouz.com

    Glivitse — Polşaning jan.- ğarbidagi şahar, Katovitse voyevodaligida. Aholisi 215 ming kişi (1990-y.lar örtalari). T.y. tuguni, Glivitse kanali böyidagi muhim daryo porti. Yuqori Sileziya toşkömir havzasining eng muhim markazlaridan biri. Oğir maşinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo, pölat eritiş korxonalari, kömir şaxtalari, politexnika in-ti, ilmiy tadqiqot in-tlari bor. G. şaxar sifatida 13-a. oxiridan ma'lum.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГЛИВИЦЕ — Польшанинг жан.- ғарбидаги шаҳар, Катовице воеводалигида. Аҳолиси 215 минг киши (1990-й.лар ўрталари). Т.й. тугуни, Гливице канали бўйидаги муҳим дарё порти. Юқори Силезия тошкўмир ҳавзасининг энг муҳим марказларидан бири. Оғир машинасозлик, электротехника, металлургия, кимё, пўлат эритиш корхоналари, кўмир шахталари, политехника ин-ти, илмий тадқиқот ин-тлари бор. Г. шахар сифатида 13-а. охиридан маълум.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.