Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gloksiniya

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 366-b. — ziyouz.com

    Gloksiniya (Gloxinia speciosa) — gesneriyadoşlar oilasiga mansub köp yillik ösimlik. Vatani — Jan. Amerika. Gloxinia hubrida turi Yevropaga dastlab 1817 y. ötgan. Oranjereya va xonalarda östiriladi. Bargi yirik, qalin, mayin tukli, qarama-qarşi joylaşgan. Gullari oq, puşti, qizil, binafşa rang, karnaysimon bandi uzun va mört, çetdan çanglanadi. Mevasi köp uruğli kösakça. 3—4 oy gullayli. Qalamçasidan ham köpaytiriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГЛОКСИНИЯ (Gloxinia speciosa) — геснериядошлар оиласига мансуб кўп йиллик ўсимлик. Ватани — Жан. Америка. Gloxinia hubrida тури Европага дастлаб 1817 й. ўтган. Оранжерея ва хоналарда ўстирилади. Барги йирик, қалин, майин тукли, қарама-қарши жойлашган. Гуллари оқ, пушти, қизил, бинафша ранг, карнайсимон банди узун ва мўрт, четдан чангланади. Меваси кўп уруғли кўсакча. 3—4 ой гуллайли. Қаламчасидан ҳам кўпайтирилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.