Gomogametalik
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 390-b. — ziyouz.com
Gomogametalik (gomo... va gameta) — bir yoki bir neça juft gomologik jinsiy xromosomalarga ega bölgan va meyozda bir xil xromosomali gametalar hosil qiladigan organizm. Odatda jinslardan biri G. (XX), ikkinçisi geterogametali (XV) böladi. Köpçilik hayvonlar va ikki uyli ösimliklarning urğoçi jinsi; quşlar, ayrim sudralib yuruvçilar, suvda va quruqlikda yaşovçilar, baliqlarning hamda hamma kapalaklarning erkaklari G. böladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГОМОГАМЕТАЛИК (гомо... ва гамета) — бир ёки бир неча жуфт гомологик жинсий хромосомаларга эга бўлган ва мейозда бир хил хромосомали гаметалар ҳосил қиладиган организм. Одатда жинслардан бири Г. (XX), иккинчиси гетерогаметали (XV) бўлади. Кўпчилик ҳайвонлар ва икки уйли ўсимликларнинг урғочи жинси; қушлар, айрим судралиб юрувчилар, сувда ва қуруқликда яшовчилар, балиқларнинг ҳамда ҳамма капалакларнинг эркаклари Г. бўлади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.