Gonokokk
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 398-b. — ziyouz.com
Gonokokk — kasallik qözğatadigan mikrob; diplokokkparga mansub; nemis olimi A. Neysser topgan (1879). Organizmdan taşqarida unça çidamli emas; yetarliça nam joyda (mas, höl lozim, çoyşab, moçalkada) bölgandagina yuqadi; quritilganda bir neça minutda, 40—45° gaça qizdirilganda esa bir neça soatda halok böladi. Dezinfeksiyalovçi kimyoviy moddalar G.ni öldiradi. Odamda siydik-tanosil yöllari (sözakla) va köz (blennoreyatsya) şilliq qavatining yiringli kasalliklarini qözğatadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГОНОКОКК — касаллик қўзғатадиган микроб; диплококкпарга мансуб; немис олими А. Нейссер топган (1879). Организмдан ташқарида унча чидамли эмас; етарлича нам жойда (мас, ҳўл лозим, чойшаб, мочалкада) бўлгандагина юқади; қуритилганда бир неча минутда, 40—45° гача қиздирилганда эса бир неча соатда ҳалок бўлади. Дезинфекцияловчи кимёвий моддалар Г.ни ўлдиради. Одамда сийдик-таносил йўллари (сўзакла) ва кўз (бленнореяця) шиллиқ қаватининг йирингли касалликларини қўзғатади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.