Göröğlixon
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 529-b. — ziyouz.com
Göröğlixon — «Göröğli» turkumidagi dostonlarni jamoat örtasida qiroat b-n öquvçi, yoddan aytuvçi kişi. G.lar xalq baxşi-şoirlari kabi asarga ijodiy yondaşmaganlar — versiya, variant yaratmay, kitobda yozilganini yod olib, xonandalar singari kuylaganlar. Bu jihatdan ular qissaxonlarga yaqin turadi. 19-a.ning 2-yarmi va 20-a.ning boşlarida Sulton şoir (Samarqand viloyati), Nişon ota (Toşkent viloyati) kabi maşqur G.lar bölgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ГЎРЎҒЛИХОН — «Гўрўғли» туркумидаги достонларни жамоат ўртасида қироат б-н ўқувчи, ёддан айтувчи киши. Г.лар халқ бахши-шоирлари каби асарга ижодий ёндашмаганлар — версия, вариант яратмай, китобда ёзилганини ёд олиб, хонандалар сингари куйлаганлар. Бу жиҳатдан улар қиссахонларга яқин туради. 19-а.нинг 2-ярми ва 20-а.нинг бошларида Султон шоир (Самарқанд вилояти), Нишон ота (Тошкент вилояти) каби машқур Г.лар бўлган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.