Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Göşt qiymalagiç

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 532-b. — ziyouz.com

    Göşt qiymalagiç - göşt maydalaydigan asbob yoki maşina. G. tana (korpus), şnek (vintsimon öq), piçoq, tör, gayka va dastadan iborat. Rözğorda (qöl b-n işlatiladigan G.), göşt mahsulotlari tayyorlaydigan korxonalarda, savdo korxonalari va jamoat oşxonalarida (elektr G.) işlatiladi. Göşt bölaklari maşinaga solib turiladi, şnek hosil qiladigan bosim göştni piçoq va teşikli tör orqali ötişga majbur qiladi. G.ga teşiklari turli ölçamdagi tör qilib, istalgan maydayiriklikdagi qiyma çiqariş mumkin.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГЎШТ ҚИЙМАЛАГИЧ - гўшт майдалайдиган асбоб ёки машина. Г. тана (корпус), шнек (винтсимон ўқ), пичоқ, тўр, гайка ва дастадан иборат. Рўзғорда (қўл б-н ишлатиладиган Г.), гўшт маҳсулотлари тайёрлайдиган корхоналарда, савдо корхоналари ва жамоат ошхоналарида (электр Г.) ишлатилади. Гўшт бўлаклари машинага солиб турилади, шнек ҳосил қиладиган босим гўштни пичоқ ва тешикли тўр орқали ўтишга мажбур қилади. Г.га тешиклари турли ўлчамдаги тўр қилиб, исталган майдайирикликдаги қийма чиқариш мумкин.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.