Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gramm-atom

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 421-b. — ziyouz.com

    Gramm-atom — kimyoviy elementning atom massasiga son jihatdan teng qilib olingan miqdori. Mas, kislorodning gramm-atomi 16 g, çunki uning at.m. 16 ga teng yoki temirning gramm-atomi 56 g, çunki uning at.m 56 ga teng. Har qanday kimyoviy elementning gramm-atomida (agregat holatidan qat'i nazar) Avogadro soniga teng miqdorda, ya'ni 6,022-1023 ta atom böladi. G.-a. kattaligidan turli fizik va kimyoviy hisob-kitoblarda foydalaniladi. Texnik hisob-kitoblarda kilogramm-atom, milligramm-atom singari massa miqdorlari ham keng qöllaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГРАММ-АТОМ — кимёвий элементнинг атом массасига сон жиҳатдан тенг қилиб олинган миқдори. Мас, кислороднинг грамм-атоми 16 г, чунки унинг ат.м. 16 га тенг ёки темирнинг грамм-атоми 56 г, чунки унинг ат.м 56 га тенг. Ҳар қандай кимёвий элементнинг грамм-атомида (агрегат ҳолатидан қатъи назар) Авогадро сонига тенг миқдорда, яъни 6,022-1023 та атом бўлади. Г.-а. катталигидан турли физик ва кимёвий ҳисоб-китобларда фойдаланилади. Техник ҳисоб-китобларда килограмм-атом, миллиграмм-атом сингари масса миқдорлари ҳам кенг қўлланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.