Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Grammofon plastinkasi

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 421–422-b. — ziyouz.com

    Grammofon plastinkasi -tovuş (nutq, muzika, aşula) yozib olingan disk. Plastmassa, selluloida, atsetilsellyulozadan yasaladi. Tovuş diskning ikki tomoniga mexanik usulda spiral ariqça tarzida yozib olinadi. Ariqçalarda yozib olingan tovuş tebranişlariga mos izlar qoladi. G. p. ni grammofonga qöyib qayta eşittiriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГРАММОФОН ПЛАСТИНКАСИ -товуш (нутқ, музика, ашула) ёзиб олинган диск. Пластмасса, целлулоида, ацетилцеллюлозадан ясалади. Товуш дискнинг икки томонига механик усулда спирал ариқча тарзида ёзиб олинади. Ариқчаларда ёзиб олинган товуш тебранишларига мос излар қолади. Г. п. ни граммофонга қўйиб қайта эшиттирилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.