Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Grinyar reaksiyasi

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 450-b. — ziyouz.com

    Grinyar reaksiyasi - alkil yoki arilmagniy galogenidlar yordamida organik moddalarni sintez qiliş reaksiyasi. 1900 y. V. Grinyar kaşf etgan. Alkil va arilmagniygalogenidlar tarkibida faol vodorod atomi bölgan moddalar b-n tez reaksiyaga kirişa oladi. G.r.dan foydalanib, uglevodorodlar, spirtlar, ketonlar, kislotalar va b. birikmalar oliş mumkin. Quyidagi reaksiya G.r.ga misol böla oladi: CH3MgX+ROHH>CH4+ROMgX. Bu yerda R — alifatik yoki aromatik radikal; X — galogen.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГРИНЬЯР РЕАКЦИЯСИ - алкил ёки арилмагний галогенидлар ёрдамида органик моддаларни синтез қилиш реакцияси. 1900 й. В. Гриньяр кашф этган. Алкил ва арилмагнийгалогенидлар таркибида фаол водород атоми бўлган моддалар б-н тез реакцияга кириша олади. Г.р.дан фойдаланиб, углеводородлар, спиртлар, кетонлар, кислоталар ва б. бирикмалар олиш мумкин. Қуйидаги реакция Г.р.га мисол бўла олади: CH3MgX+ROHH>CH4+ROMgX. Бу ерда R — алифатик ёки ароматик радикал; X — галоген.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.