Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Guantanamo

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 469-b. — ziyouz.com

    Guantanamo — Kubadagi şahar va port. Guantanamo provinsiyasining ma'muriy markazi. Aholisi 200 mingdan ziyod kişi (1990-y.lar örtalari). T. y. va avtomobil yöllari tuguni. Oziq-ovqat, töqimaçilik, tamaki, poyabzal, metallsozlik, quriliş materiallari sanoati korxonalari bor. Çetga sitrus mevalar va kofe çiqariladi. Şakarqand sanoatining markazlaridan biri; şokolad va likyor tayyorlanadi. G.dan 16 km masofada AQŞning harbiy-dengiz bazasi (1903 y.da ijaraga olgan) bor. Şaharga 1524 y.da asos solingan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГУАНТАНАМО — Кубадаги шаҳар ва порт. Гуантанамо провинциясининг маъмурий маркази. Аҳолиси 200 мингдан зиёд киши (1990-й.лар ўрталари). Т. й. ва автомобиль йўллари тугуни. Озиқ-овқат, тўқимачилик, тамаки, пойабзал, металлсозлик, қурилиш материаллари саноати корхоналари бор. Четга цитрус мевалар ва кофе чиқарилади. Шакарқанд саноатининг марказларидан бири; шоколад ва ликёр тайёрланади. Г.дан 16 км масофада АҚШнинг ҳарбий-денгиз базаси (1903 й.да ижарага олган) бор. Шаҳарга 1524 й.да асос солинган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.