Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gulalvon

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 481-b. — ziyouz.com

    Gulalvon (Coreopsis) — qoqidoşlar oilasiga mansub bir yillik va köp yillik ötlar turkumi. Poyasi 20— 100 sm. Guli sariq, töpgul-savatça, savatça atrofidagi gultojbarglari (odatda 8 ta) tilçasimon, örtadagilari nayçasimon. Barglari qarama-qarşi joylaşgan. Özbekistonda ikki turi (S. tinctoria, S. grandifl ora) manzarali ösimlik sifatida östiriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГУЛАЛВОН (Coreopsis) — қоқидошлар оиласига мансуб бир йиллик ва кўп йиллик ўтлар туркуми. Пояси 20— 100 см. Гули сариқ, тўпгул-саватча, саватча атрофидаги гултожбарглари (одатда 8 та) тилчасимон, ўртадагилари найчасимон. Барглари қарама-қарши жойлашган. Ўзбекистонда икки тури (С. tinctoria, С. grandifl ora) манзарали ўсимлик сифатида ўстирилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.