Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ğulom Ahmedoviç Ahmedov

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 870-b. — ziyouz.com

    Ahmedov Ğulom Ahmedoviç (1916.11.8, Turkiston ş., Qozoğiston) — huquqşunos olim. Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi (1993), yuridik fanlari d-ri (1973), prof (1986). 1937 — 41 y.larda Toşkent yuridik in-ti va Moskva harbiy-yuridik akademiyasida ta'lim olgan. Özbekiston FA Falsafa va huquq in-ti jinoyat huquqi sektorining mudiri (1959 — 96), 1997 y.dan — ilmiy xodim. Ilmiy asarlari jinoyat huquqini takomillaştiriş xususan giyohvandlik va içkilikbozlikka qarşi kuraş muammolariga bağişlangan. Huquqşunoslikka doir luğatlar tuzgan, özbek tilidagi yuridik atamalarning şakllanişiga hissa qöşgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АҲМЕДОВ Ғулом Аҳмедович (1916.11.8, Туркистон ш., Қозоғистон) — ҳуқуқшунос олим. Ўзбекистонда хизмат кўрсатган фан арбоби (1993), юридик фанлари д-ри (1973), проф (1986). 1937 — 41 й.ларда Тошкент юридик ин-ти ва Москва ҳарбий-юридик академиясида таълим олган. Ўзбекистон ФА Фалсафа ва ҳуқуқ ин-ти жиноят ҳуқуқи секторининг мудири (1959 — 96), 1997 й.дан — илмий ходим. Илмий асарлари жиноят ҳуқуқини такомиллаштириш хусусан гиёҳвандлик ва ичкиликбозликка қарши кураш муаммоларига бағишланган. Ҳуқуқшуносликка доир луғатлар тузган, ўзбек тилидаги юридик атамаларнинг шаклланишига ҳисса қўшган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.