Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gulqand

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 496-b. — ziyouz.com

    Gulqand — gulbarg b-n şakardan tayyorlanadigan şirinlik. Oçilgan qizil atirgullar terib olinadi, öğirda tuyib, şakar aralaştiriladi, idişga solinib, oftobga qöyiladi. Gulbarglarni yana tuyib, şakar qorib idişga solinaveradi. Oftobda uzoq turib, şakar ezilgan gulbarglariga singadi va G. hosil böladi. G. xalq tabobatida bedarmonlik, kamqonlik, yötal kabilarga davo sifatida iste'mol etiladi. G.ni ba'zi joylarda oftobigulqand deb qam ataydilar.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГУЛҚАНД — гулбарг б-н шакардан тайёрланадиган ширинлик. Очилган қизил атиргуллар териб олинади, ўғирда туйиб, шакар аралаштирилади, идишга солиниб, офтобга қўйилади. Гулбаргларни яна туйиб, шакар қориб идишга солинаверади. Офтобда узоқ туриб, шакар эзилган гулбаргларига сингади ва Г. ҳосил бўлади. Г. халқ табобатида бедармонлик, камқонлик, йўтал кабиларга даво сифатида истеъмол этилади. Г.ни баъзи жойларда офтобигулқанд деб қам атайдилар.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.