Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Gummi

    Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 502-b. — ziyouz.com

    Gummi (lot. gummi, yun. kommi — yelim), kamedlar — kompleks polisaxaridlar, organik moddalar; ba'zi daraxtlar (mas, har xil akatsiyalar, olça, şaftoli va b.) tanasining şikastlangan yeridan oqib çiqib qotib qoladigan tiniq massa, yopişqoq quyuq şira. Smoladan farqli ölaroq, spirtda erimaydi. Yelim sifatida işlatiladi; tibbiyotda qoplovçi va yumşatuvçi modda holida qöllaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ГУММИ (лот. gummi, юн. kommi — елим), камедлар — комплекс полисахаридлар, органик моддалар; баъзи дарахтлар (мас, ҳар хил акациялар, олча, шафтоли ва б.) танасининг шикастланган еридан оқиб чиқиб қотиб қоладиган тиниқ масса, ёпишқоқ қуюқ шира. Смоладан фарқли ўлароқ, спиртда эримайди. Елим сифатида ишлатилади; тиббиётда қопловчи ва юмшатувчи модда ҳолида қўлланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.