Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Hamid Xolmatoviç Xolmatov

    Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 175-b. — ziyouz.com

    Xolmatov Hamid Xolmatoviç (1923.4.5, Qozoğiston Respublikasi Jambul viloyati) — provizor olim. Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi (1977), Özbekistonda xizmat körsatgan tibbiyot xodimi (1983). Farmatsevtika fanlari dri (1976), prof. (1976). Toşkent farmatsevtika intini tugatgaç (1944), şu int farmakognoziya kafedrasida aspirant (1944—47), assistent (1947—57), dotsent (1957—76), ayni vaqtda int dekani (1953—59), öquv va ilmiy işlar böyiça prorektor (195970), rektor (197085); 1985 y.dan farmakognoziya kafedrasi prof. Ilmiy işlari, asosan, Özbekiston xalq tabobatida qöllaniladigan, xususan, Ibn Sino işlatgan dorivor ösimliklarni farmakognostik örganiş va tibbiyotga tadbiq etişdan iborat.

    As: Farmakognoziya T., 1995.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ХОЛМАТОВ Ҳамид Холматович (1923.4.5, Қозоғистон Республикаси Жамбул вилояти) — провизор олим. Ўзбекистонда хизмат кўрсатган фан арбоби (1977), Ўзбекистонда хизмат кўрсатган тиббиёт ходими (1983). Фармацевтика фанлари дри (1976), проф. (1976). Тошкент фармацевтика интини тугатгач (1944), шу инт фармакогнозия кафедрасида аспирант (1944—47), ассистент (1947—57), доцент (1957—76), айни вақтда инт декани (1953—59), ўқув ва илмий ишлар бўйича проректор (195970), ректор (197085); 1985 й.дан фармакогнозия кафедраси проф. Илмий ишлари, асосан, Ўзбекистон халқ табобатида қўлланиладиган, хусусан, Ибн Сино ишлатган доривор ўсимликларни фармакогностик ўрганиш ва тиббиётга тадбиқ этишдан иборат.

    Ас: Фармакогнозия Т., 1995.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.