Harbiy komissarlik
Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 94-b. — ziyouz.com
Harbiy komissarlik - şöro lar davrida harbiy safarbarlik va umumiy harbiy xizmatga çaqiriş, zaxi-radagi harbiylarni hisobga oliş işlari bilan şuğullanuvçi mahalliy harbiy boşqariş organi. Özbekiston Respublikasida H.k. örniga Mudofaa işlari boşqarmasi (viloyat) va bölimlari (şahar va tuman) tuzilib, uning asosiy vazifasi: harbiy safarbarlikka tayyorlaş va ötkaziş, aholi va xalq xöjaligi resurslarini hisobga oliş, yoşlarni harbiy xizmatni ötaşga tay-yorlaş va b. mudofaa tadbirlarini amalga oşirişdan iborat. Unga Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Boş ştabi va harbiy okrug qöşinlari qömondonlari rahbarlik qiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ҲАРБИЙ КОМИССАРЛИК - шўро лар даврида ҳарбий сафарбарлик ва умумий ҳарбий хизматга чақириш, захи-радаги ҳарбийларни ҳисобга олиш ишлари билан шуғулланувчи маҳаллий ҳарбий бошқариш органи. Ўзбекистон Республикасида Ҳ.к. ўрнига Мудофаа ишлари бошқармаси (вилоят) ва бўлимлари (шаҳар ва туман) тузилиб, унинг асосий вазифаси: ҳарбий сафарбарликка тайёрлаш ва ўтказиш, аҳоли ва халқ хўжалиги ресурсларини ҳисобга олиш, ёшларни ҳарбий хизматни ўташга тай-ёрлаш ва б. мудофаа тадбирларини амалга оширишдан иборат. Унга Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари Бош штаби ва ҳарбий округ қўшинлари қўмондонлари раҳбарлик қилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.