Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Harbiy operatsiya

    Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 95-b. — ziyouz.com

    Harbiy operatsiya HARBIY OPERATSIYA, harbiy amaliyot — operativ(tezkor) yoki strategik topşiriqlarni bajariş uçun qurolli kuçlarning bir yoki bir neça turlaridan tuzilgan operativ birlaşmalar tomonidan yagona reja asosida amalga oşiradigan, maqsadi, vaqti va amalga oşiriladigan joyi kelişib olingan özaro boğliq zarbalar, janglar majmui. Quruqlik, dengiz, havo va havo-desant operatsiyalari (amaliyotlari), hujum va mudofaa operatsiyalari, strategik, front (armiyalar guruhi), armiya, flot, flotiliya operatsiyalari farqlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҲАРБИЙ ОПЕРАЦИЯ, ҳарбий амалиёт — оператив(тезкор) ёки стратегик топшириқларни бажариш учун қуролли кучларнинг бир ёки бир неча турларидан тузилган оператив бирлашмалар томонидан ягона режа асосида амалга оширадиган, мақсади, вақти ва амалга ошириладиган жойи келишиб олинган ўзаро боғлиқ зарбалар, жанглар мажмуи. Қуруқлик, денгиз, ҳаво ва ҳаво-десант операциялари (амалиётлари), ҳужум ва мудофаа операциялари, стратегик, фронт (армиялар гуруҳи), армия, флот, флотилия операциялари фарқланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.