Hindşunoslik
Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 169–172-b. — ziyouz.com
Hindşunoslik - Hindiston xalqlari tarixi, madaniy merosi, ğoyaviy qaraşlari, adabiyoti, san'-ati va tillarini, şuningdek, yangi davrda Hindistonning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy masalalarini örganuvçi fanlar majmui. H. 19-a. boşida Yevropada şakllangan, ammo yevropaliklarning Hindistonga bölgan qiziqişi antikdavrdan boşlangan edi.
Abu Rayhon Beruniy Hindistonga safar qilgan çoğida sanskritni, ölkaning geogr.si, madaniyati, adabiyo-ti, tarixi, falsafasi, qonunlari, dinlari, urf-odatlarini atrofliça örgangan va öz bilimlarini «Hindiston» asarida bayon etgan. 1442—44 y.larda Abdurazzoq Samarqandiy Şoh-rux saroyining elçisi sifatida Hin-diston jan.dagi Kalikut, Hinavar, Mangalur, Bilur, Bokanur va Vijaya-nagar rojaliklarida diplomatik missiyani bajargan. Keyinçalik Xiva va Buxoro xonliklarining elçilari ham Hindistonda xizmat safarlarida bölib, unga oid ma'lumotlarni keltirganlar. Yevropada H. 15-a. oxirlarida Hindistonga oçilgan dengiz yöli tufayli yuzaga kelgan. Avvaliga Şim. Hindistonni tadqiq etişga e'tibor berilgan. 18-a. örtalarila esa Ost-Indiya kompaniyasining mazkur hududlarga kelişi tufayli butun ölkadagi tillar va ularning grammatikasini örganişga e'tibor kuçaygan. Yevropalik olimlar U.Kerri, Jilkroyt, U.Jons, Kolbruk va b. hindu tili va b. mahalliy tillar grammatikasini örganişga salmoqli hissa qöşgan. Hindistonning jahon sivilizatsiyasiga qöşgan hissasi, buyuk ma'naviy va tarixiy qadriyatlari, adabiyotiga bölgan zör qiziqiş Yevropa davlatlarida qator şarqşunoslik markazlarining şakllanişiga turtki böldi. 19-a. boşida ilk bor Parijda sansk-rit va qad. Hindiston tillarini örganuvçi H. kafedrasi oçildi. 19-a.ning 2-çoragidan boşlab Angliya, Fransiya, Germaniya, Skandinaviya davlatlari, keyinroq esa Rossiya va AQŞda H. sezilarli darajada rivoj topa boşlagan. 19-a.da buddizm va klassik filologiyani örganişda turli mamlakat olimlari R.Rott, M.Myuller, A.Veber, A.Bergen, A.Lyudovik va b. samarali faoliyat körsatganlar. Rossiyada H.ka bölgan qiziqiş rus sayyohi Afanasiy Nikitinning 15-a.da Hin-distonga qilgan sayohati tufayli kuçaydi. U öz sayohati töğrisida «Uç dengiz oşa» asarida talaygina qiziqarli ma'lumotlar bergan. Keyingi asrlarda yuzlab rus savdogar va sayyohlari Hindistonga köplab safarlar qilganlar, sekin-asta diplomatik munosa-batlar rivojlana boşlagan. 1724 y.da Peterburgda Rossiya FA taşkil etilib, H. borasida ham fundamental tad-qiqotlar boşlab yuborildi. 20-a.ning boşlarida H. borasida tadqiqotlar olib boriş jonlana boşladi, ayniq-sa 2-jahon uruşidan söng Rossiya şarqşunosligida şakllangan yirik yönaliş sifatida ilmiy va siyosiy doiralarda talaygina yutuqlari bilan öz mavqeiga ega böldi. Rossiya FA Şarq-şunoslik in-ti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat un-ti qoşidagi Osiyo va Afrika in-ti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar in-ti, jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosa-batlar in-ti, Diplomatik akademiya, Misr tadqiqotlari markazi, Xalqlar döstligi un-ti, Ijtimoiy fanlar böyiça ilmiy axborotlar in-ti, xorijiy tillar harbiy in-ti, Plexa-nov nomidagi Iqtisodiyot un-ti, Sankt-Peterburg davlat un-ti va b. önlab ilmiy, oliy ta'lim muassasalari, akademiyalar va harbiy akademiyalarda Hindiston böyiça keng qam-rovli i.t. işlari olib borildi, ular yuzasidan yuzlab risolalar, ilmiy monografiyalar, öquv qöllanmalari, darsliklar, ma'lumotnomalar çop etildi. Taniqli rus hindşunos olimlari G.M.Bongard-Levin va G.F.Il-in tomonidan «Qadimgi Hindiston» (1969), Yu.P.Nasenkoning «Javohar-lal Neru va Hindiston taşqi siyosa-ti» (1975), V.K.Pleşakovning «Hin-distonda demokratiya: mahalliy öz-özini boşqaruv» (1992) kitoblarida H.ning dolzarb masalalari yoritib berildi.
Moskvada muntazam ravişda çop etilayotgan «Aziya i Afrika segodnya», «Vostok», «Nauka i religiya», «Mi-rovaya ekonomika i mejdunarodnne otnoşeniya», «Indiya» oylik jur. va «Vestnik MGU» ilmiy töplamida H.ka taalluqli tahliliy materiallar çop etib kelinmoqda. MDH miqyosida Du-şanba un-ti, Olmaota un-ti, Boku un-ti, Kiyev un-ti, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar in-ti va b. ilmiy, öquv muassasalarida H. bir maromda rivojlanib bormoqda. Hozirda Parij un-ti va uning tasarrufidagi i.t. institutlari va markazlarida budda dini, H.ning içki va taşqi siyo-sati, davlat tuzumi, falsafasi öqitilmoqda va i.t.lar olib borilmoqda. Buyuk Britaniyaning (London un-ti, Kembrij un-ti, Safiks un-ti va Oksford untlari), Germaniyaning (Geydelberg Jan. Osiyo in-ti, Tyu-bingen un-ti, Myunster un-ti, Ber-lin un-ti va Gamburg unti), Italiyaning (Milan unti) un-tlarida qad. Hindiston, Venetsiya un-tida esa hoz. Hindistonning dolzarb muammolari yuzasidan muayyan işlar amalga oşirildi. H., şuningdek, Avstriyadagi Vena un-tida, Bolgariyadagi Sofiya un-tida, Polşadagi Krakov un-tlarida, Norvegiya, Ruminiya va Ispaniyaning oliy ta'lim dargohlarida ham rivojlanib bormokda. H. böyiça AQŞning Kolumbiya un-ti, Berkli un-ti, Çikago un-tlarida, Yaponiyaning Tokio va Osaka un-tlarida ham rivojlanmokda. H., şuningdek, Misrning Qohira un-ti, Liviyaning Benğozi un-ti, Tripoli un-ti, JARning Yoxannesburg un-ti, Avstraliyaning Sidney un-ti, Turkiyaning istanbul un-tida malakali hindşunos mutaxassislar tadqiqotlar olib bormoqda.
Özbekistonda ilmiy H.ning şakllana boşlaganiga unça köp vaqt bölgani yöq. 1947 y. Toşkent Davlat un-ti Şarq fakultetida hind filologiyasi kafedrasi oçildi. Özbekiston FA Şarqşunoslik in-tida 1950 y. xorijiy şarq mamlakatlari tarixi böli-mi, 1957 y.da Hindiston va Pokiston tarixi, iqtisodi va madaniyati sektori taşkil topdi. Özbek şarqşunos-hindşunos olimlaridan A. Örin-boyev («Abdurazzoq Samarqandiyning Hindiston safarnomasi»), S.Azimjonova («Kobul va Hindistonda Bobur davlati», «Humoyunnoma»), I. Nizo-middinov («Örta Osiyo va Hindiston madaniy aloqalari tarixidan»), I.Hoşimov («Hindistonda boburiylar sulolasi saltanati») va b. Hin-diston tarixiga oid yirik tadqiqotlarni amalga oşirdilar.
Ötgan davr mobaynida hindşunos olimlarimiz tomonidan 50 dan ortiq ilmiy monografiya va risolalar çop qilindi. Uşbu asarlarni yozişda olimlarimizdan fan doktorlari akad. S.Azimjonova, A.Örinboyev, I.Nizomiddinov, I.Hoşimov, M.Kutina; fan nomzodlaridan A.Qosimov, U.Oripov, S.Tansiqboyeva, N.Muhamedov, L.Yeremyan, S.Yermakova, D.Bekayeva, B.Obidov, M.Toşmuhamedov, A.Sahiboyev va b. tayyorlab naşr etdilar. Bu tadqiqotlar Hindiston tari-xi, içki va taşqi siyosati, madaniya-ti, adabiyoti, Özbekiston — Hindiston aloqalari va h.k. masalalarga bağişlangan bölib, Hindistonning ötmişi va hoz. hayoti haqida mufassal ma'lumotlar beradi. Özbekistonda hin-diy va urdu tillarini örgatiş yaxşi yölga qöyilgan. 1990 y.dan alohida in-t bölib taşkil topgan Toşkent şarqşunoslik in-ti Jan. Osiyo xalqlari tillari kafedrasida yetuk hind-şunos mutaxassislar talabalarga hin-diy, urdu, panjobi, bengal tillaridan saboq bermoqsalar. Şarq mamlakatlari tarixi, adabiyoti kafedralarida Hindiston tarixi, adabiyoti fanlari öqitiladi. Uşbu in-tda fan doktorlaridan T.Ğiyosov (tarix), O.Şomatov (filolog), fan nomzodlari S. Ağzamo-va, H. Begizova, U.Muhibova, T.A.Xö-jayeva, A.Ibrohimov, S.Yöldoşev kabi mutaxassislar dars beriş bilan birga i.t. lar ham olib bormoqdalar.
Özbekiston hindşunoslarining nomlari xalqaro va siyosiy doiralarda yaxşi tanilgan va ular Hindistonning tarixi, içki va taşqi siyosati, siyosiy partiyalari, diplomatiyasi, xotin-qizlar harakati, falsafasi, milliy-ozodlik kuraşi, adabiyoti, tillari masalalari, Özbekiston — Hindiston aloqalari, madaniyati va b. muhim jihatlarini çuqur tadqiq etib kelmoqsalar. T.Ğ.Ğiyosovning «Qa-dimgi Hindiston tarixi» (2000), I.M.Hoşimov va M.M.Kutinaning «Hindiston Milliy Kongressi va Hindistonda mintaqaviy jamoat taşkilotlarining faoliyati» (1980), I.Ğ. Nizomiddinovning «Boburiylar davlati» (1983), S.M.Ağzamova, B.Obidovning «Hozirgi Hindiston» (1991), O.N.Şomatovning «Janubiy Osiyo tillariga kiriş» (2003) kabi asarlari çop etildi.
Özbekistonda H.ni rivojlantirişda, asosan, Özbekiston FA Şarqşunoslik in-ti, Toşkent şarqşunoslik in-ti va Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar in-ti olimlari samarali faoliyat körsatmoqda. Mamlakatda çop etilayotgan «Şarqşunoslik», «Şarq maş'ali», «Vostokovedeniye», «Mayak Vostoka» ilmiy jur.larida Hindistonning turli jihatlarini yorituvçi maqolalar berib borilmoqda. Toşkentda «Özbekistonda — Hindiston döstlik jamiyati» faoliyat körsatmokda. Tagor, Premçand, Krişan Çandr, Jafriy, Ahmad Abbos va b. hind yozuvçi va şoirlarining asarlarini özbek tiliga tarjima qilinib naşr etilişi ham respublikada H.ni rivojlantirişga hissa bölib qöşiladi.
Ad.: Bibliografiya Iidii, M., 1976.
Bobir Ğiyosov.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ҲИНДШУНОСЛИК - Ҳиндистон халқлари тарихи, маданий мероси, ғоявий қарашлари, адабиёти, санъ-ати ва тилларини, шунингдек, янги даврда Ҳиндистоннинг иқтисодий, ижтимоий ва сиёсий масалаларини ўрганувчи фанлар мажмуи. Ҳ. 19-а. бошида Европада шаклланган, аммо европаликларнинг Ҳиндистонга бўлган қизиқиши антикдаврдан бошланган эди.
Абу Райҳон Беруний Ҳиндистонга сафар қилган чоғида санскритни, ўлканинг геогр.си, маданияти, адабиё-ти, тарихи, фалсафаси, қонунлари, динлари, урф-одатларини атрофлича ўрганган ва ўз билимларини «Ҳиндистон» асарида баён этган. 1442—44 й.ларда Абдураззоқ Самарқандий Шоҳ-рух саройининг элчиси сифатида Ҳин-дистон жан.даги Каликут, Ҳинавар, Мангалур, Билур, Боканур ва Вижая-нагар рожаликларида дипломатик миссияни бажарган. Кейинчалик Хива ва Бухоро хонликларининг элчилари ҳам Ҳиндистонда хизмат сафарларида бўлиб, унга оид маълумотларни келтирганлар. Европада Ҳ. 15-а. охирларида Ҳиндистонга очилган денгиз йўли туфайли юзага келган. Аввалига Шим. Ҳиндистонни тадқиқ этишга эътибор берилган. 18-а. ўрталарила эса Ост-Индия компаниясининг мазкур ҳудудларга келиши туфайли бутун ўлкадаги тиллар ва уларнинг грамматикасини ўрганишга эътибор кучайган. Европалик олимлар У.Керри, Жилкройт, У.Жонс, Колбрук ва б. ҳинду тили ва б. маҳаллий тиллар грамматикасини ўрганишга салмоқли ҳисса қўшган. Ҳиндистоннинг жаҳон цивилизациясига қўшган ҳиссаси, буюк маънавий ва тарихий қадриятлари, адабиётига бўлган зўр қизиқиш Европа давлатларида қатор шарқшунослик марказларининг шаклланишига туртки бўлди. 19-а. бошида илк бор Парижда санск-рит ва қад. Ҳиндистон тилларини ўрганувчи Ҳ. кафедраси очилди. 19-а.нинг 2-чорагидан бошлаб Англия, Франция, Германия, Скандинавия давлатлари, кейинроқ эса Россия ва АҚШда Ҳ. сезиларли даражада ривож топа бошлаган. 19-а.да буддизм ва классик филологияни ўрганишда турли мамлакат олимлари Р.Ротт, М.Мюллер, А.Вебер, А.Берген, А.Людовик ва б. самарали фаолият кўрсатганлар. Россияда Ҳ.ка бўлган қизиқиш рус сайёҳи Афанасий Никитиннинг 15-а.да Ҳин-дистонга қилган саёҳати туфайли кучайди. У ўз саёҳати тўғрисида «Уч денгиз оша» асарида талайгина қизиқарли маълумотлар берган. Кейинги асрларда юзлаб рус савдогар ва сайёҳлари Ҳиндистонга кўплаб сафарлар қилганлар, секин-аста дипломатик муноса-батлар ривожлана бошлаган. 1724 й.да Петербургда Россия ФА ташкил этилиб, Ҳ. борасида ҳам фундаментал тад-қиқотлар бошлаб юборилди. 20-а.нинг бошларида Ҳ. борасида тадқиқотлар олиб бориш жонлана бошлади, айниқ-са 2-жаҳон урушидан сўнг Россия шарқшунослигида шаклланган йирик йўналиш сифатида илмий ва сиёсий доираларда талайгина ютуқлари билан ўз мавқеига эга бўлди. Россия ФА Шарқ-шунослик ин-ти, М.Ломоносов номидаги Москва давлат ун-ти қошидаги Осиё ва Африка ин-ти, Москва давлат халқаро муносабатлар ин-ти, жаҳон иқтисодиёти ва халқаро муноса-батлар ин-ти, Дипломатик академия, Миср тадқиқотлари маркази, Халқлар дўстлиги ун-ти, Ижтимоий фанлар бўйича илмий ахборотлар ин-ти, хорижий тиллар ҳарбий ин-ти, Плеха-нов номидаги Иқтисодиёт ун-ти, Санкт-Петербург давлат ун-ти ва б. ўнлаб илмий, олий таълим муассасалари, академиялар ва ҳарбий академияларда Ҳиндистон бўйича кенг қам-ровли и.т. ишлари олиб борилди, улар юзасидан юзлаб рисолалар, илмий монографиялар, ўқув қўлланмалари, дарсликлар, маълумотномалар чоп этилди. Таниқли рус ҳиндшунос олимлари Г.М.Бонгард-Левин ва Г.Ф.Иль-ин томонидан «Қадимги Ҳиндистон» (1969), Ю.П.Насенконинг «Жавоҳар-лал Неру ва Ҳиндистон ташқи сиёса-ти» (1975), В.К.Плешаковнинг «Ҳин-дистонда демократия: маҳаллий ўз-ўзини бошқарув» (1992) китобларида Ҳ.нинг долзарб масалалари ёритиб берилди.
Москвада мунтазам равишда чоп этилаётган «Азия и Африка сегодня», «Восток», «Наука и религия», «Ми-ровая экономика и международнне отношения», «Индия» ойлик жур. ва «Вестник МГУ» илмий тўпламида Ҳ.ка тааллуқли таҳлилий материаллар чоп этиб келинмоқда. МДҲ миқёсида Ду-шанба ун-ти, Олмаота ун-ти, Боку ун-ти, Киев ун-ти, Қозоғистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Стратегик тадқиқотлар ин-ти ва б. илмий, ўқув муассасаларида Ҳ. бир маромда ривожланиб бормоқда. Ҳозирда Париж ун-ти ва унинг тасарруфидаги и.т. институтлари ва марказларида будда дини, Ҳ.нинг ички ва ташқи сиё-сати, давлат тузуми, фалсафаси ўқитилмоқда ва и.т.лар олиб борилмоқда. Буюк Британиянинг (Лондон ун-ти, Кембриж ун-ти, Сафикс ун-ти ва Оксфорд унтлари), Германиянинг (Гейдельберг Жан. Осиё ин-ти, Тю-бинген ун-ти, Мюнстер ун-ти, Бер-лин ун-ти ва Гамбург унти), Италиянинг (Милан унти) ун-тларида қад. Ҳиндистон, Венеция ун-тида эса ҳоз. Ҳиндистоннинг долзарб муаммолари юзасидан муайян ишлар амалга оширилди. Ҳ., шунингдек, Австриядаги Вена ун-тида, Болгариядаги София ун-тида, Польшадаги Краков ун-тларида, Норвегия, Руминия ва Испаниянинг олий таълим даргоҳларида ҳам ривожланиб бормокда. Ҳ. бўйича АҚШнинг Колумбия ун-ти, Беркли ун-ти, Чикаго ун-тларида, Япониянинг Токио ва Осака ун-тларида ҳам ривожланмокда. Ҳ., шунингдек, Мисрнинг Қоҳира ун-ти, Ливиянинг Бенғози ун-ти, Триполи ун-ти, ЖАРнинг Йоханнесбург ун-ти, Австралиянинг Сидней ун-ти, Туркиянинг истанбул ун-тида малакали ҳиндшунос мутахассислар тадқиқотлар олиб бормоқда.
Ўзбекистонда илмий Ҳ.нинг шакллана бошлаганига унча кўп вақт бўлгани йўқ. 1947 й. Тошкент Давлат ун-ти Шарқ факультетида ҳинд филологияси кафедраси очилди. Ўзбекистон ФА Шарқшунослик ин-тида 1950 й. хорижий шарқ мамлакатлари тарихи бўли-ми, 1957 й.да Ҳиндистон ва Покистон тарихи, иқтисоди ва маданияти сектори ташкил топди. Ўзбек шарқшунос-ҳиндшунос олимларидан А. Ўрин-боев («Абдураззоқ Самарқандийнинг Ҳиндистон сафарномаси»), С.Азимжонова («Кобул ва Ҳиндистонда Бобур давлати», «Ҳумоюннома»), И. Низо-миддинов («Ўрта Осиё ва Ҳиндистон маданий алоқалари тарихидан»), И.Ҳошимов («Ҳиндистонда бобурийлар сулоласи салтанати») ва б. Ҳин-дистон тарихига оид йирик тадқиқотларни амалга оширдилар.
Ўтган давр мобайнида ҳиндшунос олимларимиз томонидан 50 дан ортиқ илмий монография ва рисолалар чоп қилинди. Ушбу асарларни ёзишда олимларимиздан фан докторлари акад. С.Азимжонова, А.Ўринбоев, И.Низомиддинов, И.Ҳошимов, М.Кутина; фан номзодларидан А.Қосимов, У.Орипов, С.Тансиқбоева, Н.Муҳамедов, Л.Еремян, С.Ермакова, Д.Бекаева, Б.Обидов, М.Тошмуҳамедов, А.Саҳибоев ва б. тайёрлаб нашр этдилар. Бу тадқиқотлар Ҳиндистон тари-хи, ички ва ташқи сиёсати, мадания-ти, адабиёти, Ўзбекистон — Ҳиндистон алоқалари ва ҳ.к. масалаларга бағишланган бўлиб, Ҳиндистоннинг ўтмиши ва ҳоз. ҳаёти ҳақида муфассал маълумотлар беради. Ўзбекистонда ҳин-дий ва урду тилларини ўргатиш яхши йўлга қўйилган. 1990 й.дан алоҳида ин-т бўлиб ташкил топган Тошкент шарқшунослик ин-ти Жан. Осиё халқлари тиллари кафедрасида етук ҳинд-шунос мутахассислар талабаларга ҳин-дий, урду, панжоби, бенгал тилларидан сабоқ бермоқцалар. Шарқ мамлакатлари тарихи, адабиёти кафедраларида Ҳиндистон тарихи, адабиёти фанлари ўқитилади. Ушбу ин-тда фан докторларидан Т.Ғиёсов (тарих), О.Шоматов (филолог), фан номзодлари С. Ағзамо-ва, Ҳ. Бегизова, У.Муҳибова, Т.А.Хў-жаева, А.Иброҳимов, С.Йўлдошев каби мутахассислар дарс бериш билан бирга и.т. лар ҳам олиб бормоқдалар.
Ўзбекистон ҳиндшуносларининг номлари халқаро ва сиёсий доираларда яхши танилган ва улар Ҳиндистоннинг тарихи, ички ва ташқи сиёсати, сиёсий партиялари, дипломатияси, хотин-қизлар ҳаракати, фалсафаси, миллий-озодлик кураши, адабиёти, тиллари масалалари, Ўзбекистон — Ҳиндистон алоқалари, маданияти ва б. муҳим жиҳатларини чуқур тадқиқ этиб келмоқцалар. Т.Ғ.Ғиёсовнинг «Қа-димги Ҳиндистон тарихи» (2000), И.М.Ҳошимов ва М.М.Кутинанинг «Ҳиндистон Миллий Конгресси ва Ҳиндистонда минтақавий жамоат ташкилотларининг фаолияти» (1980), И.Ғ. Низомиддиновнинг «Бобурийлар давлати» (1983), С.М.Ағзамова, Б.Обидовнинг «Ҳозирги Ҳиндистон» (1991), О.Н.Шоматовнинг «Жанубий Осиё тилларига кириш» (2003) каби асарлари чоп этилди.
Ўзбекистонда Ҳ.ни ривожлантиришда, асосан, Ўзбекистон ФА Шарқшунослик ин-ти, Тошкент шарқшунослик ин-ти ва Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Стратегик ва минтақалараро тадқиқотлар ин-ти олимлари самарали фаолият кўрсатмоқда. Мамлакатда чоп этилаётган «Шарқшунослик», «Шарқ машъали», «Востоковедение», «Маяк Востока» илмий жур.ларида Ҳиндистоннинг турли жиҳатларини ёритувчи мақолалар бериб борилмоқда. Тошкентда «Ўзбекистонда — Ҳиндистон дўстлик жамияти» фаолият кўрсатмокда. Тагор, Премчанд, Кришан Чандр, Жафрий, Аҳмад Аббос ва б. ҳинд ёзувчи ва шоирларининг асарларини ўзбек тилига таржима қилиниб нашр этилиши ҳам республикада Ҳ.ни ривожлантиришга ҳисса бўлиб қўшилади.
Ад.: Библиография Иидии, М., 1976.
Бобир Ғиёсов.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.