Hisob foizi
Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 175-b. — ziyouz.com
Hisob foizi — 1) banklar vek-sel, kupon, aksiya, obligatsiya, boşqa turdagi qimmatli qoğozlarni va qarz majburiyatlarini ularning tölov muddatlari kelişiga qadar yoki amal qiliş muddatlari tamom bölişiga qadar sotib oliş (hisobga oliş)da avanslagan pul mablaglari uçun sotuvçidan undiradigan tölov. H.f. vek-sel (yoki boşqa qarz majburiyatlari) nominali bilan bank sotib olgan narx örtasidagi farqqa teng böladi; 2) bank tomonidan banklararo kredit berişda olinadigan ssuda, kredit foizi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ҲИСОБ ФОИЗИ — 1) банклар век-сель, купон, акция, облигация, бошқа турдаги қимматли қоғозларни ва қарз мажбуриятларини уларнинг тўлов муддатлари келишига қадар ёки амал қилиш муддатлари тамом бўлишига қадар сотиб олиш (ҳисобга олиш)да аванслаган пул маблаглари учун сотувчидан ундирадиган тўлов. Ҳ.ф. век-сель (ёки бошқа қарз мажбуриятлари) номинали билан банк сотиб олган нарх ўртасидаги фарққа тенг бўлади; 2) банк томонидан банклараро кредит беришда олинадиган ссуда, кредит фоизи.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.