Ibtidoiy jamiyat
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 35–38-b. — ziyouz.com
Ibtidoiy jamiyat - ibtidoiy odamlarning paydo bölişidan to davlat yuzaga kelguniga qadar bölgan davr. Jamoa bölib mehnat qiliş va jamoa bölib iste'mol qiliş I. j. ning öziga xos xususiyatidir. Eng oddiy mehnat qurollariga ega bölgan ibtidoiy odam yakka-yakka holda tabiat kuçlariga va hayvonlarga qarşi kuraşa olmas edi. Şuning uçun ibtidoiy odamlar jamoa ravişda mehnat qilib, öz mehnatlarining mahsulini teng taqsimlar edilar. I. j. iborasi juda buyuk kaş-fiyot hisoblanib, u birinçi navbatda eta. olim L. G. Morgan nomi b-n boğliq. L. G. Morgan özining «Qadimgi jamiyat» (1877) asarida juda boy etn. materiallarga asoslangan holda ilmiy olamda birinçi bölib, kişilik tarixining dastlabki sinfiy jamiyatga qadar bölgan davrini ikki bosqiçga bölgan: 1-bosqiçni «ibtidoiy tuda», 2-bosqiçni esa «ibtidoiy uruğçilik jamoasi» deb atadi. Ibtidoiy tuda bo-sqiçi öz mazmun va mohiyati b-n ilk ajdodlarimizning «hayvonot» olamidan ajralib insoniyat olamiga ötiş davri b-n xarakterlanadi. L. G. Morgan bu bosqiçni I. j. ga kiritmagan. Aslida I. j. uruğçilik jamoasini vujudga kelişi b-n boşlanadi. L. G. Morgan fikriga F. Engels va V. I. Leninpar qöşilsada, ammo ular uruğçilik jamoasi davrini «ibtidoiy kommuna», «qadimgi kommunizm» iboralari b-n almaştirib katta nazariy xatoga yöl qöyadilar. I. V. Smaşinning «Dialektik va tarixiy materializm haqida» asari paydo bölgaç, masala yanada çalkaşib ketdi. U I. j. tuşunçasiga kişilik tarixini ibtidoiy tuda bosqiçini ham qöşib yubordi. Stalinça konsepsiya keyinçalik sobiq sovet tarixşunosligida asosiy yöl-yöriq bölib qoldi. Aslida, tarixan birinçi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya — ibtidoiy uruğçilik jamoasi edi. U uruğ jamoalarining paydo bulişidan to birinçi sinfiy jamiyatning şakllanişiga qadar bölgan davrni öz içiga oladi. Ibtidoiy tuda davrida esa i. ç. ning özi bölmagan. Bu davr odamzodning uzok, davom etgan tadrijiy şakllaniş bo-sqiçi bölib, u haqiqatan I. j. ga ötiş davri hisoblanadi. L. G. Morgan öz vaqtida I. j. ni 2 bosqiçga bölgan: bi-rinçisini «ibtidoiy uruğçilik jamoasi», ikkinçisini esa «harbiy demokratiya bosqiçi» deb ataydi. 20-a. davomida etn. va arxeologiya sohalarida fan olamida qölga kiritilgan yutuqlar harbiy demokratiya davrini sinfsiz jamiyatdan birinçi sinfiy jamiyatga ötiş bosqiçi sifatida qaraşni, şuningdek, «ibtidoiy uruğçilik jamoasi» davrini ikki fazaga bölişlikni taqozo etadi. Ibtidoiy uruğ jamoasining har ikkala fazasi davomida inson hayotida juda katta sifat özgarişlari yuz berdi. Bu davrda dastlabki jamoa bölib yaşaş kurtagi paydo böldi. Bu kurtak uruğ jamoasining tarkib topişiga asos solgan onalar atrofida yuz berdi. Şuning uçun ham uruğçilik jamoasining bu ilk fazasi — ona uruği — matriarxat deb ataldi. Uruğçilikning birinçi tadrijiy rivojlaniş fazasida i. ç. munosabatlari tölaligiça uruğ manfaatiga mos tuşadi, jamoada ijtimoiy i. ç. hukmron. Endi ibtidoiy uruğçilik jamoasining ikkinçi fazasida i. ç. munosa-batlari asta-sekin uruğ manfaati do-irasidan çiqa boşlaydi. Bunday ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlar ibtidoiy jamoa xöjaligida dehqonçilik va çorvaçilikning kelib çiqişi rivojlanişi b-n, jamoada ortikça mahsulotning paydo bölişi va bozor munosabatlarining tarkib topişi b-n boğliq edi. Bu jarayonlar, albatta, i. ç. da erkaklar mehnatiga talabning or-tişi va uruğlararo guruxli nikohning buzilişi va uruğ jamoasidan taşkarida patriarxal juft oilaning qaror topişi b-n boğliq edi. Ibtidoiy uruğçilik jamoasi zamonida röy bergan bu özgarişlar matriarxal uruğ jamoasining patriarxal uruğ jamoasiga öz örnini böşatib berişiga olib keldi. Ota uruği (patriarxat) şakllandi. Jamoada erkaklar rolining kuçayişi tabiiy ravişda patriarxal juft oilani keltirib çiqardi. Patriarxal uruğ jamoasidagi juft oila nikohi va uning tarkibida monogam nikoh tizimining karor topişiga olib keldi. Ilk uruğçilik jamoasi davrida odamzod birinçi bor amaliy san'atni kaşf etdi, ya'ni san'at dastlab ayol haykallarini yasaşdan, birinçi navbatda, homilador ayol tasvirini işlaşdan boşlandi. Bu davrning boşqa bir buyuk özgarişi odamzodning biologik jismoniy tuzilişida röy berdi, ya'ni yevropeoid, negroid va mongoloid irklar şakllandi va, nihoyat, eng qad. ajdodlarimiz tabiiy ğordan çiqib, ma'lum mintaqalarda özlari uçun kulba yasaş yulini kaşf etdilar. Ibtidoiy ajdodlarimiz hayotidagi bu inqilobiy özgarişlar ona uruği — matriarxatning dastlabki ming yilliklari davomida, ya'ni mil. av. 40— 30ming yilliklarda sodir böldi. Ibtidoiy tuda davrida ilk ajdodlarimiz örtasida biologik aloqalar çeklanmagan, tartibsiz holda yuz bergan bölsa, ibtidoiy uruğçilik jamoasi tarkib topişi b-n odamlar örtasidagi biologik aloqalar ma'lum tartibga tuşdi, ya'ni biologik aloqalar endi ikki uruğ jamoasi a'zolari örtasida sodir böladigan böldi. Bu nikoh tartibi guruxli nikohdeb yuritildi. Key-inroq, ona uruği davrining sönggi fazasida ana şu guruxli nikoh doirasida ayollar farzandlarining otalaridan öz urugi uçun işlab berişni, öz uruği yumuşlariga yordam berişni talab kila boşlaydilar. Bu talablar, albatta, iqtisodiy muammolar b-n boğliq bölib, ona uruği jamoasi zaminida matriarxal juft oilani rasmiylaşi-şiga olib keldi. Onalar, endi, uz farzandlariga uz otasini taniştira boradi. Uzok, davom etgan bu nikohtarti-bi va axloq normalari ona uruği doirasida erkaklar rolining kuçayişiga olib keldi. Iqtisodiy hayot taşvişlari endi erlar qölida jamlandi. Erkaklar iqtisodiy xujalik jilovini uz qöllariga oladilar va ularning farzandlari oldidagi nufuzi ortib boradi. Ibtidoiy uruğçilik jamoasining ikkinçi fazasida uruğ jamoalari xöjaligida qöşimça daromad paydo böladi, u esa, öz navbatida, mol ayirboşlaşni keltirib çikaradi. Ana şu davrdan boşlab uruğlarning qabilalarga birlaşişi boşlanadi. Qabilalararo iqtisodiy aloqalar vujudga keladi va ularning oqibat natijasi sifatida kişilik tarixida harbiy demokratiya davri boşlandi. Bu inqilobiy özgarişlar otalar uruği (patriarxat) ga xos bulib, ular ibtidoiy urugçilik jamoasi zaminida dehqonçilik va çorvaçilikning kaşf etilişi b-n boğliq edi.
Arxeologik jihatdan ilk va urta paleolit davriga muvofiq keluvçi ibtidoiy tuda davrida yaşagan ajdodlarimizning odamsimon maymun podalariga xos xatti-harakatlari, ularni fan olamida eng oliy tipdagi odamsimon maymunlardan tarqalgan, degan tasavvurni keltirib çiqardi. Aslida, heç bir odamsimon maymunlardan (şimpanze, gibbon, orangutan, goril-lalardan) odam tarqalmagan. Odamzotning eng ilk ajdodlari özlarining oziq tişlaridagi naqşlari va boş miyasining maymun boş miyasidan kattaligi b-n farqqiluvçi maymunsimon odam ajdodi (Goranna driopiteki) dan tarqalgan. Bu tipdagi odamzot ajdodlarining qoldiqlari Jan. Afri-kada zinjantrop, Indoneziyaning Yava o. da pitekantrop, Xitoyda sinantrop, Özbekistonda fergantrop, Germaniyada neandertallar nomlari ostida to-pib örganildi. Fan olamining xulo-sasiga köra, ular to «aqlli odam» («homo sapiens) holatiga kelguniga qadar (mil. av. 40—35 ming yillikka qadar) özining tadrijiy şakllaniş taraqqiyot yölini bosib ötgan. Ular eng oddiy toş qurollardan va olovdan foydalanişni örgandilar. Madaniyatning dastlabki kurtaklari vujudga keldi, ma'noli nutq paydo böldi. Inson asta-sekin biologik jihatdan takomillaşa bordi, eng ibtidoiy (pitekantrop, sinantrop va neandertal va b.) tipdan yuksak taraqqiy etgan va mehnat qiliş qobiliyatiga ega bölgan odam darajasiga yetdi. Avvalo mehnat, söngra sözlaş ikkita eng muhim sabab böldiki, bu sabablar ta'siri ostida eng ilk ajdodlarimizning miyasi sekin-asta aklli odam miyasiga aylandi. Ilk va örta paleolitdan uning sönggi bosqiçiga ötiş davrida toş qurollarni yasaşda, ovçilikda ança yutuqlarga erişildi. Ibtidoiy tödadan sönggi paleolitga ötiş davrida ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasi ança özgardi va taraqqiy etdi. Örta Osiyoda, jumladan, Özbekistonda I. j. ning har bir davriga mansub mehnat qurollari Farğona vodiysidagi Selungur goroda va b. joylarda topildi. Arxeolog A. P. Okladnikov tomonidan 1938— 39 y. larda tekşirilgan Teşiktoş tri yodgorliklari ham mazkur davrning mustye bosqiçiga mansubdir.
Sönggi paleolit davrida suyak va şoxdan yasalgan buyumlar — igna, bigiz, qarmoq, kamon öqi, turli xil bezaklar va h. k. keng qöllanilgan. Bu davrda parma ham paydo böldi. Ibtidoiy tuda örnini ijtimoiy jamoaning ança mukammallaşgan şakli — ona uruği jamoasi (matriarxat) oldi. Bir uruğ içida nikoh qiliş man etildi, natijada ibtidoiy odamlarning jamoa bölib uyuşişi kuçaydi. Arxeologik jihatdan sönggi paleolit, mezolit va neolit davriga muvofiq ke-luvçi matriarxat davrida uruğçilik jamoasi ança uyuşqoq ijtimoiy-iqtisodiy kurtak bölib, kişilar bir-galikda mahsulot tayyorlar va iste'mol qilar edi. Ular ovçilik, baliqçilik b-n şuğullanganlar, keyinçalik esa motiga b-n yer haydab, dehqonçilik qilib va uy hayvonlarini boqib, tirikçilik ötkazişgan. Matriarxatning rivojlangan davrida mehnat taqsimoti tufayli xöjalikda va jamiyatda ayollar muhim rol öynay boşladi. Ibtidoiy guruh-guruh oiladan alohida xöjalikka ega bölmagan beqaror juftjuft oilaga utildi. Matriarxat davrida qişki turar joy, kiyim va bezaklar, qurolning murakkab turlari (öq yey, yelmiltiq va b.), terini qayta işlaş, mato töqiş, kulolçilik, tasviriy san'at va din vujudga kela boşladi. Bu davrning sönggi bosqiçida et-nik birlik — qabila tarkib topdi. Örta Osiyoda şu davrga oid kup yodgorliklar topilgan (mas, Joytun mada-niyati, Kaltaminor madaniyati).
Neolitning sönggi bosqiçi va jez davrining boşlarida ona urugçilik jamoasining işlab çiqaruvçi kuçlari taraqqiyotida katta özgarişlar rui berdi. Çorvaçilik, omoç b-n yer haydaş, baliq tutiş, metallni oddiy usulda qayta işlaş yuzaga keldi. Natijada ayollarning xujalik yuritişdagi roli pasayib, erkaklarning roli oşdi. Kişilar tabiat kuçlariga qarşi kuraşiş uçun turli qurollardan foydalandilar. Erkaklar özlari topgan boyliklarini umumiy jamoaga emas, öz bolalariga berişga intildilar. Şu tariqa matriarxatdan patriarxat davriga ötildi, uruğçilik oilalariga ota boşçilik qiladigan böldi. Ota uruği asosida katta patriarxal oilalar taşkil topdi. Patriarxal oilada uruğçilik tuzumining kurtagi saqlangan bölsada, uning yemirilayotgani sezilib turardi. Barqaror nikoh vujudga kelişi b-n ayol kişi erkak turgan joyga borib yaşaydigan böldi. Bolalar ota ismining va mulkining merosxöri böldilar, uyda ota hukmronligi yuzaga keldi. I. ç. kuçlarning ösi-şi, ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanişi xususiy xöjalikning paydo bölişiga, uruğning yemirili-şiga, öziga töq yuqori tabaqaning ajralib çiqişiga olib keldi, bu tabaqa dastlab harbiy asirlar, söng qaşşoqlaşgan qabiladoşlarini qullarga aylantirdi. Qabilalararo xöjalik va madaniy aloqalarning rivoji tufayli etnik birlikning yangi şakli — elat vujudga keldi. Natijada sinflar va davlatlar paydo böldi. Uruğqabila boşliqlaridan davlat hokimiyati taşkil topa boşladi. Jez davrida Özbekiston hududida suğorma dehqonçilik rivojlana boşladi. Bu davrga oid ar-xeologik topilmalar moddiymadaniy belgilari va etn. xususiyatlariga karab köpgina arxeologik madaniyat ismlari b-n ataladi (mas, Amirobod madaniyati, Sopollitepa madaniyati, Zamonbobo madaniyati, Suvyorgan madaniyati, Tozaboğyop madaniyati, Çuyet madaniyati va b.) Örta Osiyo hududidagi jez davri yodgorliklarining juda boy majmuasi vohalarda iqtisod va madaniyat taraqqiy etganidan bu yerda qadim davrlar-dayoq sinfiy jamiyat tuğila boşlaganidan dalolat beradi.
Ad.: Morgan L. G., Drevneye obşestvo, London, 1877; Engels F., Oila, xususiy mulk va davlatning kelib çiqişi, T., 1967; Perşits A. I. i dr., Istoriya pervobitnogo obşestva, M., 1968; Askarov A., Özbekiston tarixi, T., 1994.
Ahmadali Asqarov.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ИБТИДОИЙ ЖАМИЯТ - ибтидоий одамларнинг пайдо бўлишидан то давлат юзага келгунига қадар бўлган давр. Жамоа бўлиб меҳнат қилиш ва жамоа бўлиб истеъмол қилиш И. ж. нинг ўзига хос хусусиятидир. Энг оддий меҳнат қуролларига эга бўлган ибтидоий одам якка-якка ҳолда табиат кучларига ва ҳайвонларга қарши кураша олмас эди. Шунинг учун ибтидоий одамлар жамоа равишда меҳнат қилиб, ўз меҳнатларининг маҳсулини тенг тақсимлар эдилар. И. ж. ибораси жуда буюк каш-фиёт ҳисобланиб, у биринчи навбатда эта. олим Л. Г. Морган номи б-н боғлиқ. Л. Г. Морган ўзининг «Қадимги жамият» (1877) асарида жуда бой этн. материалларга асосланган ҳолда илмий оламда биринчи бўлиб, кишилик тарихининг дастлабки синфий жамиятга қадар бўлган даврини икки босқичга бўлган: 1-босқични «ибтидоий туда», 2-босқични эса «ибтидоий уруғчилик жамоаси» деб атади. Ибтидоий туда бо-сқичи ўз мазмун ва моҳияти б-н илк аждодларимизнинг «ҳайвонот» оламидан ажралиб инсоният оламига ўтиш даври б-н характерланади. Л. Г. Морган бу босқични И. ж. га киритмаган. Аслида И. ж. уруғчилик жамоасини вужудга келиши б-н бошланади. Л. Г. Морган фикрига Ф. Энгельс ва В. И. Ленинпар қўшилсада, аммо улар уруғчилик жамоаси даврини «ибтидоий коммуна», «қадимги коммунизм» иборалари б-н алмаштириб катта назарий хатога йўл қўядилар. И. В. Cмашиннинг «Диалектик ва тарихий материализм ҳақида» асари пайдо бўлгач, масала янада чалкашиб кетди. У И. ж. тушунчасига кишилик тарихини ибтидоий туда босқичини ҳам қўшиб юборди. Сталинча концепция кейинчалик собиқ совет тарихшунослигида асосий йўл-йўриқ бўлиб қолди. Аслида, тарихан биринчи ижтимоий-иқтисодий формация — ибтидоий уруғчилик жамоаси эди. У уруғ жамоаларининг пайдо булишидан то биринчи синфий жамиятнинг шаклланишига қадар бўлган даврни ўз ичига олади. Ибтидоий туда даврида эса и. ч. нинг ўзи бўлмаган. Бу давр одамзоднинг узок, давом этган тадрижий шаклланиш бо-сқичи бўлиб, у ҳақиқатан И. ж. га ўтиш даври ҳисобланади. Л. Г. Морган ўз вақтида И. ж. ни 2 босқичга бўлган: би-ринчисини «ибтидоий уруғчилик жамоаси», иккинчисини эса «ҳарбий демократия босқичи» деб атайди. 20-а. давомида этн. ва археология соҳаларида фан оламида қўлга киритилган ютуқлар ҳарбий демократия даврини синфсиз жамиятдан биринчи синфий жамиятга ўтиш босқичи сифатида қарашни, шунингдек, «ибтидоий уруғчилик жамоаси» даврини икки фазага бўлишликни тақозо этади. Ибтидоий уруғ жамоасининг ҳар иккала фазаси давомида инсон ҳаётида жуда катта сифат ўзгаришлари юз берди. Бу даврда дастлабки жамоа бўлиб яшаш куртаги пайдо бўлди. Бу куртак уруғ жамоасининг таркиб топишига асос солган оналар атрофида юз берди. Шунинг учун ҳам уруғчилик жамоасининг бу илк фазаси — она уруғи — матриархат деб аталди. Уруғчиликнинг биринчи тадрижий ривожланиш фазасида и. ч. муносабатлари тўлалигича уруғ манфаатига мос тушади, жамоада ижтимоий и. ч. ҳукмрон. Энди ибтидоий уруғчилик жамоасининг иккинчи фазасида и. ч. муноса-батлари аста-секин уруғ манфаати до-ирасидан чиқа бошлайди. Бундай ижтимоий-иқтисодий ўзгаришлар ибтидоий жамоа хўжалигида деҳқончилик ва чорвачиликнинг келиб чиқиши ривожланиши б-н, жамоада ортикча маҳсулотнинг пайдо бўлиши ва бозор муносабатларининг таркиб топиши б-н боғлиқ эди. Бу жараёнлар, албатта, и. ч. да эркаклар меҳнатига талабнинг ор-тиши ва уруғлараро гурухли никоҳнинг бузилиши ва уруғ жамоасидан ташкарида патриархал жуфт оиланинг қарор топиши б-н боғлиқ эди. Ибтидоий уруғчилик жамоаси замонида рўй берган бу ўзгаришлар матриархал уруғ жамоасининг патриархал уруғ жамоасига ўз ўрнини бўшатиб беришига олиб келди. Ота уруғи (патриархат) шаклланди. Жамоада эркаклар ролининг кучайиши табиий равишда патриархал жуфт оилани келтириб чиқарди. Патриархал уруғ жамоасидаги жуфт оила никоҳи ва унинг таркибида моногам никоҳ тизимининг карор топишига олиб келди. Илк уруғчилик жамоаси даврида одамзод биринчи бор амалий санъатни кашф этди, яъни санъат дастлаб аёл ҳайкалларини ясашдан, биринчи навбатда, ҳомиладор аёл тасвирини ишлашдан бошланди. Бу даврнинг бошқа бир буюк ўзгариши одамзоднинг биологик жисмоний тузилишида рўй берди, яъни европеоид, негроид ва монголоид ирклар шаклланди ва, ниҳоят, энг қад. аждодларимиз табиий ғордан чиқиб, маълум минтақаларда ўзлари учун кулба ясаш йулини кашф этдилар. Ибтидоий аждодларимиз ҳаётидаги бу инқилобий ўзгаришлар она уруғи — матриархатнинг дастлабки минг йилликлари давомида, яъни мил. ав. 40— 30минг йилликларда содир бўлди. Ибтидоий туда даврида илк аждодларимиз ўртасида биологик алоқалар чекланмаган, тартибсиз ҳолда юз берган бўлса, ибтидоий уруғчилик жамоаси таркиб топиши б-н одамлар ўртасидаги биологик алоқалар маълум тартибга тушди, яъни биологик алоқалар энди икки уруғ жамоаси аъзолари ўртасида содир бўладиган бўлди. Бу никоҳ тартиби гурухли никоҳдеб юритилди. Кей-инроқ, она уруғи даврининг сўнгги фазасида ана шу гурухли никоҳ доирасида аёллар фарзандларининг оталаридан ўз уруги учун ишлаб беришни, ўз уруғи юмушларига ёрдам беришни талаб кила бошлайдилар. Бу талаблар, албатта, иқтисодий муаммолар б-н боғлиқ бўлиб, она уруғи жамоаси заминида матриархал жуфт оилани расмийлаши-шига олиб келди. Оналар, энди, уз фарзандларига уз отасини таништира боради. Узок, давом этган бу никоҳтарти-би ва ахлоқ нормалари она уруғи доирасида эркаклар ролининг кучайишига олиб келди. Иқтисодий ҳаёт ташвишлари энди эрлар қўлида жамланди. Эркаклар иқтисодий хужалик жиловини уз қўлларига оладилар ва уларнинг фарзандлари олдидаги нуфузи ортиб боради. Ибтидоий уруғчилик жамоасининг иккинчи фазасида уруғ жамоалари хўжалигида қўшимча даромад пайдо бўлади, у эса, ўз навбатида, мол айирбошлашни келтириб чикаради. Ана шу даврдан бошлаб уруғларнинг қабилаларга бирлашиши бошланади. Қабилалараро иқтисодий алоқалар вужудга келади ва уларнинг оқибат натижаси сифатида кишилик тарихида ҳарбий демократия даври бошланди. Бу инқилобий ўзгаришлар оталар уруғи (патриархат) га хос булиб, улар ибтидоий уругчилик жамоаси заминида деҳқончилик ва чорвачиликнинг кашф этилиши б-н боғлиқ эди.
Археологик жиҳатдан илк ва урта палеолит даврига мувофиқ келувчи ибтидоий туда даврида яшаган аждодларимизнинг одамсимон маймун подаларига хос хатти-ҳаракатлари, уларни фан оламида энг олий типдаги одамсимон маймунлардан тарқалган, деган тасаввурни келтириб чиқарди. Аслида, ҳеч бир одамсимон маймунлардан (шимпанзе, гиббон, орангутан, горил-лалардан) одам тарқалмаган. Одамзотнинг энг илк аждодлари ўзларининг озиқ тишларидаги нақшлари ва бош миясининг маймун бош миясидан катталиги б-н фарққилувчи маймунсимон одам аждоди (Горанна дриопитеки) дан тарқалган. Бу типдаги одамзот аждодларининг қолдиқлари Жан. Афри-када зинжантроп, Индонезиянинг Ява о. да питекантроп, Хитойда синантроп, Ўзбекистонда фергантроп, Германияда неандерталлар номлари остида то-пиб ўрганилди. Фан оламининг хуло-сасига кўра, улар то «ақлли одам» («homo sapiens) ҳолатига келгунига қадар (мил. ав. 40—35 минг йилликка қадар) ўзининг тадрижий шаклланиш тараққиёт йўлини босиб ўтган. Улар энг оддий тош қуроллардан ва оловдан фойдаланишни ўргандилар. Маданиятнинг дастлабки куртаклари вужудга келди, маъноли нутқ пайдо бўлди. Инсон аста-секин биологик жиҳатдан такомиллаша борди, энг ибтидоий (питекантроп, синантроп ва неандертал ва б.) типдан юксак тараққий этган ва меҳнат қилиш қобилиятига эга бўлган одам даражасига етди. Аввало меҳнат, сўнгра сўзлаш иккита энг муҳим сабаб бўлдики, бу сабаблар таъсири остида энг илк аждодларимизнинг мияси секин-аста аклли одам миясига айланди. Илк ва ўрта палеолитдан унинг сўнгги босқичига ўтиш даврида тош қуролларни ясашда, овчиликда анча ютуқларга эришилди. Ибтидоий тўдадан сўнгги палеолитга ўтиш даврида ижтимоий муносабатлар ва одам қиёфаси анча ўзгарди ва тараққий этди. Ўрта Осиёда, жумладан, Ўзбекистонда И. ж. нинг ҳар бир даврига мансуб меҳнат қуроллари Фарғона водийсидаги Селунгур города ва б. жойларда топилди. Археолог А. П. Окладников томонидан 1938— 39 й. ларда текширилган Тешиктош три ёдгорликлари ҳам мазкур даврнинг мустье босқичига мансубдир.
Сўнгги палеолит даврида суяк ва шохдан ясалган буюмлар — игна, бигиз, қармоқ, камон ўқи, турли хил безаклар ва ҳ. к. кенг қўлланилган. Бу даврда парма ҳам пайдо бўлди. Ибтидоий туда ўрнини ижтимоий жамоанинг анча мукаммаллашган шакли — она уруғи жамоаси (матриархат) олди. Бир уруғ ичида никоҳ қилиш ман этилди, натижада ибтидоий одамларнинг жамоа бўлиб уюшиши кучайди. Археологик жиҳатдан сўнгги палеолит, мезолит ва неолит даврига мувофиқ ке-лувчи матриархат даврида уруғчилик жамоаси анча уюшқоқ ижтимоий-иқтисодий куртак бўлиб, кишилар бир-галикда маҳсулот тайёрлар ва истеъмол қилар эди. Улар овчилик, балиқчилик б-н шуғулланганлар, кейинчалик эса мотига б-н ер ҳайдаб, деҳқончилик қилиб ва уй ҳайвонларини боқиб, тирикчилик ўтказишган. Матриархатнинг ривожланган даврида меҳнат тақсимоти туфайли хўжаликда ва жамиятда аёллар муҳим роль ўйнай бошлади. Ибтидоий гуруҳ-гуруҳ оиладан алоҳида хўжаликка эга бўлмаган беқарор жуфтжуфт оилага утилди. Матриархат даврида қишки турар жой, кийим ва безаклар, қуролнинг мураккаб турлари (ўқ ей, елмилтиқ ва б.), терини қайта ишлаш, мато тўқиш, кулолчилик, тасвирий санъат ва дин вужудга кела бошлади. Бу даврнинг сўнгги босқичида эт-ник бирлик — қабила таркиб топди. Ўрта Осиёда шу даврга оид куп ёдгорликлар топилган (мас, Жойтун мада-нияти, Калтаминор маданияти).
Неолитнинг сўнгги босқичи ва жез даврининг бошларида она уругчилик жамоасининг ишлаб чиқарувчи кучлари тараққиётида катта ўзгаришлар руи берди. Чорвачилик, омоч б-н ер ҳайдаш, балиқ тутиш, металлни оддий усулда қайта ишлаш юзага келди. Натижада аёлларнинг хужалик юритишдаги роли пасайиб, эркакларнинг роли ошди. Кишилар табиат кучларига қарши курашиш учун турли қуроллардан фойдаландилар. Эркаклар ўзлари топган бойликларини умумий жамоага эмас, ўз болаларига беришга интилдилар. Шу тариқа матриархатдан патриархат даврига ўтилди, уруғчилик оилаларига ота бошчилик қиладиган бўлди. Ота уруғи асосида катта патриархал оилалар ташкил топди. Патриархал оилада уруғчилик тузумининг куртаги сақланган бўлсада, унинг емирилаётгани сезилиб турарди. Барқарор никоҳ вужудга келиши б-н аёл киши эркак турган жойга бориб яшайдиган бўлди. Болалар ота исмининг ва мулкининг меросхўри бўлдилар, уйда ота ҳукмронлиги юзага келди. И. ч. кучларнинг ўси-ши, ижтимоий меҳнат тақсимотининг ривожланиши хусусий хўжаликнинг пайдо бўлишига, уруғнинг емирили-шига, ўзига тўқ юқори табақанинг ажралиб чиқишига олиб келди, бу табақа дастлаб ҳарбий асирлар, сўнг қашшоқлашган қабиладошларини қулларга айлантирди. Қабилалараро хўжалик ва маданий алоқаларнинг ривожи туфайли этник бирликнинг янги шакли — элат вужудга келди. Натижада синфлар ва давлатлар пайдо бўлди. Уруғқабила бошлиқларидан давлат ҳокимияти ташкил топа бошлади. Жез даврида Ўзбекистон ҳудудида суғорма деҳқончилик ривожлана бошлади. Бу даврга оид ар-хеологик топилмалар моддиймаданий белгилари ва этн. хусусиятларига караб кўпгина археологик маданият исмлари б-н аталади (мас, Амиробод маданияти, Сополлитепа маданияти, Замонбобо маданияти, Сувёрган маданияти, Тозабоғёп маданияти, Чует маданияти ва б.) Ўрта Осиё ҳудудидаги жез даври ёдгорликларининг жуда бой мажмуаси воҳаларда иқтисод ва маданият тараққий этганидан бу ерда қадим даврлар-даёқ синфий жамият туғила бошлаганидан далолат беради.
Ад.: Морган Л. Г., Древнее обшество, Лондон, 1877; Энгельс Ф., Оила, хусусий мулк ва давлатнинг келиб чиқиши, Т., 1967; Першиц А. И. и др., История первобытного обшества, М., 1968; Аскаров А., Ўзбекистон тарихи, Т., 1994.
Аҳмадали Асқаров.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.