Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Içki energiya

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 421-b. — ziyouz.com

    Içki energiya — jismning faqat içki holatiga boğliq bölgan energiya; jismni taşkil etuvçi molekulalarining xaotik (tartibsiz) ilgarilanma va aylanma harakat kinetik energiyalari b-n molekulalarning özaro ta'sirlaşişi natijasida vujudga kelgan potensial energiyalari hamda mo-lekulalardagi atomlarning xaotik teb-ranma harakat kinetik va potensial energiyalarining umumiy yiğindisiga teng. Jismlar sistemasining I.e.si har bir jismning alohida olingandagi I.e.lari yiğindisi b-n jismlar orasidagi özaro ta'sir energiyasining yiğindisidan iborat.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ИЧКИ ЭНЕРГИЯ — жисмнинг фақат ички ҳолатига боғлиқ бўлган энергия; жисмни ташкил этувчи молекулаларининг хаотик (тартибсиз) илгариланма ва айланма ҳаракат кинетик энергиялари б-н молекулаларнинг ўзаро таъсирлашиши натижасида вужудга келган потенциал энергиялари ҳамда мо-лекулалардаги атомларнинг хаотик теб-ранма ҳаракат кинетик ва потенциал энергияларининг умумий йиғиндисига тенг. Жисмлар системасининг И.э.си ҳар бир жисмнинг алоҳида олингандаги И.э.лари йиғиндиси б-н жисмлар орасидаги ўзаро таъсир энергиясининг йиғиндисидан иборат.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.