Asosiy mazmunga ötiş

Nima yangi v1.6.4 · 25-oktabr

Hamma versiyalar →
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ikkinçi jahon uruşi

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 96–102-b. — ziyouz.com

    Ikkinçi jahon uruşi (1939— 45) — Germaniya, Italiya va Yaponiyaning aybi b-n boşlangan jahon tarixidagi eng yirik uruş. 20-a. fojiasi sifatida insoniyat tarixiga kirdi. Bu uruşning kelib çiqişida asosiy rolni faşistlar Germaniyasi öynadi. Ğarb mamlakatlari (Angliya, Fransiya, AQŞ) hukmron doiralarining «keliştiriş» siyosati Avstriyani (1939 y. mart), Çexoslovakiyani (1939 y. mart) Germaniyaga qöşib olinişiga va Myunxen bitimiga (1939 y. sent.) yöl oçib berdi. I.j.u.ning boşlanişida SSSRning ham aybi bor. 1939 y. 23 av-g.da SSSR b-n Germaniya örtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik töğrisida şartnoma imzolandi. Bu şartnomaning maxfiy qöşimça ahdnomasiga muvofiq, Germaniya va SSSR Şarqiy Yevropada özlarining ta'sir doiralarini bölib oldilar. Har ikki mamlakat manfaatlari, avvalo, Polşa davlati b-n boğliq edi. Sovet tomoni Ğarbiy Ukraina, Ğarbiy Belorussiya va Bessarabiya (1921 y.da boy berilgan) hududlarini qaytarib olmoqçi edi. Şuningdek, Germaniya Boltiqböyi mamlakatlariga da'vo qilişdan qam voz keçdi.

    Germaniya b-n SSSR şartnomaga muvofik, Polilaga bir vaqtda qöşin kiritişlari kerak edi. SSSR bu majburiyatni bajarmadi. 1939 y. 1 sent.da Germaniyaning bir özi Polşaga bostirib kirdi va I.j.u.ni boşlab berdi. 3 sent.da Angliya va Fransiya Germaniyaga qarşi uruş e'lon qildi. SSSR 1939 i. 17 sent.da Polşa hudu-diga qöşin kiritdi. Köp ötmay Brestda nemis qömondoni T. Guderian va sovet generali S. M. Krivoşeiy qömondonligida Polşaning bölib olinişi munosabati b-n qöşma sovet-german paradi ötkazildi.

    SSSR I.j.u. bahonasida öz hududlarini kengaytiriş va çegaralarini mustahkamlaşga kirişdi. 1939 y. ZOnoyab.- 1940 y. martda SSSR b-n Finlyandiya örtasida harbiy töqnaşuv böldi. Bundan SSSR manfaatdor edi. Özaro uruş natijasida SSSR Fin-lyandiyaning bir qator hududlarini (Leningradga çegaradoş yerlar) tortib olib, şim.- ğarbiy çegaralarini mus-tahkamlab oldi. 1940 y. yozida SSSR ning rasmiy talabi b-n Ruminiya Bessarabiya va Şim. Bukovinani sovetlarga berişga majbur böldi. 1940 y. iyunda Estoniya, Latviya va Litva sovet qöşinlari tomonidan bosib olinib SSSRga kiritildi.

    1940 y. apr.mayda nemisfaşist qöşinlari Daniya va Norvegiyani is-tilo qildi, 1940 y. 14 mayda — Niderlandiya, 28mayda — Belgiya taslim böldi. Şundan söng faşist qöşinlari Lyuksemburg va Gollandi-yani bosib olib, ular hududi orqali Fransiyaga (22 iyunda taslim böldi) bostirib kirdi.

    Sovet hukumati faşistlar Germani-yasini Yevropaning navbatdagi poytax-tini bosib olişi munosabati b-n tabriklab bordi. Internatsionalning di-rektivalarida faşizmga qarşi tarğibotni töxtatiş haqidagi talablar paydo böldi. 1940 y. 27 sent.da Germaniya, Italiya va Yaponiya davlatlari Berlinda «uçlar ittifoqi»ni tuziş haqidagi şartnomaga imzo çekişdi. 1940 y. 28 okt.da faşistlar Italiyasi Gretsiyaga bostirib kirdi. 1940 y. 20—24 noyab.da Vengriya, Ruminiya va Slovakiya «uçlar ittifoqi»ga qöşildi. 1941 y. martda esa Bolgariyaning monarxiyafaşistik hukumati ham bu it-tifoq safiga köşilişga rozilik bildirdi.

    1940 y. 18 dek.da Gitler SSSRga qarşi uruş haqidagi 21sonli direkti-vasi «Barbarossa» rejasiga imzo çekdi. Faşistlar Germaniyasi SSSRga qarşi uruş boşlaşdan oldin 1941 i. 6—17 apr.da Yugoslaviyani bosib oldi. Şu yilning 13 apr.da SSSR Yaponiya b-n betaraflik haqida kelişib oldi. 1941 y. 20 may — 1 iyunda faşistlar Germaniyasi Krit o.ni egalladi. 18 iyunda esa hujum qilmaslik va hamkorlik haqida Germaniya — Turkiya şartnomasi imzolandi.

    1941 y. 22 iyunda faşistlar Germaniyasi SSSRga qöqqisdan hujum boşladi. Vengriya, Ruminiya, Finlyandiya, Italiya uning tomonida turib uruşga kirdi. Şu kuni Angliya hukumati SSSRni Germaniyaga qarşi uruşda qöllab-quvvatlaşini ma'lum qildi. 24 iyunda F. Ruzvelt AQŞ xukumati SSSRga yordam berişga tayyor ekanligini bildirdi. SSSR Germaniyaga qarşi uruşning 1-davri (1941 y. iyun — 1941 y. noyab.) da, asosan, mudofaa xarakteridagi janglar olib bordi.

    Faşistlar Germaniyasi va ittifoqçilarining tajovuzkorona harakatining tobora avj olişi jahon mamlakatlarini taşvişga soldi. 1941 y. yozida faşistlar Germaniyasiga qarşi koalitsiya tuziş yölida dastlabki qadam qöyildi. 1941 y. 12 iyulda SSSR na Buyuk Britaniya hukumatlari faşistlar Germaniyasiga karşi uruşda birgalikda harakat qiliş haqida ksli-şib olişdi. 1941 y. 24 sent.da Ş. ls Goll boşçiligida Ozod Fransiya (1942 y. iyuldan Kuraşayotgan Fransiya) milliy qömitasi tuzilib, faşizmga karşi kuraş boşladi. 1941 y. 5 dek.da nemisfaşist qöşinlarining Moskva jangitsagi mağlubiyati Gitlerning «yaşin tezligidagi uruş» deb atalmiş rejasini puçga çiqardi va natijada unga karşi uruşga kirgan mamlakatlar soni ortdi.

    1941 y. 7 dek.da Yaponiya Pyorl-Xarborga hujum qiliş b-n Buyuk Britaniya va AQŞga qarşi uruşni boşlab yubordi. 8 dek.da AQŞ, Buyuk Britaniya va b. mamlakatlar Yaponiyaga, 11 dek.da esa Germaniya va Italiya — AQŞ ga, şu kuni AQŞ faşistlar Germaniyasi va Italiyaga qarşi uruş e'lon qildi.

    1941 y. oxiri — 1942 y. boşida Yaponiya Malayziya, Indoneziya, Filippin, Birmani bosib olib, Avstrali-yaga tavdid sola boşladi. Şarqiy frontda esa nemisfaşist qöşinlari yozgi hujumlar natijasida Kavkaz bösağasiga, Volga böyiga yetib keldi.

    1942 y. 1 yanv.da Vaşingtonda 26 davlat iştirokida faşizmga karşi ku-raşuvçi davlatlarning harbiy itti-foqi tuzilib, Deklaratsiya qabul qilindi. 1942 y. 26 mayda SSSR va Buyuk Britaniya örtasida faşistlar Germaniyasi va uning Yevropadagi tarafdorlariga qarşi uruşda ittifoqçi böliş va uruşdan keyin özaro yordam va hamkorlik qiliş haqida şar-tnoma imzolandi. 1942 y. yoziga kelib antigitlerçi davlatlar soni yanada ortdi. 1 iyunda Meksika Germaniya, Italiya va Yaponiyaga, 22 avg.da Braziliya Germaniya va Italiyaga, 14 dek.da Efiopiya — Germaniya, Italiya va Yaponiyaga qarşi uruş e'lon qildi. Şarqda esa yapon militaristlari Gollandiya Hindistonini (12 mart), Filippin o.larini (9 iyun) qölga kiritdi.

    Sovet qöşinlari uruşning 2-davri (1942 y. noyab.— 1943 y. oxiri) da Stalingrad jangi va Kursk jangilagm ğalabalari natijasida Germaniya qö-tpnlari qömondonligi strategik ta-şabbusnp butunlay qöldan çiqardi. SSSRda na b. hududlarda qarşilik körsatiş harakati avj oldi. 1943 y. 13 yanv.da Gitler uruşda taşabbusni yana qölga oliş maqsadida ommaviy safarbarlik e'lon qildi, lekin şunga qaramasdan 1943 y. may oyiga kelib Şim. Afrika (q. Şimoliy Afrika kom-paniyasi), Angliya—AQŞ qöşinlari tomonidan ozod qilindi. 1943 y. iyul-avg. oylarida Angliya— Amerika desant qöşinlari Sitsiliya o.ga tuşirildi. 1943 y. 25 iyulda Italiyada Mussolini osib öldiriddi va faşistlar rejimi tugatildi. 3 sent.da Italiya sözsiz taslim bölganligi haqidagi hujjatga imzo çekdi.

    1943 y.ga kelib faşizmga qarşi bölgan kuçlar tobora kuçayib bordi. 1943 y. 3 iyunda Jazoirda Fransiya milliy ozodlik qömitasi tuzildi. 12—13 iyulda Germaniyada Ozod Germaniya milliy qömitasi taşkil qilindi. Avg.— sent. oylarida Bolgariya vatanparvarlari frontining milliy qömitasi yuzaga keldi. 1943 y. sent.—okt. oylarida partizanlar b-n Kuraşayotgan Fransiya harakati qismlari hamkorligida Korsika o. ozod etildi. 1943 y. 16 yanv.da Iroq, 7 apr. da Boliviya Germaniya, Italiya va Yapo-niyaga qarşi uruşga kirdi. 1943 y. 13 okt .da Italiya özining sobiq ittifoqçisi Germaniyaga qarşi uruş e'lon qildi. SSSR, Angliya va AQŞ hukumatlari Italiyani «birgalikda uru-şayotgan mamlakat» deb tan oldi. 1943 y. 27 noyab.da Kolumbiya Germaniyaga qarşi uruşga qöşildi. SSSR, AQŞ va Angliya huqumat boşliqlari Tehron konferensiyasiyaa Angliya — Amerika qöşinlarini Şim. Fransiyaga tuşiriş yöli b-n Yevropada ikkinçi frontni oçiş ğoyatda muhim ekanligini tan olişdi.

    Faşizmga qarşi uruşning 3-davri (1944 y. yanv.— 1945 y. may) boşlarida sovet qöşinlari SSSR hududining deyarli hammasini ozod qildi. Ittifoqçilar 1944 y. 6 iyunga kelibgina Fransiyaga öz qöşinlarini tuşirib, Yevropada ikkinçi frontni oçdilar va sent.da Fransiya qarşilik körsatiş harakati kuçlarining faol iştiro-kida Fransiya hududining deyarli xam-masi faşist bosqinçilaridan ozod qilindi. 1944 y. 27 martda sovet qöşinlari Ruminiya hududiga kirib bordi. 13 martda SSSR, AQŞ va Buyuk Britaniya hukumatlari Germaniya tomonida turib uruşayotgan Vengriya, Ruminiya, Bolgariya va Finlyandiyaga uruşni töxtatiş haqida murojaat qildi. Natijada bu mamlakatlarda faşizmga qarşi bölgan kuçlar harakati faollaşdi. 1944 y. mayda Ruminiyada faşizmga qarşi Birlaşgan işçilar fronti, Vengriyada esa Vatanparvar kuçlar fronti, (2 dek.dan Milliy mustaqillik fronti) yuzaga keldi. 21 iyulda Polşada Milliy ozodlik qömitasi taşkil böldi.

    1944 y. 25 iyulda Gitler mamlakatda «uta ommaviy safarbarlik» e'lon qildi. Gitlerning bu tadbiri ham yordam bermadi. U bosib olgan mamlakatlarda ozodlik harakatlari avj oldi. 1944 y.

    I avg.—2 okt.da Varşavada, 19—25 avg. da Parijda, 23 avg.da Ruminiyada, 6— 10 sent.da Bolgariyada faşist boskinçilariga qarşi qurolli qözğolonlar böldi. Natijada, jahon uruşi maydonida kuçlar nisbati tubdan özgardi. Germaniya ittifoqçilari örtasida parokandalik boşlandi. 1944 y. 26 yanv.da Liberiya, 24 avg.da Ruminiya, 15 sent.da Finlyandiya, 28 dek.da Vengriya, 1945 y. fev.da Peru, Urugvay, Venesuela, Turkiya, Misr, Livan, Su-riya, Saudiya Arabistoni, Paragvay, Ekvador, Çili kabi mamlakatlar, 27 martda esa Argentina faşistlar Germaniyasi va Yaponiyaga qarşi uruş e'lon qildilar.

    Sovet qöşinlari 1944 y. örtalarida Markaziy va Jan.şarqiy Yevropa mamlakatlarini vatanparvar kuçlar yordamida ozod qilişga kirişdi. Şu yili ittifoqçi qöşinlar Şim. Italiyani va Ğarbiy Germaniyaning bir qator r-nlarini ozod qildi. 1945 y. 4—11 fev.da SSSR, AQŞ va Angliya davlat rahbarlari iştirokida bölgan Qrim (Yalta) konferensşsidz, Germani-yani batamom tor-mor kiliş rejalari, şuningdek, dunyoning uruşdan keyingi siyosiy tuzilişi masalalari xususida kelişib olindi.

    Amerika—Angliya kurolli kuçlari Tinç okeanidagi Marşall va Mariana o.larini (1944), Filippinni va Yaponiyaning Okinava o.ni (1945) egalladi. 1945 y. 25 apr.da sovet va Amerika kuşinlari Elbada uçraşdi. 3 mayda Angliya qöşinlari Birma qarşilik harakati kuçlari b-n hamkorlikda poytaxt — Rangunni ozod qildi.

    1945 y. 2 mayda sovet qöşinlari Berlinni işğol qildi. A. Gitler özini öldirdi. 8 mayda Berlin yaqinidagi Karlsxorstda Germaniya oliy qömondonligi vakillari faşistlar Germa-niyasining 2-jahon uruşida sözsiz taslim bölganligi haqidagi hujjatga imzo çekdi. 9 mayda sovet qöşinlari, çex qarşilik harakati kuçlari iştirokida Çexoslovakiyaning poytaxti Pragani ozod qildi.

    SSSR, AQŞ va Angliya xukumatlari boşliklarining Berlin konferensiyasitsa, asosan, Germaniya masalasi, uning keyingi taqdiri va taraqqiyot yöli, uni demilitarizatsiyalaş va de-mokratiyalaş masalasi körildi. Kon-ferensiyada SSSR hukumati Yaponiyaga qarşi ittifokçilar b-n birgalikda uruşga kirişini yana bir bor ta'-kidladi. AQŞning havo kuçlari harbiy zaruriyat yöqligiga qaramay Yaponiyaning Xirosima (1945 y. 6 avg.) va Nagasaki (9 avg.) ş.lariga atom bom-balari taşladi. Buning natijasida har ikki şahar aholisidan 102 mingga yaqin kişi halok böldi, 16 ming kişi bedarak ketdi, 61 ming kişi yarador va 324 ming kişi kuçli radiatsiya b-n zaharlandi.

    1945 y. 8 avg.da SSSR olgan majburiyatiga binoan Yaponiyaga uruş e'lon qildi va 9 avg.da unga qarşi harbiy harakatlarni boşladi. SSSR b-n birgalikda, 10 avg.da Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR), 11 avg.da Xitoy xalq ozodlik armiyasi yapon bosqinçilariga qarşi uruşga kirişdi.

    Manjuriyadagi yapon qöşinlari sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilingaç, Yaponiya 1945 y. 2 sent.da sözsiz taslim bölganligi haqidagi hujjatga köl qöydi. Şu tariqa I. j. u.ga yakun yasaldi.

    Nyurnberg sud jarayoni (1945 y. 20 noyab.— 1946 y. 1 okt.)da natsist harbiy jinoyatçilari ustidan xalqaro sud ötkazilib, unda 20 kişi: G. Gering (u özini öldirdi), V. Keytel, E. Kaltenbrunner, I. Ribbentrop, G. Gess va b. adolatli jazolandi. Faşistik taşkilotlar: Natsional-sotsialistik partiya (natsistlar), Gestapo, SS, SD, butun insoniyatga qarşi qaratilgan jinoyatçi taşkilotlar deb e'lon qilindi. Nyurnbergda bölib ötgan bu xalqaro sud I.j.u.ga sönggi nuqtani qöydi.

    I.j.u.ga 72 davlat jalb etildi. Uruşda iştirok qilgan mamlakatlarning 110 mln. aholisi unga safarbar etildi. Harbiy qarakatlar 40 davlat hu-dudida bölib ötdi, barça xarajatlar 4 trillion dollarni taşkil etdi. Uruş davomida 62 mln. kişi (şu jumladan 27 mln. SSSR fuqarosi) halok böldi.

    1941 y. 22 iyunda Germaniya SSSRga hujum qilgaç, SSSR tarkibida bölgan Özbekiston xalqlari ham bu uruş girdobiga majburan tortilgan edi. Öşa kuni mamlakatda harbiy holat joriy etildi.

    Gitlerçilarning Şarqqa doir harbiy rejalarida SSSRni qisqa muddatli kompaniya jarayonida mağlub qiliş va uruşni 1941 y. kuzida tamomlaş möljallangan edi. Yaşin tezligida boşlangan uruş sovet rahbariyatida sarosimani yuzaga keltirdi. 29 iyundagina Xalq Komissarlari Soveti (XKS) nomidan joylarga körsatmalar yuboriddi. I. V. Stalin faqat 3 iyuldagina xalqqa murojaat b-n çikdi.

    1941 y. 30 iyunda Davlat mudofaa qömitasi (DMQ) tuzildi. Uning raisi I. V. Stalin 8 avg.da SSSR Qurolli kuçlari Oliy Boş qömondoni lavo-zimini egalladi. Uruşning dastlabki kunlari mamlakatning barça iqtisodiyma'naviy kuçlarini zudlik b-n mudofaa manfaatlariga böysundiriş, xalq xöjaligini töliq harbiy izga soliş lo-zimligi xususida qarorlar, körsatmalar qabul qilindi.

    Uruş davrining musibatlarini öz boşidan keçirgan kişilarning xotiralaridan ma'lum bölişiça, odamlar öşa vaqtda sovet rejimini himoya qiliş zaruriyati haqida kam öylar edilar. Xalqning aksariyat qismi mus-tabid tuzumni qoralar edi. Çunki, xa-lqning xotirasidan hali Turkiston Muxtoriyatinij qonga belanganligi, istitslolçilik harakatining zöravonlik b-n bostirilişi, diniy e'tiqod uçun ta'qib qilişlar esdan çiqmagandi. Jamoalaştirişning stalinça zöravonlik b-n amalga oşirilişi natijasida yuz bergan jinoyatlar xotiradan kötarilmagan edi. Mustabid tuzumning ommaviy qatağonlaridan qolgan yaralar hali bitmagan edi. Bi-

    rok., özbek xalqining faşizmga bölgan nafrati mustabid tuzum yetkazgan ğam-alamni orqa öringa surib qöydi va u duşmanga qarşi otlandi. Şuningdek, mustabid tuzumning «mafkura maşinasi» ham benuqson işladi — u SSSR tarkibidagi barça mustamlaka xalqlarni faşizmga qarşi kuraşga safarbar qila oldi. Özbek xalqining I.j.u.dagi iştirokining axloqiy-ma'naviy jihatdan asosi şundaki, bu uruşda özbek xalqi faşizmdan faqat SSSRnigina emas, eng avvalo, Özbekistonni himoya qilişni, uni yana bir bosqinçidan saklab qolişni maqsad qilib qöygan edi.

    Sovet—german uruşi boşlanğiç davrining eng murakkab vazifalaridan biri iqtisodiyotni harbiy izga soliş edi. Bu mas'uliyatli vazifani SSSRning qariyb 40% aholisi istiqomat qiladigan, kömirning 63% qazib olinadigan, pölatning 50% işlab çiqariladigan, donning 38% yetiştiriladigan, ayniqsa, köpgina mudofaa korxonalari joylaşgan hududni faşistlar bosib olgan bir paytda hal qiliş kerak edi. Front yaqinidagi hududlardan mamlakat iç-karisiga köçirilayotgan aholi, sano-at korxonalari, öquv-yurtlari va b.ning köpçiligi Özbekistonga yuborildi. Çunonçi, Örta Osiyo va Qozo-ğistonga evakuatsiya qilingan 308 sa-noat korxonasining 104 tasi («Len-tekstilmaş», «Rostselmaş», «Krasniy Aksay», Moskvadagi «Elektrokabel» va «Podyemnik», Çkalov nomidagi aviatsiya zavodi, «Krasniy put», Kiyev «Transsignal» z-dlari, Stalingrad kimyo kombinati va b.), 30 dan ortiq harbiy gospital, harbiy artilleriya (töpçi) akademiya, bir neça harbiy bilim yurtlari köçib keldi.

    Rossiya hududidan turli millatga mansub 200 ga yaqin yozuvçi va şoirlar (mas, A. Axmatova, A. Tolstoy, V. Yan, M. Şaginyan va b.) Toşkentga köçib kelib, şu yerda ijod qildilar. Rossiya, Ukraina va Belorussiyaning faşistlar bosib olgan hududlaridan 1 mln.dan ortiq kişi, jumladan 200 ming bola Özbekistonga evakuatsiya qilinib, ularga 135 ming kv.m hajmda uy-joy ajratib berildi. Kupgina özbek oilalari ikkita va undan ortiq yetim bolalarni öz tarbiyalariga (jumladan, Ş. Şomahmudovlar oilasi — 14, H. Samadovlar oilasi —- 12, M. Jörayeva va Aşurxöjayevlar oilasi 8 tadan bolalarni öz tarbiyalariga oldilar. 1943 y. oxiriga kelib şaharlarda 4672 bola, qişloklarda esa 870 bola özbek oilalari tomonidan tarbiyaga olinib, ularga xaqiqiy insonparvarlik va mehr-şafqat namunasi körsatildi.

    Özbekistonga köçirib keltirilgan sanoat korxonalari niqoyatda qisqa muddatda işga tuşirildi. 1941 y. dek.da evakuatsiya qilingan korxonalarning qariyb 50 tasi, 1942 y. 1 yanv.da esa barçasi qayta qurilib töla quvvat b-n mahsulot bera boşladi. Bu harbiy korxonalarni işga tuşirişga şaharliklardan taşqari qariyb 500 ming kolxozçidehqonlar jalb qilindi. Korxonalarni harbiy izga ötkaziş harbiy kommunistik usulda amalga oşirildi: 1941 y. 26 iyundan boşlab mamlakatda işçilar va xizmatçilar uçun işdan taşqari vaqtda majburiy işlab beriş, katta yoşdagilar uçun xaftada 6 kunlik iş joriy etildi, iş vaqti 11 soatgaça uzaytirildi, ta'-tilga çiqiş bekor qilindi. Idora xizmatçilari, uy bekalari, öquvçilar i.ç.ga jalb qilindi. Agar 1940 y.da sanoat işçilari orasida xotin-qizlar salmoği 34%ni taşkil qilgan bölsa, 1942 y.da bu körsatkiç 63,5% ga yetdi. Mehnat intizomini buzganlar uçun jazo çoralari keskin qöyildi. Korxonalardan özboşimçalik b-n ketib qolganlar 5 y.dan 8 y.gaça muddatga qamoqqa hukm qilindi. 1941 y.de-k.da Özbekiston sanoat korxonalaridan 230 tasi (birgina Toşkentda 63 korxona) harbiy izga kuçirilib, front uçun qurol-yaroğ i.ç.ga kirişdi.

    Özbekistonda harbiy mahsulotlar işlab çiqaruvçi sanoatning ösişi va rivojlanişi b-n birga xom aşyo va yoqilği-energetika bazasini kengaytiriş vazifasi ham keskin bölib turdi. Ayniqsa, rangli metallarga, neft va kömirga bölgan ehtiyoj kuçaydi. 1942 y.da Langar molibden koni zaminida molibden f-kasi barpo etildi. Qöytoş va Qoratepa rangli metallar konining quvvati keskin oşirildi. Olmaliqda mis va b. rangli metallarning boy konlari topildi. Angren kömir koni respublikaning birinçi kömir markaziga aylandi. 1942 y. boşlarida l-Oqtepa va Z-Oqqovoq GESlari, şuningdek, Fa-rhod GES umumxalq haşari b-n bunyod etilişi respublikada front ehtiyojlari uçun işlayotgan sanoat korxonalarini elektr energiyasi b-n ta'minlaşda muhim rol öynadi.

    Özbekistonda uruş yillarida 280 ta yangi korxona barpo etildi. Respubli-kaning sanoat potensiali 1945 y.ga kelib 1940 y.dagiga nisbatan deyarli 2 barobar köpaydi, neft kazib oliş 4 barobardan ziyod, metall işlaş tarmoqlari mahsulotlari 4,8 barobar, maşinasozlik mahsulotlari 13,4 barobar, kömir qazib çiqariş 30 barobardan kuproq, pölat va prokat eritiş 2 barobar, elektr energiyasi i.ç. 2,42 marta ortdi. Buning natijasida Özbekiston uruş yillarida front uçun 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 4500 birlikdan iborat minalarni yöq qiluvçi qurol, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 mln. dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 mln. dona granata, dala radiostansiyalari uçun 3 mln. radio lampa, 330 mingga paraşyut, 18 ta xarbiy-sanitariya va hammom kir yuviş poyezdi, 2200 ta Kuçma oşxona va kupgina harbiy anjomlar yetkazib beriş imkoniga ega buldi. Respublika yengil sanoat komissarligi korxonalari 1941—45 y.lar mobaynida jangçilar uçun 7518,8 mingta gimnastyorka, 2636,7 mingta paxtali nimça, 2861,5 mingta armiya etigi tayyorlab berdi.

    I.j.u. yillarida faşizmga qarşi qulga qurol olib jang qilgan özbekistonlik jangçilarning umumiy tarkibidan 263000 dan ziyod kişi qalok böldi, 132670 kişi bedarak yöqoldi, 60452 vatandoşimiz uruşdan nogiron bölib qaytdi. Şuningdek, un minglab özbekistonlik jangçilar asirlikda böldi. Mustabid tuzum ular b-n «oçik,çasiga» gaplaşdi. Demak, frontga safarbar qilinganlarning qar uçtasidan bittasi uyiga kaytmadi. Umuman, SSSR buyiça uruş davrida faşistlar qölida 6,2 mln. kişi asirlikda bölgan. Uruş oxiriga kelib ulardan 4 mln. kişi halok bölgan. Omon qolgan asirlar soni 1 mln.dan sal köproqedi. Ulardan 60% dan köproği GULAG qamokxonalariga taşlandi. Aybsiz sur-gun qilinib, sovet konslagerlariga jönatilgan yoki otib taşlanganlar orasida özbekistonliklar ham oz emasdi. Taxm. hisoblarga qaraganda, özbekistonlik harbiy asirlardan 15 min-gdan ortiği sovet konslagerlariga yuborilgan. I. j. u.dagi bu ğalaba millionlab begunoh kişilarning, jumladan, Özbekiston xalqining qoni, haddan ziyod maşaqqatli mehnati va uning buyuk insonparvarligi tufayli qölga kiritildi.

    Özbekiston Respublikasi mustaqillikka erişgaç, 35 jildli Xotira ki-tobi tayyorlanib, naşr qilindi. Toşkentdagi Mustaqillik maydoni xiyobonida maxsus majmua qurildi (2000). 9 may — ğalaba kuni yurtimizda Xotira va Qadrlaş kuni sifatida har yili nişonlanadigan böldi.

    Ad.: Vtoraya mirovaya voyna. Kratkaya istoriya, M., 1984; Özbekiston Respublikasi Xotira kitobi — Kniga pamyati Respubliki Özbekiston [maxsus jild], T., 1995; Faşizm ustidan qozonilgan ğalabada Özbekistonning tarixiy hissasi. 1941 — 1945 [Ilmiynazariy konferensiya materiallari], T., 1996; Özbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [Özbekiston sovet mustamlakaçiligi davrida], T., 2000;

    Musallam Jörayev.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ИККИНЧИ ЖАҲОН УРУШИ (1939— 45) — Германия, Италия ва Япониянинг айби б-н бошланган жаҳон тарихидаги энг йирик уруш. 20-а. фожиаси сифатида инсоният тарихига кирди. Бу урушнинг келиб чиқишида асосий ролни фашистлар Германияси ўйнади. Ғарб мамлакатлари (Англия, Франция, АҚШ) ҳукмрон доираларининг «келиштириш» сиёсати Австрияни (1939 й. март), Чехословакияни (1939 й. март) Германияга қўшиб олинишига ва Мюнхен битимига (1939 й. сент.) йўл очиб берди. И.ж.у.нинг бошланишида СССРнинг ҳам айби бор. 1939 й. 23 ав-г.да СССР б-н Германия ўртасида 10 йил муддатга ҳужум қилмаслик тўғрисида шартнома имзоланди. Бу шартноманинг махфий қўшимча аҳдномасига мувофиқ, Германия ва СССР Шарқий Европада ўзларининг таъсир доираларини бўлиб олдилар. Ҳар икки мамлакат манфаатлари, аввало, Польша давлати б-н боғлиқ эди. Совет томони Ғарбий Украина, Ғарбий Белоруссия ва Бессарабия (1921 й.да бой берилган) ҳудудларини қайтариб олмоқчи эди. Шунингдек, Германия Болтиқбўйи мамлакатларига даъво қилишдан қам воз кечди.

    Германия б-н СССР шартномага мувофик, Полылага бир вақтда қўшин киритишлари керак эди. СССР бу мажбуриятни бажармади. 1939 й. 1 сент.да Германиянинг бир ўзи Польшага бостириб кирди ва И.ж.у.ни бошлаб берди. 3 сент.да Англия ва Франция Германияга қарши уруш эълон қилди. СССР 1939 и. 17 сент.да Польша ҳуду-дига қўшин киритди. Кўп ўтмай Брестда немис қўмондони Т. Гудериан ва совет генерали С. М. Кривошеий қўмондонлигида Польшанинг бўлиб олиниши муносабати б-н қўшма совет-герман паради ўтказилди.

    СССР И.ж.у. баҳонасида ўз ҳудудларини кенгайтириш ва чегараларини мустаҳкамлашга киришди. 1939 й. ЗОнояб.- 1940 й. мартда СССР б-н Финляндия ўртасида ҳарбий тўқнашув бўлди. Бундан СССР манфаатдор эди. Ўзаро уруш натижасида СССР Фин-ляндиянинг бир қатор ҳудудларини (Ленинградга чегарадош ерлар) тортиб олиб, шим.- ғарбий чегараларини мус-таҳкамлаб олди. 1940 й. ёзида СССР нинг расмий талаби б-н Руминия Бессарабия ва Шим. Буковинани советларга беришга мажбур бўлди. 1940 й. июнда Эстония, Латвия ва Литва совет қўшинлари томонидан босиб олиниб СССРга киритилди.

    1940 й. апр.майда немисфашист қўшинлари Дания ва Норвегияни ис-тило қилди, 1940 й. 14 майда — Нидерландия, 28майда — Бельгия таслим бўлди. Шундан сўнг фашист қўшинлари Люксембург ва Голланди-яни босиб олиб, улар ҳудуди орқали Францияга (22 июнда таслим бўлди) бостириб кирди.

    Совет ҳукумати фашистлар Германи-ясини Европанинг навбатдаги пойтах-тини босиб олиши муносабати б-н табриклаб борди. Интернационалнинг ди-рективаларида фашизмга қарши тарғиботни тўхтатиш ҳақидаги талаблар пайдо бўлди. 1940 й. 27 сент.да Германия, Италия ва Япония давлатлари Берлинда «учлар иттифоқи»ни тузиш ҳақидаги шартномага имзо чекишди. 1940 й. 28 окт.да фашистлар Италияси Грецияга бостириб кирди. 1940 й. 20—24 нояб.да Венгрия, Руминия ва Словакия «учлар иттифоқи»га қўшилди. 1941 й. мартда эса Болгариянинг монархияфашистик ҳукумати ҳам бу ит-тифоқ сафига кўшилишга розилик билдирди.

    1940 й. 18 дек.да Гитлер СССРга қарши уруш ҳақидаги 21сонли директи-васи «Барбаросса» режасига имзо чекди. Фашистлар Германияси СССРга қарши уруш бошлашдан олдин 1941 и. 6—17 апр.да Югославияни босиб олди. Шу йилнинг 13 апр.да СССР Япония б-н бетарафлик ҳақида келишиб олди. 1941 й. 20 май — 1 июнда фашистлар Германияси Крит о.ни эгаллади. 18 июнда эса ҳужум қилмаслик ва ҳамкорлик ҳақида Германия — Туркия шартномаси имзоланди.

    1941 й. 22 июнда фашистлар Германияси СССРга қўққисдан ҳужум бошлади. Венгрия, Руминия, Финляндия, Италия унинг томонида туриб урушга кирди. Шу куни Англия ҳукумати СССРни Германияга қарши урушда қўллаб-қувватлашини маълум қилди. 24 июнда Ф. Рузвельт АҚШ хукумати СССРга ёрдам беришга тайёр эканлигини билдирди. СССР Германияга қарши урушнинг 1-даври (1941 й. июнь — 1941 й. нояб.) да, асосан, мудофаа характеридаги жанглар олиб борди.

    Фашистлар Германияси ва иттифоқчиларининг тажовузкорона ҳаракатининг тобора авж олиши жаҳон мамлакатларини ташвишга солди. 1941 й. ёзида фашистлар Германиясига қарши коалиция тузиш йўлида дастлабки қадам қўйилди. 1941 й. 12 июлда СССР на Буюк Британия ҳукуматлари фашистлар Германиясига карши урушда биргаликда ҳаракат қилиш ҳақида ксли-шиб олишди. 1941 й. 24 сент.да Ш. лс Голль бошчилигида Озод Франция (1942 й. июлдан Курашаётган Франция) миллий қўмитаси тузилиб, фашизмга карши кураш бошлади. 1941 й. 5 дек.да немисфашист қўшинларининг Москва жангицаги мағлубияти Гитлернинг «яшин тезлигидаги уруш» деб аталмиш режасини пучга чиқарди ва натижада унга карши урушга кирган мамлакатлар сони ортди.

    1941 й. 7 дек.да Япония Пёрл-Харборга ҳужум қилиш б-н Буюк Британия ва АҚШга қарши урушни бошлаб юборди. 8 дек.да АҚШ, Буюк Британия ва б. мамлакатлар Японияга, 11 дек.да эса Германия ва Италия — АҚШ га, шу куни АҚШ фашистлар Германияси ва Италияга қарши уруш эълон қилди.

    1941 й. охири — 1942 й. бошида Япония Малайзия, Индонезия, Филиппин, Бирмани босиб олиб, Австрали-яга тавдид сола бошлади. Шарқий фронтда эса немисфашист қўшинлари ёзги ҳужумлар натижасида Кавказ бўсағасига, Волга бўйига етиб келди.

    1942 й. 1 янв.да Вашингтонда 26 давлат иштирокида фашизмга карши ку-рашувчи давлатларнинг ҳарбий итти-фоқи тузилиб, Декларация қабул қилинди. 1942 й. 26 майда СССР ва Буюк Британия ўртасида фашистлар Германияси ва унинг Европадаги тарафдорларига қарши урушда иттифоқчи бўлиш ва урушдан кейин ўзаро ёрдам ва ҳамкорлик қилиш ҳақида шар-тнома имзоланди. 1942 й. ёзига келиб антигитлерчи давлатлар сони янада ортди. 1 июнда Мексика Германия, Италия ва Японияга, 22 авг.да Бразилия Германия ва Италияга, 14 дек.да Эфиопия — Германия, Италия ва Японияга қарши уруш эълон қилди. Шарқда эса япон милитаристлари Голландия Ҳиндистонини (12 март), Филиппин о.ларини (9 июнь) қўлга киритди.

    Совет қўшинлари урушнинг 2-даври (1942 й. нояб.— 1943 й. охири) да Сталинград жанги ва Курск жангилагм ғалабалари натижасида Германия қў-тпнлари қўмондонлиги стратегик та-шаббуснп бутунлай қўлдан чиқарди. СССРда на б. ҳудудларда қаршилик кўрсатиш ҳаракати авж олди. 1943 й. 13 янв.да Гитлер урушда ташаббусни яна қўлга олиш мақсадида оммавий сафарбарлик эълон қилди, лекин шунга қарамасдан 1943 й. май ойига келиб Шим. Африка (қ. Шимолий Африка ком-панияси), Англия—АҚШ қўшинлари томонидан озод қилинди. 1943 й. июль-авг. ойларида Англия— Америка десант қўшинлари Сицилия о.га туширилди. 1943 й. 25 июлда Италияда Муссолини осиб ўлдиридди ва фашистлар режими тугатилди. 3 сент.да Италия сўзсиз таслим бўлганлиги ҳақидаги ҳужжатга имзо чекди.

    1943 й.га келиб фашизмга қарши бўлган кучлар тобора кучайиб борди. 1943 й. 3 июнда Жазоирда Франция миллий озодлик қўмитаси тузилди. 12—13 июлда Германияда Озод Германия миллий қўмитаси ташкил қилинди. Авг.— сент. ойларида Болгария ватанпарварлари фронтининг миллий қўмитаси юзага келди. 1943 й. сент.—окт. ойларида партизанлар б-н Курашаётган Франция ҳаракати қисмлари ҳамкорлигида Корсика о. озод этилди. 1943 й. 16 янв.да Ироқ, 7 апр. да Боливия Германия, Италия ва Япо-нияга қарши урушга кирди. 1943 й. 13 окт .да Италия ўзининг собиқ иттифоқчиси Германияга қарши уруш эълон қилди. СССР, Англия ва АҚШ ҳукуматлари Италияни «биргаликда уру-шаётган мамлакат» деб тан олди. 1943 й. 27 нояб.да Колумбия Германияга қарши урушга қўшилди. СССР, АҚШ ва Англия ҳуқумат бошлиқлари Теҳрон конференциясияа Англия — Америка қўшинларини Шим. Францияга тушириш йўли б-н Европада иккинчи фронтни очиш ғоятда муҳим эканлигини тан олишди.

    Фашизмга қарши урушнинг 3-даври (1944 й. янв.— 1945 й. май) бошларида совет қўшинлари СССР ҳудудининг деярли ҳаммасини озод қилди. Иттифоқчилар 1944 й. 6 июнга келибгина Францияга ўз қўшинларини тушириб, Европада иккинчи фронтни очдилар ва сент.да Франция қаршилик кўрсатиш ҳаракати кучларининг фаол иштиро-кида Франция ҳудудининг деярли хам-маси фашист босқинчиларидан озод қилинди. 1944 й. 27 мартда совет қўшинлари Руминия ҳудудига кириб борди. 13 мартда СССР, АҚШ ва Буюк Британия ҳукуматлари Германия томонида туриб урушаётган Венгрия, Руминия, Болгария ва Финляндияга урушни тўхтатиш ҳақида мурожаат қилди. Натижада бу мамлакатларда фашизмга қарши бўлган кучлар ҳаракати фаоллашди. 1944 й. майда Руминияда фашизмга қарши Бирлашган ишчилар фронти, Венгрияда эса Ватанпарвар кучлар фронти, (2 дек.дан Миллий мустақиллик фронти) юзага келди. 21 июлда Польшада Миллий озодлик қўмитаси ташкил бўлди.

    1944 й. 25 июлда Гитлер мамлакатда «ута оммавий сафарбарлик» эълон қилди. Гитлернинг бу тадбири ҳам ёрдам бермади. У босиб олган мамлакатларда озодлик ҳаракатлари авж олди. 1944 й.

    I авг.—2 окт.да Варшавада, 19—25 авг. да Парижда, 23 авг.да Руминияда, 6— 10 сент.да Болгарияда фашист боскинчиларига қарши қуролли қўзғолонлар бўлди. Натижада, жаҳон уруши майдонида кучлар нисбати тубдан ўзгарди. Германия иттифоқчилари ўртасида парокандалик бошланди. 1944 й. 26 янв.да Либерия, 24 авг.да Руминия, 15 сент.да Финляндия, 28 дек.да Венгрия, 1945 й. фев.да Перу, Уругвай, Венесуэла, Туркия, Миср, Ливан, Су-рия, Саудия Арабистони, Парагвай, Эквадор, Чили каби мамлакатлар, 27 мартда эса Аргентина фашистлар Германияси ва Японияга қарши уруш эълон қилдилар.

    Совет қўшинлари 1944 й. ўрталарида Марказий ва Жан.шарқий Европа мамлакатларини ватанпарвар кучлар ёрдамида озод қилишга киришди. Шу йили иттифоқчи қўшинлар Шим. Италияни ва Ғарбий Германиянинг бир қатор р-нларини озод қилди. 1945 й. 4—11 фев.да СССР, АҚШ ва Англия давлат раҳбарлари иштирокида бўлган Қрим (Ялта) конференцшсидз, Германи-яни батамом тор-мор килиш режалари, шунингдек, дунёнинг урушдан кейинги сиёсий тузилиши масалалари хусусида келишиб олинди.

    Америка—Англия куролли кучлари Тинч океанидаги Маршалл ва Мариана о.ларини (1944), Филиппинни ва Япониянинг Окинава о.ни (1945) эгаллади. 1945 й. 25 апр.да совет ва Америка кушинлари Эльбада учрашди. 3 майда Англия қўшинлари Бирма қаршилик ҳаракати кучлари б-н ҳамкорликда пойтахт — Рангунни озод қилди.

    1945 й. 2 майда совет қўшинлари Берлинни ишғол қилди. А. Гитлер ўзини ўлдирди. 8 майда Берлин яқинидаги Карлсхорстда Германия олий қўмондонлиги вакиллари фашистлар Герма-ниясининг 2-жаҳон урушида сўзсиз таслим бўлганлиги ҳақидаги ҳужжатга имзо чекди. 9 майда совет қўшинлари, чех қаршилик ҳаракати кучлари иштирокида Чехословакиянинг пойтахти Прагани озод қилди.

    СССР, АҚШ ва Англия хукуматлари бошликларининг Берлин конференциясица, асосан, Германия масаласи, унинг кейинги тақдири ва тараққиёт йўли, уни демилитаризациялаш ва де-мократиялаш масаласи кўрилди. Кон-ференцияда СССР ҳукумати Японияга қарши иттифокчилар б-н биргаликда урушга киришини яна бир бор таъ-кидлади. АҚШнинг ҳаво кучлари ҳарбий зарурият йўқлигига қарамай Япониянинг Хиросима (1945 й. 6 авг.) ва Нагасаки (9 авг.) ш.ларига атом бом-балари ташлади. Бунинг натижасида ҳар икки шаҳар аҳолисидан 102 мингга яқин киши ҳалок бўлди, 16 минг киши бедарак кетди, 61 минг киши ярадор ва 324 минг киши кучли радиация б-н заҳарланди.

    1945 й. 8 авг.да СССР олган мажбуриятига биноан Японияга уруш эълон қилди ва 9 авг.да унга қарши ҳарбий ҳаракатларни бошлади. СССР б-н биргаликда, 10 авг.да Монголия Халқ Республикаси (МХР), 11 авг.да Хитой халқ озодлик армияси япон босқинчиларига қарши урушга киришди.

    Манжуриядаги япон қўшинлари совет армияси томонидан тор-мор қилингач, Япония 1945 й. 2 сент.да сўзсиз таслим бўлганлиги ҳақидаги ҳужжатга кўл қўйди. Шу тариқа И. ж. у.га якун ясалди.

    Нюрнберг суд жараёни (1945 й. 20 нояб.— 1946 й. 1 окт.)да нацист ҳарбий жиноятчилари устидан халқаро суд ўтказилиб, унда 20 киши: Г. Геринг (у ўзини ўлдирди), В. Кейтель, Э. Кальтенбруннер, И. Риббентроп, Г. Гесс ва б. адолатли жазоланди. Фашистик ташкилотлар: Национал-социалистик партия (нацистлар), Гестапо, СС, СД, бутун инсониятга қарши қаратилган жиноятчи ташкилотлар деб эълон қилинди. Нюрнбергда бўлиб ўтган бу халқаро суд И.ж.у.га сўнгги нуқтани қўйди.

    И.ж.у.га 72 давлат жалб этилди. Урушда иштирок қилган мамлакатларнинг 110 млн. аҳолиси унга сафарбар этилди. Ҳарбий қаракатлар 40 давлат ҳу-дудида бўлиб ўтди, барча харажатлар 4 триллион долларни ташкил этди. Уруш давомида 62 млн. киши (шу жумладан 27 млн. СССР фуқароси) ҳалок бўлди.

    1941 й. 22 июнда Германия СССРга ҳужум қилгач, СССР таркибида бўлган Ўзбекистон халқлари ҳам бу уруш гирдобига мажбуран тортилган эди. Ўша куни мамлакатда ҳарбий ҳолат жорий этилди.

    Гитлерчиларнинг Шарққа доир ҳарбий режаларида СССРни қисқа муддатли компания жараёнида мағлуб қилиш ва урушни 1941 й. кузида тамомлаш мўлжалланган эди. Яшин тезлигида бошланган уруш совет раҳбариятида саросимани юзага келтирди. 29 июндагина Халқ Комиссарлари Совети (ХКС) номидан жойларга кўрсатмалар юборидди. И. В. Сталин фақат 3 июлдагина халққа мурожаат б-н чикди.

    1941 й. 30 июнда Давлат мудофаа қўмитаси (ДМҚ) тузилди. Унинг раиси И. В. Сталин 8 авг.да СССР Қуролли кучлари Олий Бош қўмондони лаво-зимини эгаллади. Урушнинг дастлабки кунлари мамлакатнинг барча иқтисодиймаънавий кучларини зудлик б-н мудофаа манфаатларига бўйсундириш, халқ хўжалигини тўлиқ ҳарбий изга солиш ло-зимлиги хусусида қарорлар, кўрсатмалар қабул қилинди.

    Уруш даврининг мусибатларини ўз бошидан кечирган кишиларнинг хотираларидан маълум бўлишича, одамлар ўша вақтда совет режимини ҳимоя қилиш зарурияти ҳақида кам ўйлар эдилар. Халқнинг аксарият қисми мус-табид тузумни қоралар эди. Чунки, ха-лқнинг хотирасидан ҳали Туркистон Мухториятиниж қонга беланганлиги, истицлолчилик ҳаракатининг зўравонлик б-н бостирилиши, диний эътиқод учун таъқиб қилишлар эсдан чиқмаганди. Жамоалаштиришнинг сталинча зўравонлик б-н амалга оширилиши натижасида юз берган жиноятлар хотирадан кўтарилмаган эди. Мустабид тузумнинг оммавий қатағонларидан қолган яралар ҳали битмаган эди. Би-

    рок., ўзбек халқининг фашизмга бўлган нафрати мустабид тузум етказган ғам-аламни орқа ўринга суриб қўйди ва у душманга қарши отланди. Шунингдек, мустабид тузумнинг «мафкура машинаси» ҳам бенуқсон ишлади — у СССР таркибидаги барча мустамлака халқларни фашизмга қарши курашга сафарбар қила олди. Ўзбек халқининг И.ж.у.даги иштирокининг ахлоқий-маънавий жиҳатдан асоси шундаки, бу урушда ўзбек халқи фашизмдан фақат СССРнигина эмас, энг аввало, Ўзбекистонни ҳимоя қилишни, уни яна бир босқинчидан саклаб қолишни мақсад қилиб қўйган эди.

    Совет—герман уруши бошланғич даврининг энг мураккаб вазифаларидан бири иқтисодиётни ҳарбий изга солиш эди. Бу масъулиятли вазифани СССРнинг қарийб 40% аҳолиси истиқомат қиладиган, кўмирнинг 63% қазиб олинадиган, пўлатнинг 50% ишлаб чиқариладиган, доннинг 38% етиштириладиган, айниқса, кўпгина мудофаа корхоналари жойлашган ҳудудни фашистлар босиб олган бир пайтда ҳал қилиш керак эди. Фронт яқинидаги ҳудудлардан мамлакат ич-карисига кўчирилаётган аҳоли, сано-ат корхоналари, ўқув-юртлари ва б.нинг кўпчилиги Ўзбекистонга юборилди. Чунончи, Ўрта Осиё ва Қозо-ғистонга эвакуация қилинган 308 са-ноат корхонасининг 104 таси («Лен-текстильмаш», «Ростсельмаш», «Красний Аксай», Москвадаги «Электрокабель» ва «Подъемник», Чкалов номидаги авиация заводи, «Красний путь», Киев «Транссигнал» з-длари, Сталинград кимё комбинати ва б.), 30 дан ортиқ ҳарбий госпиталь, ҳарбий артиллерия (тўпчи) академия, бир неча ҳарбий билим юртлари кўчиб келди.

    Россия ҳудудидан турли миллатга мансуб 200 га яқин ёзувчи ва шоирлар (мас, А. Ахматова, А. Толстой, В. Ян, М. Шагинян ва б.) Тошкентга кўчиб келиб, шу ерда ижод қилдилар. Россия, Украина ва Белоруссиянинг фашистлар босиб олган ҳудудларидан 1 млн.дан ортиқ киши, жумладан 200 минг бола Ўзбекистонга эвакуация қилиниб, уларга 135 минг кв.м ҳажмда уй-жой ажратиб берилди. Купгина ўзбек оилалари иккита ва ундан ортиқ етим болаларни ўз тарбияларига (жумладан, Ш. Шомаҳмудовлар оиласи — 14, Ҳ. Самадовлар оиласи —- 12, М. Жўраева ва Ашурхўжаевлар оиласи 8 тадан болаларни ўз тарбияларига олдилар. 1943 й. охирига келиб шаҳарларда 4672 бола, қишлокларда эса 870 бола ўзбек оилалари томонидан тарбияга олиниб, уларга хақиқий инсонпарварлик ва меҳр-шафқат намунаси кўрсатилди.

    Ўзбекистонга кўчириб келтирилган саноат корхоналари ниқоятда қисқа муддатда ишга туширилди. 1941 й. дек.да эвакуация қилинган корхоналарнинг қарийб 50 таси, 1942 й. 1 янв.да эса барчаси қайта қурилиб тўла қувват б-н маҳсулот бера бошлади. Бу ҳарбий корхоналарни ишга туширишга шаҳарликлардан ташқари қарийб 500 минг колхозчидеҳқонлар жалб қилинди. Корхоналарни ҳарбий изга ўтказиш ҳарбий коммунистик усулда амалга оширилди: 1941 й. 26 июндан бошлаб мамлакатда ишчилар ва хизматчилар учун ишдан ташқари вақтда мажбурий ишлаб бериш, катта ёшдагилар учун хафтада 6 кунлик иш жорий этилди, иш вақти 11 соатгача узайтирилди, таъ-тилга чиқиш бекор қилинди. Идора хизматчилари, уй бекалари, ўқувчилар и.ч.га жалб қилинди. Агар 1940 й.да саноат ишчилари орасида хотин-қизлар салмоғи 34%ни ташкил қилган бўлса, 1942 й.да бу кўрсаткич 63,5% га етди. Меҳнат интизомини бузганлар учун жазо чоралари кескин қўйилди. Корхоналардан ўзбошимчалик б-н кетиб қолганлар 5 й.дан 8 й.гача муддатга қамоққа ҳукм қилинди. 1941 й.де-к.да Ўзбекистон саноат корхоналаридан 230 таси (биргина Тошкентда 63 корхона) ҳарбий изга кучирилиб, фронт учун қурол-яроғ и.ч.га киришди.

    Ўзбекистонда ҳарбий маҳсулотлар ишлаб чиқарувчи саноатнинг ўсиши ва ривожланиши б-н бирга хом ашё ва ёқилғи-энергетика базасини кенгайтириш вазифаси ҳам кескин бўлиб турди. Айниқса, рангли металларга, нефть ва кўмирга бўлган эҳтиёж кучайди. 1942 й.да Лангар молибден кони заминида молибден ф-каси барпо этилди. Қўйтош ва Қоратепа рангли металлар конининг қуввати кескин оширилди. Олмалиқда мис ва б. рангли металларнинг бой конлари топилди. Ангрен кўмир кони республиканинг биринчи кўмир марказига айланди. 1942 й. бошларида l-Оқтепа ва З-Оққовоқ ГЭСлари, шунингдек, Фа-рҳод ГЭС умумхалқ ҳашари б-н бунёд этилиши республикада фронт эҳтиёжлари учун ишлаётган саноат корхоналарини электр энергияси б-н таъминлашда муҳим роль ўйнади.

    Ўзбекистонда уруш йилларида 280 та янги корхона барпо этилди. Республи-канинг саноат потенциали 1945 й.га келиб 1940 й.дагига нисбатан деярли 2 баробар кўпайди, нефть казиб олиш 4 баробардан зиёд, металл ишлаш тармоқлари маҳсулотлари 4,8 баробар, машинасозлик маҳсулотлари 13,4 баробар, кўмир қазиб чиқариш 30 баробардан купроқ, пўлат ва прокат эритиш 2 баробар, электр энергияси и.ч. 2,42 марта ортди. Бунинг натижасида Ўзбекистон уруш йилларида фронт учун 2100 та самолёт, 17342 та авиамотор, 2318 минг дона авиабомба, 17100 та миномёт, 4500 бирликдан иборат миналарни йўқ қилувчи қурол, 60 мингга яқин ҳарбий-кимёвий аппаратура, 22 млн. дона мина ва 560 минг дона снаряд, 1 млн. дона граната, дала радиостанциялари учун 3 млн. радио лампа, 330 мингга парашют, 18 та харбий-санитария ва ҳаммом кир ювиш поезди, 2200 та Кучма ошхона ва купгина ҳарбий анжомлар етказиб бериш имконига эга булди. Республика енгил саноат комиссарлиги корхоналари 1941—45 й.лар мобайнида жангчилар учун 7518,8 мингта гимнастёрка, 2636,7 мингта пахтали нимча, 2861,5 мингта армия этиги тайёрлаб берди.

    И.ж.у. йилларида фашизмга қарши қулга қурол олиб жанг қилган ўзбекистонлик жангчиларнинг умумий таркибидан 263000 дан зиёд киши қалок бўлди, 132670 киши бедарак йўқолди, 60452 ватандошимиз урушдан ногирон бўлиб қайтди. Шунингдек, ун минглаб ўзбекистонлик жангчилар асирликда бўлди. Мустабид тузум улар б-н «очик,часига» гаплашди. Демак, фронтга сафарбар қилинганларнинг қар учтасидан биттаси уйига кайтмади. Умуман, СССР буйича уруш даврида фашистлар қўлида 6,2 млн. киши асирликда бўлган. Уруш охирига келиб улардан 4 млн. киши ҳалок бўлган. Омон қолган асирлар сони 1 млн.дан сал кўпроқэди. Улардан 60% дан кўпроғи ГУЛАГ қамокхоналарига ташланди. Айбсиз сур-гун қилиниб, совет концлагерларига жўнатилган ёки отиб ташланганлар орасида ўзбекистонликлар ҳам оз эмасди. Тахм. ҳисобларга қараганда, ўзбекистонлик ҳарбий асирлардан 15 мин-гдан ортиғи совет концлагерларига юборилган. И. ж. у.даги бу ғалаба миллионлаб бегуноҳ кишиларнинг, жумладан, Ўзбекистон халқининг қони, ҳаддан зиёд машаққатли меҳнати ва унинг буюк инсонпарварлиги туфайли қўлга киритилди.

    Ўзбекистон Республикаси мустақилликка эришгач, 35 жилдли Хотира ки-тоби тайёрланиб, нашр қилинди. Тошкентдаги Мустақиллик майдони хиёбонида махсус мажмуа қурилди (2000). 9 май — ғалаба куни юртимизда Хотира ва Қадрлаш куни сифатида ҳар йили нишонланадиган бўлди.

    Ад.: Вторая мировая война. Краткая история, М., 1984; Ўзбекистон Республикаси Хотира китоби — Книга памяти Республики Ўзбекистон [махсус жилд], Т., 1995; Фашизм устидан қозонилган ғалабада Ўзбекистоннинг тарихий ҳиссаси. 1941 — 1945 [Илмийназарий конференция материаллари], Т., 1996; Ўзбекистоннинг янги тарихи, 2-китоб [Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида], Т., 2000;

    Мусаллам Жўраев.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.