Illyuminator
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 117-b. — ziyouz.com
Illyuminator (lot. illuminator -yoritqiç) — yoritiş va şamollatib turiş maqsadida kema, suv osti kema-si, samolyot korpusiga işlangan oynali tuynuk. Dumaloq va tört burçak, oçilmaydigan va oçiladigan xillari böladi. Köpinça, nam ötkazmaydigan qilib yasaladi. Suv ostida i.t. işlari olib boriladigan apparatlar, vertolyot, kosmik kema va b. dagi dumaloq tuynuk ham I. deb ataladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ИЛЛЮМИНАТОР (лот. illuminator -ёритқич) — ёритиш ва шамоллатиб туриш мақсадида кема, сув ости кема-си, самолёт корпусига ишланган ойнали туйнук. Думалоқ ва тўрт бурчак, очилмайдиган ва очиладиган хиллари бўлади. Кўпинча, нам ўтказмайдиган қилиб ясалади. Сув остида и.т. ишлари олиб бориладиган аппаратлар, вертолёт, космик кема ва б. даги думалоқ туйнук ҳам И. деб аталади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.