Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Imeretiya Podşohligi

    Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 132-b. — ziyouz.com

    Imeretiya Podşohligi - Ğar biy Gruziyadagi tarixiy viloyat — Imeretiya hududida mavjud bölgan davlat (15-a. oxiri — 1811). Poytaxti — Kutaisi. Içki özaro uruşlar oqibatida zaiflaşib qolib, 1555 y. dan Usmonli turk imperiyasigya itoat etgan va unga boj tölab turgan. 1804—10 y. larda Rossiya himoyasida bölgan, 1811 y. esa Rossiya tarkibiga butunlay qöşib olingan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ИМЕРЕТИЯ ПОДШОҲЛИГИ - Ғар бий Грузиядаги тарихий вилоят — Имеретия ҳудудида мавжуд бўлган давлат (15-а. охири — 1811). Пойтахти — Кутаиси. Ички ўзаро урушлар оқибатида заифлашиб қолиб, 1555 й. дан Усмонли турк империясигя итоат этган ва унга бож тўлаб турган. 1804—10 й. ларда Россия ҳимоясида бўлган, 1811 й. эса Россия таркибига бутунлай қўшиб олинган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.