Indeks
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 171-b. — ziyouz.com
Indeks (statistikada) — muayyan davrda iqtisodiy miqdorlar, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar parametrlari özgarişlarini nisbiy körinişda tavsiflaydigan iqtisodiy va statistik körsatkiç; pirovard kattalikni dastlabki kattalikka böliş yöli b-n aniqlanadi. I. hisob uçun asos sifatida qabul qilingan muayyan yilga töğri keladigan bazaviy I.ga, bazaviy miqdorga nisbatan hisoblab topiladi. Soliştirilayotgan davr bazis davri yoki I. bazisi deyiladi. Sanoat i.ç. narxlari, iş xaki, turmuş darajasi, tirikçilik qiymati kabi I.lar köp qöllaniladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ИНДЕКС (статистикада) — муайян даврда иқтисодий миқдорлар, иқтисодий ва ижтимоий жараёнлар параметрлари ўзгаришларини нисбий кўринишда тавсифлайдиган иқтисодий ва статистик кўрсаткич; пировард катталикни дастлабки катталикка бўлиш йўли б-н аниқланади. И. ҳисоб учун асос сифатида қабул қилинган муайян йилга тўғри келадиган базавий И.га, базавий миқдорга нисбатан ҳисоблаб топилади. Солиштирилаётган давр базис даври ёки И. базиси дейилади. Саноат и.ч. нархлари, иш хаки, турмуш даражаси, тирикчилик қиймати каби И.лар кўп қўлланилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.