Inkasso
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 195-b. — ziyouz.com
Inkasso (ital. incasso) — xaridor hisobvarağidan pul summasini olib, sotuvçi ixtiyoriga ötkaziş böyiça bank operatsiyalari. Mijozga xizmat körsatiş hisob-kitob hujjatlari asosida va xaridorning öz topşiriği b-n amalga oşiriladi. Sotib olinayotgan tovar yoki körsatilgan xizmat uçun tölov turli şakllar (çeklar, veksellar va b.)da bölişi mumkin. Sotuvçi-mijoz xaridor-mijozga jönatgan tovari yoki körsatgan xizmati töğrisidagi tölov talabnomasini I. (tölov uçun) ga bank-ka takdim etadi, bank öz navbatida mazkur tölov operatsiyasi (xaridor hisobvarağidan sotuvçi hisobvarağiga pul ötkaziş)ni bajaradi va mijozlardan öz xizmati uçun foiz undiradi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ИНКАССО (итал. incasso) — харидор ҳисобварағидан пул суммасини олиб, сотувчи ихтиёрига ўтказиш бўйича банк операциялари. Мижозга хизмат кўрсатиш ҳисоб-китоб ҳужжатлари асосида ва харидорнинг ўз топшириғи б-н амалга оширилади. Сотиб олинаётган товар ёки кўрсатилган хизмат учун тўлов турли шакллар (чеклар, векселлар ва б.)да бўлиши мумкин. Сотувчи-мижоз харидор-мижозга жўнатган товари ёки кўрсатган хизмати тўғрисидаги тўлов талабномасини И. (тўлов учун) га банк-ка такдим этади, банк ўз навбатида мазкур тўлов операцияси (харидор ҳисобварағидан сотувчи ҳисобварағига пул ўтказиш)ни бажаради ва мижозлардан ўз хизмати учун фоиз ундиради.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.