Internet
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 218–221-b. — ziyouz.com
Matn sifati past bölişi mumkin. Bu maqola PDF'dagi buzuq belgilar bilan olingan (işonç 85%): ayrim söz va raqamlar xato bölişi mumkin — iqtibos keltirişdan oldin asl matn bilan solişting.
Internet [lot. inter — aro va net (work) — tarmoq] — katta (global) va kiçik (lokal) kompyuter tarmoklarini özaro boğlovçi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik örni, zamon va makondan qat'i nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoklar özaro xamkorlikda global informatsiya in-fratuzilmasini taşkil etadi. Qaydnomalar tizimi b-n boşqariladigan barça hosila tarmoqdar hamkorlikda iste'molçilarga informatsiyani saqlaş, e'lon qiliş, jönatiş, qabul qiliş, izlaş va ma'lum bölgan barça variantlar (matn, tovuş, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. körinişlar) da informatsiya almaşinişga imkon yaratadi.
I. tizimi 20-a. 60-y.larida paydo böldi. Öşa paytlarda Amerika mudofaa departamenti taşabbusi b-n kompyuterlar telefon tarmoklariga ulana boşladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillaştirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq uruş avj olgan davrga töğri keldi. AQŞ mudofaa departamenti uruş bölib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari işdan çiqqudek bölsa, örniga yangi qöşimça kommunikatsiya vositalarini izlaş b-n faol şuğullandi. 60-y.lar oxiri va 70-y.larda I. tarmoği unça keng rivojlanmadi. Dastlabki ön yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning şaxsiy elektron liniyalari fa-oliyati doirasi b-n çeklandi. I.ning beqiyos rivojlaniş sur'ati davlat, ta'lim, akademik va ijtimoiy tuzil-malarning öziga xos umumiy moliyaviy va intellektual uluşiga boğliq böldi.
20-a. 70-y.larida turli tarqoq kompyuterlar tarmoklari orasida informatsiyani uzatiş va almaşiniş qoidalari tizimi işlab çiqildi. Bular özaro hamkorlikka doir kaydnomalar — Internetworking protocols (IP) bölib, global tarmoqni takomillaştiriş uçun qulay muhit yaratdi. IP örnatgan tartibga köra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani köp tarmoqlar op-kali «birinçi punktdan to oxirgi punktgaça» yetib borişini nazorat qilişi lozim. Şuning uçun I. negi-zini taşkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) içida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi.
I. rivojlanişining dastlabki bosqiçida uni, asosan, AQŞ mudofaa departamenti mablağ b-n ta'minlagan. 70-y.lar oxiriga kelib esa, asosan, uç ta'minlaş manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot lab.lari (şu jumladan mustaqillari ham).
80-y.larda I. öziga xos tarzda universal kölamlargaça rivojlana boşladi. Öşa davrda I. vositasida uzatiladigan informatsiyaning ösişi «oy-iga 20 foizdan köpaytirib boriş» şiori ostida bordi. Mac, AQŞ ning asosiy tarmoği bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta işlaydi va uzatadi. Bu sur'at bir sekundda «Brittanika» ensiklopediyasi»ni uzatiş uçun yetarli. 80-y.lar örtalarida I.ni jamoat va tijorat tarmoklariga ulaş natijasida I. tizimi ham kölam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-y.larda I. tizimini boşqariş borasida tub özgarişlar yuz berdi.
I. standartlar tizimi hisoblanadi. U öz faoliyatida özini özi rostlab turiş, özini özi boşqariş falsafa-siga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgaça uni boşqarib turadigan yagona taşkilot yöq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kiriş mezonlari sifatida işlab çiqilgan. Texnik masalalar esa «Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol iştirokida hal qilinadi, barça standartlar «Internet Architecture Board» (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-a.ning oxirgi ön yilligida I. tizimi beqiyos darajada ösdi. Agar 80-y, lar oxirida I. tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat körsatgan bölsa, 90-y.lar oxiriga kelib ularning soni önlarça mln. gayetdi. I. xizmatidan foydalanuvçilar soni butun yer yuzi böyiça 160 mln. kişini taşkil qildi (1999).
Şveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa «boğlaş»ning ança takomillaşgan usulini işlab çikdi. U «World Wide Web» («Jahon örgimçak uyasi») tizimida öz aksini topdi. Bu tizim I.ni öziga xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya texnologiyalari, radio-eşittiriş va telekommunikatsiya imkoniyatlariga ega böldi. Endi I. faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovuş va videotasvirlarni ham uzatişga, voqea yuz berayotgan joydan töğridan-töğri olib berişga ham qodir.
I. barça an'anaviy informatsiya tizimlari — telekommunikatsiya, teleradioeşittiriş, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almaştiriş va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni uyğunlaştirib qöllanganligi uçun u bir neça vazifani — informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining barça sohalari (şu jumladan, ta'lim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qöşiliş imko-nini beradigan vosita vazifasini ötaydi.
Jamoat va tijorat tuzilmalari uçun I.dan foydalaniş imkoniyati oşgan sari provayderlar (I. b-n aloqa örnatişga xizmat körsatadigan kompaniyalar), I. informatsiyasi iste'molçilari soni ham köpaymoqda, informatsiya manbai va ommaviy axborot vositasi sifatida I. ommalaşmoqda. Bularning barçasi noşirlar, jurnalistlar, informatsiya agentliklari, i. ç. xdmda savdo kompaniyalari va firmalari muhitida raqobatning şakllanişiga ijobiy ta'sir qiladi. Telefon simlaridan taşqari, optik tolali kabellar, radio tarmoği yoki sun'iy yöldoş orqali I.ga çiqiş mumkin böldi. Buning uçun I. b-n aloqa örnatişga xizmat körsatadigan kompaniyalar — provayderlar bölişi lozim. Özbekistonda I.ga ulaşga doir informatsiya xizmatlari 1997 y.dan körsatila boşladi. Dastlab Naytov (http://www.naytov.com), Uznet (http:// www.uznet.net) yoki Istlink (http://www. eastlink.uz) kabi provaydkompaniyalar faoliyat boşladi (1999). Özbekistonda jadal rivojlanayotgan kompyuterlaştiriş va av-tomatlaştiriş sohalari I. tarmoğining aloqa funksiyasidan keng foydalanişga imkon beradi. I.ga ulangan abonent uydagi yoki işxonadagi kompyuter orqali, aytaylik, AQŞ, Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuterlarga kiritilgan xilma-xil mavzudagi ma'lumotlarni matn, surat yoki videotasvir körinişida olişi mumkin. Bu ma'lumotlar I. tizimiga oldindan kiritiladi. Dunyoning turli çekkalarida joylaşgan maxsus ixtisoslaşgan kompaniyalar qidiruvni tezlaştirişga yordam beradi. Ular «qidiruv dvigateli» deb ataladi, ma'lumotlarning mundarijasini ma'lumotnoma (spravoçnik) kabi saqlaydi va öşa ma'lumotlar joylaşgan «Internet adresi»ni abonentga beradi. Mazkur adres böyiça ma'lumotlar «Internet varaqçalari» da saqlanadi. Abonent biror ma'lumotni, mas, «paxta» sözini qidiruv dvigateli orqali qidir-sa, şu sözga tegişli ma'lumotlarni, paxta b-n iş olib boradigan kompa-niyalar röyxatini yoki jahon birjasida paxtaning narxini abonent kompyuterida çiqarib beradi. I. varakçalari şaxsiy va rasmiy bölişi mumkin. Şaxsiy varaqçalar alohida şaxslar tomonidan tuziladi va şu şaxslar haqidagi ma'lumotlarni öz içiga oladi. Rasmiy varaqçalar idoralar, taşkilotlar, kompaniyalarga tegişli böladi, ularda hukumat idoralariga doir ma'lumotlar saqlanadi. I. orqali savdo-sotiq işlari, kom-paniyalar xizmatlarini yoki mahsulotlarni reklama qilişni keng yölga qöyiş, I. varaqçalarida suratlar b-n berilgan mahsulotlarni xarid qiliş mumkin.
Xalqaro I. tizimida Özbekiston haqida xam ma'lumotlar bor. Rasmiy varaqçalardan Özbekiston hukumati varaqçalari, Özbekistonning AQŞ dagi elçixonasi varaqçalari va b. köplab rasmiy varaqçalar mavjud. Ularda Özbekiston Respublikasiga tegişli deyarli barça ma'lumotlar bor. Bulardan taşqari, Özbekistonga taal-luqli şaxsiy varaqçalar ham mavjud: «Umid» varaqçasi, özbek estradasi haqidagi varaqça va b. 2000 y. fevral oyidan boşlab I. efiriga Özbekiston televideniyesi (Öz TV) ning «Axborot» dasturi çiqa boşladi, Öz TV sayti tuzilgan va takomillaştirilmoqda. Informatsiya resurelariga oid köp masalalarni respublikadagi yirik kutubxonalar şu sohadagi I. tarmoği kölamiga suyangan holda hal qiladi. Mas, Tibbiyot kutubxonasi, Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi, Özbekiston FA nin g Asosiy kutubxonasi va b.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga kirib borişni ta'minlaş dasturini işlab çiqişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori (2001) Özbekistonning bu borada xalqaro miqyosda öz mavqeiga ega bölişiga xizmat qiladi. Özbekistonda ma'lumotlarni uzatiş milliy tarmoği ÖzPAK Davlat kompaniyasi va ÖzNET tarmoğidan iborat.
I.dan foydalanuvçilar soni, mas, AQŞ da 55 mln., Xitoyda 55 mln., Yaponiyada 8 mln.dan oşib ketdi. Key-ingi örinlarni Angliya, Kanada, Germaniya davlatlari egallagan, RF millionli çegarani egallamoqda. Özbekistonning deyarli barça hududlarida xa-lqaro I. tarmoğiga ulaniş Öz PAK Davlat kompaniyasining xalqaro kanallari orqali ta'minlanadi. Respublikada 50 ga yaqin I.-provayder röy-xatga olingan. Özbekistonda I.dan foydalanuvçilar soni 300000 dan ortiq. I. tizimida Özbekistonning 300 dan ortiq sayti faoliyat körsatmoqda (2002).
Dildora Raşidova.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ИНТЕРНЕТ [лот. inter — аро ва net (work) — тармоқ] — катта (глобал) ва кичик (локал) компьютер тармокларини ўзаро боғловчи бутунжаҳон компьютер тизими. Унда географик ўрни, замон ва макондан қатъи назар, айрим компьютер ва майда тармоклар ўзаро хамкорликда глобал информация ин-фратузилмасини ташкил этади. Қайдномалар тизими б-н бошқариладиган барча ҳосила тармоқдар ҳамкорликда истеъмолчиларга информацияни сақлаш, эълон қилиш, жўнатиш, қабул қилиш, излаш ва маълум бўлган барча вариантлар (матн, товуш, видеотасвир, фотосурат, графика, мусиқа тарзида ва б. кўринишлар) да информация алмашинишга имкон яратади.
И. тизими 20-а. 60-й.ларида пайдо бўлди. Ўша пайтларда Америка мудофаа департаменти ташаббуси б-н компьютерлар телефон тармокларига улана бошлади. Дастлаб, бундай фаолият такомиллаштирилган лойиҳалар агентлиги (АКРА) тадқиқотлари доирасида олиб борилди. Бу тадқиқотлар совуқ уруш авж олган даврга тўғри келди. АҚШ мудофаа департаменти уруш бўлиб қолган тақдирда оддий коммуникация воситалари ишдан чиққудек бўлса, ўрнига янги қўшимча коммуникация воситаларини излаш б-н фаол шуғулланди. 60-й.лар охири ва 70-й.ларда И. тармоғи унча кенг ривожланмади. Дастлабки ўн йиллик халқаро тармоқ, асосан, ҳарбийлар ва йирик олимларнинг шахсий электрон линиялари фа-олияти доираси б-н чекланди. И.нинг беқиёс ривожланиш суръати давлат, таълим, академик ва ижтимоий тузил-маларнинг ўзига хос умумий молиявий ва интеллектуал улушига боғлиқ бўлди.
20-а. 70-й.ларида турли тарқоқ компьютерлар тармоклари орасида информацияни узатиш ва алмашиниш қоидалари тизими ишлаб чиқилди. Булар ўзаро ҳамкорликка доир кайдномалар — Internetworking protocols (IP) бўлиб, глобал тармоқни такомиллаштириш учун қулай муҳит яратди. IP ўрнатган тартибга кўра, ҳар қандай алоҳида тармоқ информацияни кўп тармоқлар op-кали «биринчи пунктдан то охирги пунктгача» етиб боришини назорат қилиши лозим. Шунинг учун И. неги-зини ташкил қиладиган қайдномалар тизими, хусусан, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ичида IP муҳим қайдномалардан бири ҳисобланади.
И. ривожланишининг дастлабки босқичида уни, асосан, АҚШ мудофаа департаменти маблағ б-н таъминлаган. 70-й.лар охирига келиб эса, асосан, уч таъминлаш манбаи ажралиб турди: хукумат, ун-тлар ва тадқиқот лаб.лари (шу жумладан мустақиллари ҳам).
80-й.ларда И. ўзига хос тарзда универсал кўламларгача ривожлана бошлади. Ўша даврда И. воситасида узатиладиган информациянинг ўсиши «ой-ига 20 фоиздан кўпайтириб бориш» шиори остида борди. Mac, АҚШ нинг асосий тармоғи бир секундда 165 млн. байт информацияни қайта ишлайди ва узатади. Бу суръат бир секундда «Brittanika» энциклопедияси»ни узатиш учун етарли. 80-й.лар ўрталарида И.ни жамоат ва тижорат тармокларига улаш натижасида И. тизими ҳам кўлам, ҳам сифат жиҳатидан ривожланди. 90-й.ларда И. тизимини бошқариш борасида туб ўзгаришлар юз берди.
И. стандартлар тизими ҳисобланади. У ўз фаолиятида ўзини ўзи ростлаб туриш, ўзини ўзи бошқариш фалсафа-сига риоя қилиб фолият юритади. Ҳозиргача уни бошқариб турадиган ягона ташкилот йўқ. Унинг фаолиятига доир қоидалар кириш мезонлари сифатида ишлаб чиқилган. Техник масалалар эса «Internet Engineering Forse (IETL) компаниясининг фаол иштирокида ҳал қилинади, барча стандартлар «Internet Architecture Board» (IAB) компанияси томонидан қабул қилинади. 20-а.нинг охирги ўн йиллигида И. тизими беқиёс даражада ўсди. Агар 80-й, лар охирида И. тизимига тааллуқли 28000 дан ортиқ асосий компьютерлар фаолият кўрсатган бўлса, 90-й.лар охирига келиб уларнинг сони ўнларча млн. гаетди. И. хизматидан фойдаланувчилар сони бутун ер юзи бўйича 160 млн. кишини ташкил қилди (1999).
Швейцариядаги ядро тадқиқотлари марказларидан бири мульти-медиа тизимининг тарқоқ компьютерларини ягона тармоққа «боғлаш»нинг анча такомиллашган усулини ишлаб чикди. У «World Wide Web» («Жаҳон ўргимчак уяси») тизимида ўз аксини топди. Бу тизим И.ни ўзига хос оммавий ахборот воситасига айлантирди ҳамда у информация технологиялари, радио-эшиттириш ва телекоммуникация имкониятларига эга бўлди. Энди И. фақат матнни эмас, балки тасвирни, суратларни, расмларни, товуш ва видеотасвирларни ҳам узатишга, воқеа юз бераётган жойдан тўғридан-тўғри олиб беришга ҳам қодир.
И. барча анъанавий информация тизимлари — телекоммуникация, телерадиоэшиттириш, информацияларни халқаро миқёсда фаол алмаштириш ва ҳ. к.нинг технологик имкониятларни уйғунлаштириб қўлланганлиги учун у бир неча вазифани — информация ва билимлар манбаи; оммавий ахборот воситаси, инсоният фаолиятининг барча соҳалари (шу жумладан, таълим-тар-бия, сиёсий, ижтимоий, иқтисодий, маданий, сайёҳлик ва ҳ. к.) га таал-луқли информация хизматлари тизими; истиқболли бозор ва миллий ком-панияларнинг халқаро информация майдони ва жаҳон бозорига энг тежамли ва тезкор усулда қўшилиш имко-нини берадиган восита вазифасини ўтайди.
Жамоат ва тижорат тузилмалари учун И.дан фойдаланиш имконияти ошган сари провайдерлар (И. б-н алоқа ўрнатишга хизмат кўрсатадиган компаниялар), И. информацияси истеъмолчилари сони ҳам кўпаймоқда, информация манбаи ва оммавий ахборот воситаси сифатида И. оммалашмоқда. Буларнинг барчаси ноширлар, журналистлар, информация агентликлари, и. ч. хдмда савдо компаниялари ва фирмалари муҳитида рақобатнинг шаклланишига ижобий таъсир қилади. Телефон симларидан ташқари, оптик толали кабеллар, радио тармоғи ёки сунъий йўлдош орқали И.га чиқиш мумкин бўлди. Бунинг учун И. б-н алоқа ўрнатишга хизмат кўрсатадиган компаниялар — провайдерлар бўлиши лозим. Ўзбекистонда И.га улашга доир информация хизматлари 1997 й.дан кўрсатила бошлади. Дастлаб Найтов (http://www.naytov.com), Узнет (http:// www.uznet.net) ёки Истлинк (http://www. eastlink.uz) каби провайдкомпаниялар фаолият бошлади (1999). Ўзбекистонда жадал ривожланаётган компьютерлаштириш ва ав-томатлаштириш соҳалари И. тармоғининг алоқа функциясидан кенг фойдаланишга имкон беради. И.га уланган абонент уйдаги ёки ишхонадаги компьютер орқали, айтайлик, АҚШ, Австралия ёки Африкадаги компьютерларга киритилган хилма-хил мавзудаги маълумотларни матн, сурат ёки видеотасвир кўринишида олиши мумкин. Бу маълумотлар И. тизимига олдиндан киритилади. Дунёнинг турли чеккаларида жойлашган махсус ихтисослашган компаниялар қидирувни тезлаштиришга ёрдам беради. Улар «қидирув двигатели» деб аталади, маълумотларнинг мундарижасини маълумотнома (справочник) каби сақлайди ва ўша маълумотлар жойлашган «Интернет адреси»ни абонентга беради. Мазкур адрес бўйича маълумотлар «Интернет варақчалари» да сақланади. Абонент бирор маълумотни, мас, «пахта» сўзини қидирув двигатели орқали қидир-са, шу сўзга тегишли маълумотларни, пахта б-н иш олиб борадиган компа-ниялар рўйхатини ёки жаҳон биржасида пахтанинг нархини абонент компьютерида чиқариб беради. И. варакчалари шахсий ва расмий бўлиши мумкин. Шахсий варақчалар алоҳида шахслар томонидан тузилади ва шу шахслар ҳақидаги маълумотларни ўз ичига олади. Расмий варақчалар идоралар, ташкилотлар, компанияларга тегишли бўлади, уларда ҳукумат идораларига доир маълумотлар сақланади. И. орқали савдо-сотиқ ишлари, ком-паниялар хизматларини ёки маҳсулотларни реклама қилишни кенг йўлга қўйиш, И. варақчаларида суратлар б-н берилган маҳсулотларни харид қилиш мумкин.
Халқаро И. тизимида Ўзбекистон ҳақида хам маълумотлар бор. Расмий варақчалардан Ўзбекистон ҳукумати варақчалари, Ўзбекистоннинг АҚШ даги элчихонаси варақчалари ва б. кўплаб расмий варақчалар мавжуд. Уларда Ўзбекистон Республикасига тегишли деярли барча маълумотлар бор. Булардан ташқари, Ўзбекистонга таал-луқли шахсий варақчалар ҳам мавжуд: «Умид» варақчаси, ўзбек эстрадаси ҳақидаги варақча ва б. 2000 й. февраль ойидан бошлаб И. эфирига Ўзбекистон телевидениеси (Ўз ТВ) нинг «Ахборот» дастури чиқа бошлади, Ўз ТВ сайти тузилган ва такомиллаштирилмоқда. Информация ресуреларига оид кўп масалаларни республикадаги йирик кутубхоналар шу соҳадаги И. тармоғи кўламига суянган ҳолда ҳал қилади. Мас, Тиббиёт кутубхонаси, Республика илмий-техника кутубхонаси, Ўзбекистон ФА нин г Асосий кутубхонаси ва б.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Интернет»нинг халқаро ахборот тизимларига кириб боришни таъминлаш дастурини ишлаб чиқишни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори (2001) Ўзбекистоннинг бу борада халқаро миқёсда ўз мавқеига эга бўлишига хизмат қилади. Ўзбекистонда маълумотларни узатиш миллий тармоғи ЎзПАК Давлат компанияси ва ЎзНЕТ тармоғидан иборат.
И.дан фойдаланувчилар сони, мас, АҚШ да 55 млн., Хитойда 55 млн., Японияда 8 млн.дан ошиб кетди. Кей-инги ўринларни Англия, Канада, Германия давлатлари эгаллаган, РФ миллионли чегарани эгалламоқда. Ўзбекистоннинг деярли барча ҳудудларида ха-лқаро И. тармоғига уланиш Ўз ПАК Давлат компаниясининг халқаро каналлари орқали таъминланади. Республикада 50 га яқин И.-провайдер рўй-хатга олинган. Ўзбекистонда И.дан фойдаланувчилар сони 300000 дан ортиқ. И. тизимида Ўзбекистоннинг 300 дан ортиқ сайти фаолият кўрсатмоқда (2002).
Дилдора Рашидова.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.