Ion mikroskop
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 247-b. — ziyouz.com
Ion mikroskop — ionlar oqimi yordamida örganilayotgan obyektning kattalaştirilgan tasvirini olişga möljallangan asbob. I. m. da ionlar oqimi örganilayotgan obyekt atomlari (molekulalari)da soçiladi va energiya yöqotadi. Natijada obyektdan çiqayotgan zarralar elektrostatik va magnit linzalar orqali ma'lum energiyaga yoki fotoplyonkalarga fokuslanadi va kattalaştirilgan tasvir hosil qilinadi. Şu tasvirdan örganilayotgan obyekt tizimi, tarkibi va b. xususiyatlari aniqlanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ИОН МИКРОСКОП — ионлар оқими ёрдамида ўрганилаётган объектнинг катталаштирилган тасвирини олишга мўлжалланган асбоб. И. м. да ионлар оқими ўрганилаётган объект атомлари (молекулалари)да сочилади ва энергия йўқотади. Натижада объектдан чиқаётган зарралар электростатик ва магнит линзалар орқали маълум энергияга ёки фотоплёнкаларга фокусланади ва катталаштирилган тасвир ҳосил қилинади. Шу тасвирдан ўрганилаётган объект тизими, таркиби ва б. хусусиятлари аниқланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.