Ipoteka
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 266-b. — ziyouz.com
Ipoteka (yun. hypotheke — garov) — köçmas mulk (yer yoki bino)ni ssuda oliş maqsadida garovga qöyiş. Bunda garovga qöyilayotgan mulk qarz beruvçining qöliga ötmay, qarzdor ixtiyorida qoladi. Özbekistonda I.ga xizmat körsatadigan maxsus bank bor (q. Ipoteka banki).
Q.: Ipoteka banki
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ИПОТЕКА (юн. hypotheke — гаров) — кўчмас мулк (ер ёки бино)ни ссуда олиш мақсадида гаровга қўйиш. Бунда гаровга қўйилаётган мулк қарз берувчининг қўлига ўтмай, қарздор ихтиёрида қолади. Ўзбекистонда И.га хизмат кўрсатадиган махсус банк бор (қ. Ипотека банки).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.