Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 472–474-b. — ziyouz.com
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya— turli mamlakat va rayonlarda i.ç. kuçlarining joylaşiş xususiyatlari hamda hududiy iqti-sodiyijtimoiy sistemalarning şakllaniş qonuniyatlarini örganadigan fan. Uning asosiy vazifalari i.ç. va aholi hayoti b-n boğliq soxalarning joylanişiga ta'sir etuvçi omil va şaroitlarni taxlil qiliş, vujudga kelgan iqtisodiy geografik vaziyat — i.ç.ning hududiy tarkibi va struktu-rasini baholaş, ularni başorat qiliş va boşqarişdan iborat. Şuningdek, I. va i.g. işlab çiqarişni joylaştiriş b-n aloqador tabiatdan foydalaniş va geoekologik muammolar, davlatning regional siyosati, xöjalik strukturasini tartibga solib borişdek muhim vazifalarni örganadi.
I. va i.g. geografiya fanlari tizimiga kiradi va u, avvalo, tabiiy geografiya b-n çambarças boğliq. Uning tabiiy şaroitlarni örganuvçi boşqa tabiiy fanlar b-n aloqasi, ayniqsa, ekologik muammolarning keskinlaşuvi jarayonida yanada kuçaydi.
I. va i.g. umumiy, sohalar yoki xöjalik tarmoklari geogr.si, jahon xöjaligi geografiney, aholi geografiney, regional I. va i.g. ga bölinadi.
Umumiy I. va i.g. işlab çiqarişni yaxlit va uning alohida tarmoklarining joylaşiş qonuniyatlarini örganadi.
Soha I. va i. g. da sanoat geografiyasi, q.x. geogr.si, transport geogr.si keng rivojlanmoqda. Xizmat körsatiş sohalari geogr.si, rekreatsiya geogr.si. tabiiy resurelar geogr.si, tibbiyot geogr.si kabilar şakllanmoqda.
Regional I. va i.g. aniqmamlakat va r-nlarni tadqiq qiladi va ijtimoiy sohalarning barça hududiy xususiyatlarini öz içiga oladi.
Özbekistonda I. va i.g.ning ilmiy-amaliy mohiyati eng avval yangi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va milliy iqtisodiyotdagi ustuvor yönalişlardan kelib çiqadi. Aynan şu ma'noda uning asosiy tuşunça va qonuniyatlari, ilmiy ğoyalari hoz. zamon talabi nuqtai nazaridan talqin qilinadi. Ayniqsa, bozor munosabatlariga ötiş davrida i.ç. kuçlarini joylaştirişni davlat tomonidan tartibga solib boriş va boşqariş, regional ijti-moiy-iqtisodiy dasturlarning ilmiy asoslarini yaratiş, regional va milliy iqtisodiyot rivojlanişini jonlantiruvçi va barqarorlaştiruvçi ösiş qutb va markazlari, sanoat parklari va texnopolislari, raqobat muhiti, investitsiya makoni, erkin iqti-sodiy integratsiya şaroitlarini vujudga keltiriş masalalarini tadqiq qiliş muhimdir.
Aholi geogr.si madaniyat, tibbiyot va ijtimoiy geografiya b-n boğliq. Uning özi esa aholining joylaşişi, aholi manzillarining tiplari va b. xususi-yatlarini örganadi. Aholi geogr.sining deyarli barça masalalari I. va i.g. doi-rasida örganilişi mumkin. Aholi geogr. si I. va i.g.ning boşqa tarmoqlari (sanoat geogr.si, qişloq xöjaligi geogr. si, transport geogr.si) orasida alohida örin tutadi. Bundan taşqari, siyosiy geogr. masalalari ham I. va i.g.ning doirasiga kiritiladi. Siyosiy geogr. örganadigan siyosiy vokealar, mamlakatning geosiyosiy va geo-strategik mavqei köp jihatdan ma'lum iqtisodiy şaroitlarning mahsuli sifatida namoyon böladi va, aksinça, siyosiy barkamollik xöjalik hayotiga katta ta'sir körsatadi.
Iqtisodiy geografik ma'lumotlar antik davr va örta asrdagi geograf va sayyohlarning asarlarida ham uçraydi. Ammo, uning keng rivojlanişi hududiy mehnat taqsimoti, i.ç.ning ixti-soslaşuvi hamda savdo va transport taraqqiyotiga boğliq. I. va i.g.ning ahamiyati şörolar imperiyasi parçalangaç, mustaqillikka erişgan köpgina mamlakatlarning bozor munosabatlariga ötiş davrida yanada ortdi. Ayni vaqtda I. va i.g.ning tadqiqotlari aniq iqtisodiy fanlarning tadqiqotlarini takrorlamaydi. Uning öziga xos geografik xususiyatlari mavjud: 1) i.ç. tarmoklarining joylaşişi örganilganda ularning butun hududiy majmu-asi birgalikda tahlil qilinadi; 2) muayyan hudud (mamlakat, r-n, aholi punkti) aniq tabiiy va ijtimoiy-tarixiy şaroitlar b-n birga örganiladi; 3) tabiiy-geografik şaroit al-batta e'tiborga olinadi; 4) tadqiqot jarayonida masalaning hududiy (geografik) tomoniga alohida ahamiyat beriladi. I. va i.g. tabiiy geografiya b-n be-vosita boğliq. Örganilayotgan mamlakat yoki r-nning tabiiy şaroiti, foydalanilayotgan yoki foydalanişi mumkin bölgan tabiiy resurelarini biliş zarur. Çunki tabiiy şaroit xöjalik ixtisosiga, mehnat unumdorligiga, aholi va aholi manzilgohlarining joylaşiş xususiyatlari ga katta ta'sir körsatadi. Şuning uçun bunday tadqiqotlarda tabiiy şaroit va re-surelarga iqtisodiy baho beriş muhim örin tutadi.
I. va i.g.da iqtisodiy va ijtimoiy xaritagrafiya ham katta ahamiyatga ega. Uşbu yönalişdagi xaritalar iqtisodiy geografik tadqiqotlarning uzviy qismi va natijasidir. I. va i.g. öz tad-qiqotlarida tarixiy-ijtimoiy tahlilga asoslanadi va bu borada tarixiy geografiya, iqtisodiyot tarixi b-n bevosita aloqador. I. va i.g. köpgina boşqa fanlar (etnografiya, statistika, sotsiologiya, demografiya) b-n ham boğliq.
Özbekistonda ham an'anaviy I. va i.g., köpgina jahon mamlakatlarida bölganidek, asta-sekin öz tadqiqot doirasini kengaytirmoqda. Ayni vaqtda I. va i.g. kiçik masştabli tadqiqotlardan yirik masştabli taxlilga, örta va kiçik hududlarni çuqur örganişga, amaliy (konstruktiv) masalalarni hal etişga ham ahamiyat bermoqda.
I. va i.g. yangi şakllanib borayotgan regional iqtisodiyot fani b-n ham çambarças boğliq. Bu ikki fanning tadqiqot obyekti bir, ya'ni i. ç.ning hududiy tarkibi va joylaşişidir. I. va i.g. uşbu muammoni keng kölamda — jahon xöjaligi, mamlakat va r-nlar, turli hududiy ijtimoiy-iqtisodiy majmualar doirasida örganadi; regional iqtisodiyot, asosan, alohida olingan r-nlar xöjaligi b-n şuğullanadi. Agar I. va i.g. iqtisodiylaşgan geogr. bölsa, regional iqtisodiyot geografiylaşgan (hududiylaşgan) iqtisodiyotdir.
I. va i.g.ning tadqiqot va xulosalari i. ç.ni maqsadga muvofiq joylaştirişga imkon beradi. I.ç.ni hududiy taşkil qiliş va taqqoslaşda faqat ayrim korxona yoki tarmoq emas, balki bir-biri b-n boğliq bölgan i.ç. sohalarining butun majmuasi nazarda tutiladi. Köp jihatlarni hisobga olib yondaşiş I. va i.g.ning boş tamoyilidir. I. va i.g.ning muhim tuşunçalaridan biri bölgan hududiy mehnat taqsimoti va uning bevosita mahsuli bölgan iqtisodiy r-nlar va ularning içki aloqalari, r-nlararo va xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini örganiş ham I. va i.g.ning muhim va-zifalaridan biri. Hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy r-nlarni vujudga keltiruvçi asosiy omildir. Iqtisodiy r-n esa I. va i.g.ning asosiy tu-şunçasidir.
Umumiqtisodiy r-nlar, sanoat va q.x. r-nlari, sanoat markazlari mamlakatda i.ç.ni joylaştiriş va hududiy mehnat taqsimotini taşkil qiliş bir butun jarayonining samarasi, uning ayrim qismlari sifatida taşkil topadi.
Hududiy mehnat taqsimoti I. va i.g. ning asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi.
I. va i.g. hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy r-nlardan taşqari hududiy i.ç. majmualari va iqtisodiy geografik örin (turli xöjalik obyektlarining — vujudga kelganligi, joylaşganligi, rivojlaniş xususiyatlari)ni ham tadqiq etadi. Hududiy i.ç. majmualarini töğri taşkil qiliş, infrastruktura tizimidan oqilona foydalaniş esa iqtisodiy geografik samaradorlikni ta'minlaydi.
I. va i.g. öz tadqiqotlarida bir qança an'anaviy va hoz. zamon i. t. metodlaridan foydalanadi. Geografik taq-qoslaş, xaritagrafiya, tarixiy, statistik, kuzatiş, balans, matematik metodlar şular jumlasidandir. Özbekiston va uning iqtisodiy r-nlarida işlab çiqaruvçi kuçlarini örganiş va xöjalikning turli tarmoklarini joylaştiriş böyiça yirik iqtisodiy geografik tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, Özbekiston FAning sobiq Işlab çiqaruvçi kuçlarni örganuvçi kengaşi tomonidan uyuştirilgan Farğona va Zarafşon ekspeditsiyalari natijasida iqtisodiygeografik ma'lumotlar töplangan. Özbekiston I. va i.g.si böyiça 3. M. Akramov, A. S Soliyev, A. Röziyev va b.ning asarlari mavjud. Özbekistonda iqtisodçi-geograflar davlat taşkilotlari, FA in-tlari, i.t. va loyihalaş in-tlarida respublika i.ç.ini joylaştiriş muammolarini hal qilişda hamda xalq ta'limi sistemasida bevosita faoliyat körsatib kelmoqda. Yuqori malakali iqtisodçi-geo-graflar va geograflar Özbekiston Milliy un-ti, Samarkand, Farğona, Termiz, Namangan davlat untlarida tayyorlanadi. I. va i.g. böyiça i. t. işlari ham ana şu oliy öquv yurtlarida, Özbekiston FA Seysmologiya in-ti qoşidagi Geogr. bölimi va b. taşkilotlarda olib boriladi.
I. va i.g. oldida turgan asosiy vazifalar Özbekiston Respublikasi siyosiy mustaqilligi va uning iqtisodiyotini bozor munosabatlariga ötişidan bevosita kelib çiqib, yangi şaroitda i.ç.ni joylaştiriş va boşqarişning nazariy masalalarini işlab çiqiş, milliy iqtisodiyotni hududiy taşkil qiliş muammolarini tadqiq qiliş, mamlakatni iqtisodiy r-nlaştiriş va uning regional siyosatini yaratiş, iqtisodiy-geografik ba-şorat böyiça tadqiqotlarni kuçaytiriş, jahon mamlakatlari örtasidagi mehnat taqsimoti masalalarini örganişdan iborat.
Ad.: Soliyev A. S, Iqtisodiy va ijti-moiy geografiyaning dolzarb masalalari, T., 1995; Soliyev A. S, Qarşiboyeva L. Q., Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari, T., 1999; Sauşki n Yu. G., Vvedeniye v ekonomiçeskuyu geografiyu, 2 izd. M., 1970; Soliyev A. S, M ahamadal i-yev R., Iqtisodiy geografiya asoslari, T., 1996.
Abdusami Soliyev.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ИҚТИСОДИЙ ВА ИЖТИМОИЙ ГЕОГРАФИЯ— турли мамлакат ва районларда и.ч. кучларининг жойлашиш хусусиятлари ҳамда ҳудудий иқти-содийижтимоий системаларнинг шаклланиш қонуниятларини ўрганадиган фан. Унинг асосий вазифалари и.ч. ва аҳоли ҳаёти б-н боғлиқ сохаларнинг жойланишига таъсир этувчи омил ва шароитларни тахлил қилиш, вужудга келган иқтисодий географик вазият — и.ч.нинг ҳудудий таркиби ва структу-расини баҳолаш, уларни башорат қилиш ва бошқаришдан иборат. Шунингдек, И. ва и.г. ишлаб чиқаришни жойлаштириш б-н алоқадор табиатдан фойдаланиш ва геоэкологик муаммолар, давлатнинг регионал сиёсати, хўжалик структурасини тартибга солиб боришдек муҳим вазифаларни ўрганади.
И. ва и.г. география фанлари тизимига киради ва у, аввало, табиий география б-н чамбарчас боғлиқ. Унинг табиий шароитларни ўрганувчи бошқа табиий фанлар б-н алоқаси, айниқса, экологик муаммоларнинг кескинлашуви жараёнида янада кучайди.
И. ва и.г. умумий, соҳалар ёки хўжалик тармоклари геогр.си, жаҳон хўжалиги географиней, аҳоли географиней, регионал И. ва и.г. га бўлинади.
Умумий И. ва и.г. ишлаб чиқаришни яхлит ва унинг алоҳида тармокларининг жойлашиш қонуниятларини ўрганади.
Соҳа И. ва и. г. да саноат географияси, қ.х. геогр.си, транспорт геогр.си кенг ривожланмоқда. Хизмат кўрсатиш соҳалари геогр.си, рекреация геогр.си. табиий ресурелар геогр.си, тиббиёт геогр.си кабилар шаклланмоқда.
Регионал И. ва и.г. аниқмамлакат ва р-нларни тадқиқ қилади ва ижтимоий соҳаларнинг барча ҳудудий хусусиятларини ўз ичига олади.
Ўзбекистонда И. ва и.г.нинг илмий-амалий моҳияти энг аввал янги ижтимоий-сиёсий муносабатлар ва миллий иқтисодиётдаги устувор йўналишлардан келиб чиқади. Айнан шу маънода унинг асосий тушунча ва қонуниятлари, илмий ғоялари ҳоз. замон талаби нуқтаи назаридан талқин қилинади. Айниқса, бозор муносабатларига ўтиш даврида и.ч. кучларини жойлаштиришни давлат томонидан тартибга солиб бориш ва бошқариш, регионал ижти-моий-иқтисодий дастурларнинг илмий асосларини яратиш, регионал ва миллий иқтисодиёт ривожланишини жонлантирувчи ва барқарорлаштирувчи ўсиш қутб ва марказлари, саноат парклари ва технополислари, рақобат муҳити, инвестиция макони, эркин иқти-содий интеграция шароитларини вужудга келтириш масалаларини тадқиқ қилиш муҳимдир.
Аҳоли геогр.си маданият, тиббиёт ва ижтимоий география б-н боғлиқ. Унинг ўзи эса аҳолининг жойлашиши, аҳоли манзилларининг типлари ва б. хусуси-ятларини ўрганади. Аҳоли геогр.сининг деярли барча масалалари И. ва и.г. дои-расида ўрганилиши мумкин. Аҳоли геогр. си И. ва и.г.нинг бошқа тармоқлари (саноат геогр.си, қишлоқ хўжалиги геогр. си, транспорт геогр.си) орасида алоҳида ўрин тутади. Бундан ташқари, сиёсий геогр. масалалари ҳам И. ва и.г.нинг доирасига киритилади. Сиёсий геогр. ўрганадиган сиёсий вокеалар, мамлакатнинг геосиёсий ва гео-стратегик мавқеи кўп жиҳатдан маълум иқтисодий шароитларнинг маҳсули сифатида намоён бўлади ва, аксинча, сиёсий баркамоллик хўжалик ҳаётига катта таъсир кўрсатади.
Иқтисодий географик маълумотлар антик давр ва ўрта асрдаги географ ва сайёҳларнинг асарларида ҳам учрайди. Аммо, унинг кенг ривожланиши ҳудудий меҳнат тақсимоти, и.ч.нинг ихти-сослашуви ҳамда савдо ва транспорт тараққиётига боғлиқ. И. ва и.г.нинг аҳамияти шўролар империяси парчалангач, мустақилликка эришган кўпгина мамлакатларнинг бозор муносабатларига ўтиш даврида янада ортди. Айни вақтда И. ва и.г.нинг тадқиқотлари аниқ иқтисодий фанларнинг тадқиқотларини такрорламайди. Унинг ўзига хос географик хусусиятлари мавжуд: 1) и.ч. тармокларининг жойлашиши ўрганилганда уларнинг бутун ҳудудий мажму-аси биргаликда таҳлил қилинади; 2) муайян ҳудуд (мамлакат, р-н, аҳоли пункти) аниқ табиий ва ижтимоий-тарихий шароитлар б-н бирга ўрганилади; 3) табиий-географик шароит ал-батта эътиборга олинади; 4) тадқиқот жараёнида масаланинг ҳудудий (географик) томонига алоҳида аҳамият берилади. И. ва и.г. табиий география б-н бе-восита боғлиқ. Ўрганилаётган мамлакат ёки р-ннинг табиий шароити, фойдаланилаётган ёки фойдаланиши мумкин бўлган табиий ресуреларини билиш зарур. Чунки табиий шароит хўжалик ихтисосига, меҳнат унумдорлигига, аҳоли ва аҳоли манзилгоҳларининг жойлашиш хусусиятлари га катта таъсир кўрсатади. Шунинг учун бундай тадқиқотларда табиий шароит ва ре-суреларга иқтисодий баҳо бериш муҳим ўрин тутади.
И. ва и.г.да иқтисодий ва ижтимоий харитаграфия ҳам катта аҳамиятга эга. Ушбу йўналишдаги хариталар иқтисодий географик тадқиқотларнинг узвий қисми ва натижасидир. И. ва и.г. ўз тад-қиқотларида тарихий-ижтимоий таҳлилга асосланади ва бу борада тарихий география, иқтисодиёт тарихи б-н бевосита алоқадор. И. ва и.г. кўпгина бошқа фанлар (этнография, статистика, социология, демография) б-н ҳам боғлиқ.
Ўзбекистонда ҳам анъанавий И. ва и.г., кўпгина жаҳон мамлакатларида бўлганидек, аста-секин ўз тадқиқот доирасини кенгайтирмоқда. Айни вақтда И. ва и.г. кичик масштабли тадқиқотлардан йирик масштабли тахлилга, ўрта ва кичик ҳудудларни чуқур ўрганишга, амалий (конструктив) масалаларни ҳал этишга ҳам аҳамият бермоқда.
И. ва и.г. янги шаклланиб бораётган регионал иқтисодиёт фани б-н ҳам чамбарчас боғлиқ. Бу икки фаннинг тадқиқот объекти бир, яъни и. ч.нинг ҳудудий таркиби ва жойлашишидир. И. ва и.г. ушбу муаммони кенг кўламда — жаҳон хўжалиги, мамлакат ва р-нлар, турли ҳудудий ижтимоий-иқтисодий мажмуалар доирасида ўрганади; регионал иқтисодиёт, асосан, алоҳида олинган р-нлар хўжалиги б-н шуғулланади. Агар И. ва и.г. иқтисодийлашган геогр. бўлса, регионал иқтисодиёт географийлашган (ҳудудийлашган) иқтисодиётдир.
И. ва и.г.нинг тадқиқот ва хулосалари и. ч.ни мақсадга мувофиқ жойлаштиришга имкон беради. И.ч.ни ҳудудий ташкил қилиш ва таққослашда фақат айрим корхона ёки тармоқ эмас, балки бир-бири б-н боғлиқ бўлган и.ч. соҳаларининг бутун мажмуаси назарда тутилади. Кўп жиҳатларни ҳисобга олиб ёндашиш И. ва и.г.нинг бош тамойилидир. И. ва и.г.нинг муҳим тушунчаларидан бири бўлган ҳудудий меҳнат тақсимоти ва унинг бевосита маҳсули бўлган иқтисодий р-нлар ва уларнинг ички алоқалари, р-нлараро ва халқаро иқтисодий интеграция жараёнларини ўрганиш ҳам И. ва и.г.нинг муҳим ва-зифаларидан бири. Ҳудудий меҳнат тақсимоти иқтисодий р-нларни вужудга келтирувчи асосий омилдир. Иқтисодий р-н эса И. ва и.г.нинг асосий ту-шунчасидир.
Умумиқтисодий р-нлар, саноат ва қ.х. р-нлари, саноат марказлари мамлакатда и.ч.ни жойлаштириш ва ҳудудий меҳнат тақсимотини ташкил қилиш бир бутун жараёнининг самараси, унинг айрим қисмлари сифатида ташкил топади.
Ҳудудий меҳнат тақсимоти И. ва и.г. нинг асосий тадқиқот объекти ҳисобланади.
И. ва и.г. ҳудудий меҳнат тақсимоти ва иқтисодий р-нлардан ташқари ҳудудий и.ч. мажмуалари ва иқтисодий географик ўрин (турли хўжалик объектларининг — вужудга келганлиги, жойлашганлиги, ривожланиш хусусиятлари)ни ҳам тадқиқ этади. Ҳудудий и.ч. мажмуаларини тўғри ташкил қилиш, инфраструктура тизимидан оқилона фойдаланиш эса иқтисодий географик самарадорликни таъминлайди.
И. ва и.г. ўз тадқиқотларида бир қанча анъанавий ва ҳоз. замон и. т. методларидан фойдаланади. Географик тақ-қослаш, харитаграфия, тарихий, статистик, кузатиш, баланс, математик методлар шулар жумласидандир. Ўзбекистон ва унинг иқтисодий р-нларида ишлаб чиқарувчи кучларини ўрганиш ва хўжаликнинг турли тармокларини жойлаштириш бўйича йирик иқтисодий географик тадқиқотлар олиб борилмоқда. Айниқса, Ўзбекистон ФАнинг собиқ Ишлаб чиқарувчи кучларни ўрганувчи кенгаши томонидан уюштирилган Фарғона ва Зарафшон экспедициялари натижасида иқтисодийгеографик маълумотлар тўпланган. Ўзбекистон И. ва и.г.си бўйича 3. М. Акрамов, А. С Солиев, А. Рўзиев ва б.нинг асарлари мавжуд. Ўзбекистонда иқтисодчи-географлар давлат ташкилотлари, ФА ин-тлари, и.т. ва лойиҳалаш ин-тларида республика и.ч.ини жойлаштириш муаммоларини ҳал қилишда ҳамда халқ таълими системасида бевосита фаолият кўрсатиб келмоқда. Юқори малакали иқтисодчи-гео-графлар ва географлар Ўзбекистон Миллий ун-ти, Самарканд, Фарғона, Термиз, Наманган давлат унтларида тайёрланади. И. ва и.г. бўйича и. т. ишлари ҳам ана шу олий ўқув юртларида, Ўзбекистон ФА Сейсмология ин-ти қошидаги Геогр. бўлими ва б. ташкилотларда олиб борилади.
И. ва и.г. олдида турган асосий вазифалар Ўзбекистон Республикаси сиёсий мустақиллиги ва унинг иқтисодиётини бозор муносабатларига ўтишидан бевосита келиб чиқиб, янги шароитда и.ч.ни жойлаштириш ва бошқаришнинг назарий масалаларини ишлаб чиқиш, миллий иқтисодиётни ҳудудий ташкил қилиш муаммоларини тадқиқ қилиш, мамлакатни иқтисодий р-нлаштириш ва унинг регионал сиёсатини яратиш, иқтисодий-географик ба-шорат бўйича тадқиқотларни кучайтириш, жаҳон мамлакатлари ўртасидаги меҳнат тақсимоти масалаларини ўрганишдан иборат.
Ад.: Солиев А. С, Иқтисодий ва ижти-моий географиянинг долзарб масалалари, Т., 1995; Солиев А. С, Қаршибоева Л. Қ., Иқтисодий географиянинг назарий ва амалий масалалари, Т., 1999; Саушки н Ю. Г., Введение в экономическую географию, 2 изд. М., 1970; Солиев А. С, М аҳамадал и-ев Р., Иқтисодий география асослари, Т., 1996.
Абдусами Солиев.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.